Annotasiya:
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning kimyo va biologiya
fanlaridan umumiy nazariy bilimlarni egallashidagi fanlararo bog‘liqlik va dars tashkil etishning
zamonaviy metodlari haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
DTS, o‘zaro bog‘liqlik, biologic omillar, kimyoviy tarkib, dars jarayoni,
funksiya.
O‘quvchilarning ta’lim bosqichlarida jamiyatning rivojlnishi uchun xizmat qiladigan
bilimlarni egallashi aniq fanlar ta’limini amalga oshirish bilan yuzaga chiqadi. Davlat ta’lim
standarti o‘quvchilarning egallashi mumkin bo‘lgan kimyoviy hamda biologiya sohasidagi
bilimlar, ko‘nikma va malaka, jamiyatning rivoji va kimyoviy bilimlarni egallashga, genetik
o‘zgarishlar va biologik omillarni o‘rganishga ximat qiladi. Aniq fanlar tarkibiga kiruvchi
kimyo hamda biologiya fanlaridan o‘quvchilarning egallashi zarur bo‘lgan bilimlar majmui
DTS tarkibiga kiruvchi o‘quv rejasida aks ettiradi.
Mazkur ikki aniq fan tarmog‘i uzviy ravishda bir-biri bilan bog‘liqdir. Ikki fanini bir-biri
bilan bog‘lab o‘tish darslarda kompetensiyalarni shakllantirish maktab o‘quv fanlari o‘rtasidagi
aloqadorlikni namoyon etadi. O‘quvchilarda fanlararo kompetensiya rivojlantiriladi, mantiqiy
fikrlash yuzaga keladi.
Kimyo fani biologiyaning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan, jumladan, hujayraning
kimyoviy tarkibi, ya’ni anorganik va organik moddalarni aniqlash, oqsil, uglevod, lipidlarning
o‘ziga xos xususiyatlari, tarkibi, molekulyar tuzilishi, ularning hujayrada bajaradigan
funksiyalarini aniqlash, modda va energiyaning saqlanish qonuni esa hujayrada modda va energiya
almashuvini tadqiq etishga zamin yaratdi. Tabiat haqidagi fanlarning yuksalishida chegaradosh
fanlarning vujudga kelishi muhim rol o‘ynagan. Ular jumlasiga biologik kimyo, biologik fizika,
radiobiologiya, kosmobiologiya, fizik kimyo, kimyoviy fizikani kiritish mumkin.
Biologiya va kimyo fanlarini maktab o‘quvchilariga o‘qitishda fanlararo bog‘lanishni
amalga oshirish ta’lim-tarbiya jarayonining muhim didaktik sharti bo‘lib, u o‘quvchilar asosiy
bilim manbayi bo‘lgan o‘quv materiallarining ilmiyligi va izchilligini ta’minlaydi, o‘quvchilar
tomonidan bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish ortadi va aqliy rivojlanish tezlashadi, tabiiy
fanlarni o‘qitishda fanlararo bog‘lanishni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish orqali
o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish imkoniyatini yaratadi.
Aniq fanlar bo‘yicha o‘quvchilarda zaruriy bilimlarni shakllantirishda o‘qituvchining dars
o‘tish mahorati muhim rol o‘ynaydi. Bunda hozirgi zamonaviy interfaol usullardan foydalangan
holda dars jarayonlarini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida kimyo va biologiya
fanlaridan dars jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan metodlar haqida fikr yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |