Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1. M.A.Aripov, N.A.Otaxonov. Dasturlash asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.: ―Tafakkur bo‘stoni‖,
2015 yil.
2. S.Tursunov, I.Nazarov. Ta‘limda axborot texnologiyalari. Darslik Toshkent. ―Adabiyot
uchqunlari‖ 2019-yil
3. www.ziyouz.com
97
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
YUQORI SINF O‘QUVCHILARIGA ONA TILI DARSLARIDA GRAMMATIKANI
O‘RGATISHNING INDUKTIV VA DEDUKTIV USULLARI.
Maxkamova Salima Tursunkulovna
Sirdaryo tuman 3-umumta’lim maktabining
ona tili va adabiyot o‘qituvchisi.
Annotatsiya.
Mazkur maqolada yuqori sinf o‘quvchilariga ona tili darslarida grammatika
o‘rgatishning indaktiv va dedaktiv usullaridan foydalanish jarayonida o‘quvchilarni mustaqil
fikrlash salohiyatini rivojlantirish, innovatsion metodlar yordamida darslarni samarali tashkil
etish haqida yondashuvlar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
indaktiv, dedaktiv usullar, kompetentlik, kasbiy kompetentlik, uzluksiz ta’lim,
innovatsiya.
Hayot kun sayin jadallashib bormoqda “Barchamizga ayonki inson qalbiga yo‘l avvalo ta’lim-
tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan
bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz hattoki biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana
bir buyuk zod o‘qituvchilar va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz”
deganda O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezinenti I.A.Karimov naqadar haq edi. Chunki
inson umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishish, qayerda, qanday lavozimda ishlashi
maktab dargohida olgan ta’lim-tarbiyasi uning kelajakdagi hayotiga, yetuk shaxs va malakali
mutaxassis bo‘lib shakllanishida ulkan ahamiyat kasb etadi. Biz pedagoglar, o‘quvchilar balki
butun kelajak avlod oldida mas’ulmiz. Ehtimol bu ma’sullik bizdan tinmay izlanishga, ilm
sirlarini ochishga, yangiliklarni tezda ilg‘ab olishga xorijning innovatsion ta’lim usullaridan
tadbiq etishga dav’at etadi.
Bugungi kun o‘quvchisi ehtimol ko‘p kitob o‘qimas, ammo juda hushyor, atrofdagi voqea
hodisalarga nisbatan u qadar befarq emas. Bolalarning diqqatini bir joyga jamlash ta’bir joiz bo‘lsa
o‘z yo‘limizga yurgazish uchun ancha aql, bilim, salohiyat kerak bo‘ladi.
Bugun qay tomonga qaramaylik, “Innovatsiya, innovatsion lohiya, innavatsion usullar,
innovatsion ta’lim kabi tushunchalarga ko‘plab duch kelamiz. Dunyo tajribasidan ma’lumki,
qaysi mamlakatda ta’lim –tarbiya sohasiga jiddiy e’tibor qaratilgan bo‘lsa, shu yurtning iqtisodiy,
madaniy qiyofasi, texnik va texnologik imkoniyatlari yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilgan. Buni
jahonning rivojlangan davlatlari misolida ko‘rish mumkin.
Ilm-fan ravnaqi, ta’limdagi islohatlar, jamiyatning rivoj topib borishi bugungi kun uchun
yangi bosqicga ko‘tarildi. Bugungi kun yoshlari intiluvchan, qiziquvchan, turli manbqlardan
ma’lumotlarni keragidan ortiq olmoqda. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Biz ularni ma’lumot
tanlashida to‘g‘ri yo‘nalish berayapmizmi?
Yoshlarni erkin fikrlashga o‘rgatish, uni bilimga, ilmga tashna intizomli, ota-ona, ustozinini
hurmat qiladigan, qo‘lidan kelsa boshqalarga yordam beradigan, zukko o‘quvchi qilib tarbiyalashda
innovatsion usullardan to‘laqonli foydalanish yetarli samara beradi deb o‘ylayman. O‘quv tarbiya
ishlari jarayonida o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, o‘zgaruvchan vaziyatlarga o‘rgatish, erkin
raqobat asosida faoliyatni tashkil etish, mustaqillik, erkin fiklashni tarbiyalash, o‘quv faoliyatini
tahlil etish, ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi.
Ta’limning barcha bo‘g‘inlarini shunday tashkil etish kerakki, u yoshlarga chuqur va asosli
bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o‘rgatsin. Shu o‘rinda indaktiv va dedaktiv
usullarni ta’limda qo‘llash samarali usullardan biridir, darslar jarayonida bolalarni erkin va
mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantiradi.
Grammatikani o‘qitishda ikki xil usul bor. Bular deduktiv va induktiv metodlardir. Ikkala
o‘qitish uslubida ham o‘qituvchi va o‘quvchilarning tanlovi va o‘qitilayotgan tilning tabiati kabi
faktorlarga bog‘liq bo‘lgan o‘z kamchiliklari va yutuqlari bor. Shunga qaramay, agar ikkala metod
ham ustalik bilan darslarda aralash usulda ishlatilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.
Grammatikani induktiv o‘qitish:
Induktiv so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, “muvaffaqiyatga yetaklash” ma’nosini bildiradi.
Indaktiv metod shaxs tajribalari va kuzatishlaridan kelib chiqib xulosa yasaydi. Bu xulosalarning
haqiqati berilgan isbotning to‘g‘riligiga bog‘liqdir. Masalan, “Bir qancha qora qarg‘alar bor”
degan fikrdan keladigan xulosa bu – hamma qarg‘alar qora rangda bo‘ladi. Lekin, biz qarg‘aning
98
Do'stlaringiz bilan baham: |