Birinchidan
, korreksion muolajalarni psixodiagnostik tekshiruv bilan uyg‘unligini ta’minlash,
uning asosida birlamchi xulosa tuzish va korreksion-rivojlantiruv ishining maqsad va vazifalarini
aniqlash zarur. Korreksion ish samarasi faqatgina dastlabki puxta psixologik diagnostika ishlari
bilan belgilanadi. D.B.Elkonin bo‘yicha eng aniq, chuqur tashxis ma’lumotlari agar ular jiddiy
o‘ylangan psixologik-pedagogik korreksion tadbirlar tizimi bilan uyg‘unlashtirilmasa, ma’nisiz
bo‘lib qolishi mumkin.
Ikkinchidan,
psixologning rivojlantiruv - korreksion faoliyati mijozning korreksion ishlar
jarayonidagi kechinmalari va his-tuyg‘ulari, emosional holati dinamikasi, faoliyati, fe’l-atvorini
doimiy nazorat qilishni talab etadi. Ushbu nazorat dasturi vazifalariga zarur o‘zgartirishlarni
kiritishni, mijozga psixologik ta’sir ko‘rsatish uslublari va vositalarini vaqtida o‘zgartirish imkonini
beradi. Maktab psixologining psixokorreksiya yo‘nalishida olib boradigan asosiy faoliyati o‘quvchi
shaxsi va uning individualligini tarkib toptirish jarayoniga faol ta’sir o‘tkazishga qaratilgan.
Bunda psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan qoida, mezonga asoslanib tashkil
qilishdan iborat bo‘lib, yosh davri xususityalariga binoan psixikaning rivojlanishi, shaxsning
shakllanishi qonuniyatlarini amaliyotda hisobga olgan holda faoliyat olib borish, o‘qituvchilar
jamoasiga bolalar, o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasini individuallashtirishga ko‘maklashish, ularning
qobiliyati, layoqati va iqtidori darajasiga qarab korreksion ishlarni amalga oshirishdan iborat.
Amaliyotchi psixologning ushbu yo‘nalishda alohida ahamiyat kasb etuvchi jihati – bolalar,
o‘quvchilarning psixik rivojlanishda orqada qolish, ular xulq-atvoridagi og‘ishlar, o‘zlashtirmaslik
muammolaridir. Psixik taraqqiyotni tuzatish, korreksiya qilish atamasi dastlab defektologiyada
kasal bolalarga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lsa, keyinchalik ontogenez psixologiyasining rivojlanishi
bilan ushbu tushuncha normal psixik taraqqiyot uchun ham qo‘llanila boshlandi. D.B.Elkonin
tuzatishning yo‘nalganligi korreksiya xarakteriga bog‘liq holda tuzatishning ikki usulini ajratib
ko‘rsatadi. Bular:
- taraqqityodan orqada qolish belgilariga qaratilgan simptomatik tuzatish.
- taraqqiyotdan orqada qolish sabablari va manbalariga qaratilgan tuzatish.
Psixologik amaliyotda normal taraqqiyot korreksiyasi nonormal taraqqiyot korreksiyasidan
farqlanadi. Tuzatishning mazmuniga ko‘ra normal taraqqiyotda korreksiyaning quyidagi turlari
farqlanadi:
- Aqliy taraqqiyot korreksiyasi;
- Shaxs taraqqiyoti korreksiyasi;
- Salbiy holatlarning oldini olish korreksiyasi.
Amaliyotchi psixolog o‘z faoliyatida korreksion vazifalarni yechish maqsadida psixologik
yordamni tashkil etishga bog‘liq ravishda uning quyidagi turlaridan foydalanishi mumkin:
1. Madaniy oqartuv ishlari.
2. Maslahat-tavsiyalar berish.
3. Individual va guruhiy korreksiya.
Psixologik korreksiya dasturlarini tuzishda quyidagi asosiy tamoyillarga tayanish zarur.
Korreksion, profilaktik va rivojlantiruvchi masalalar tizimliligi tamoyili. Bu tamoyil har qanday
korreksion ishda 3 ko‘rinishdagi masala mavjudligini ta’kidlaydi, ya’ni 1) korreksion, 2)
profilaktik va 3) rivojlantiruvchi. Bunda bola shaxsining har tomonlamarivojlanishidagi bog‘liqlik
va notekislik borligini anglatadi. Tushunarliroq aytadigan bo‘lsak, har qaysi bola rivojlanish ining
78
Do'stlaringiz bilan baham: |