Тошкент-2021 3 Апрель 2021 10-қисм Тошкент апрель 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/180
Sana23.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#843368
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   180
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
o‘zida aks ettirgan, omma uchun asarlar davomida sevikli bo‘lib qoladigan o‘lmas qahramonlar 
qiyofalari bilan limolimdir. XIV asrda yashab ijod etgan va bu an’anaga murojaat etgan 
mualliflardan biri Xoju Kirmoniydir. Xoju Kirmoniy “Humoy va Humoyun”, “Gul-u Navro‘z”, 
“Ravzat ul-anvor”, “Kamolnoma”, “Gavharnoma” kabi masnaviylardan iborat beshligini 
yaratdi. Keltirilgan masnaviylarning nomidan ham ko‘rinadiki, Xoju Kirmoniy Nizomiy “Panj 
ganj”idagi sujet tizimlari va obrazlarini yangilash bilan bir qatorda masnaviylarning joylanish 
tartibiga ham o‘zgartirish kiritgan va o‘zining beshligini axloqiy-falsafiy masnaviy bialn emas, 
balki ishqiy romantik poema bilan boshlagan. Shuning o‘ziyoq xamsatayn qonuniyatlaridan 
chekinishga olib kelgan. Agar bu o‘rinda Xoju zamondoshi Salmon Savajiyning “Jamshed va 
Xurshed” nomli masnaviysidagi “Sababi nazmi kitob” bobida keltirilgan quyidagi misralari 
esga olinsa, masala ancha oydinlashadi: Nizomiro siyoh shud durri shahvor, Rivoche nest on 
simi kuhanro. Mazmuni: Nizomiy durlari qorayib qoldi, Endilikda u eski kumushlar ravnaq 
topa olmaydi. Albatta, bu fikrning haqiqatdan uzoqligi o‘z-o‘zidan ravshan. Chunki, Nizomiy 
yaratgan durlar o‘lmas badiiy obidalar asrdan-asrga ravshanroq porlab keldi. Dil nigohi dunyo 
bag‘rini kesib o‘tgan faylasuflarning faylasufi, mutafakkirlarning murshidi Alisher Navoiyning 
kitoblarida, dostonlarida tafakkurni ichdan yaqinlashtirib tasavvufiy falsafasining javhari zot 
mavjud. Ulug‘ shoir asarlarida har bir detal, sujet lavhalari timsollar tilida gapiriladi, ya’ni u bir 
badiiy maqsadni turli lavhalar orqali bayon qiladi. Navoiy lirikasida ham “Xamsa” dostonlarida 
ham yagona bir g‘oya bor: Yaratuvchi Allohning buyuk yagona zot ekanligi. Alisher Navoiy 
ijodida dunyo go‘zalligi ilohiy Husn jamolning davomi va moddiy ifodasi sifatida qaraladi. 
Shoir uchun olam va odam yagonadir, ruh va jism birgadir. Ilohiy mutlaq vasliga yetishish 
yo‘liga kirgan inson o‘zi bilan Alloh o‘rtasidagi masofani qisqartirib borib, barcha to‘siqlarni 
yengib o‘tadi, shaxsiy menidan qutiladi, go‘yo Alloh bilan vahdat vujud qiladi. Buni esa qatra 
dengizdan nishonaga o‘xshatish mumkin. inson ruhida Alloh sifatlari mujassam. Biroq insonni 
moddiylik undan ajratib turadi, qachon inson moddiylikdan poklansa, musaffo shabnamday 
bo‘lib o‘zligini anglashi mumkin. Alisher Navoiy “Xamsa” dostonida o‘zlikni anglash uchun 
qaratilgan g‘oyalar ko‘pdir. Navoiy dostonda ezgulik, xayr-ehson, odamiylik qoidalarini birma-
bir bayon etib chiqqan. Ular izhorida biror mayda-chuydani ham e’tibordan chetda qoldirmagan. 
Kim shoir pand-u o‘gitlariga amal qilsa, u komil, o‘zligini anglagan inson bo‘lib yetishadi. Agar 
biz hozirgi kunda istiqlolga erishgan O‘zbekistonda jamiyatni isloh etishning Prezidentimiz Islom 
Karimov tomonidan chuqur ilmiy tarzda asoslangan besh mashhur tamoyilning uchinchisiga 
nazar tashlasak, unda jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi, Demokratik 
yp’l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va Qonunlarni hech istisnisiz hamma hurmat qilishini, 
ularga og‘ishmay rioya etish lozimligi kabi fikrlar bildirilgan. Bundan shunday xulosaga kelish 
mumkinki, ajdodlarimiz, jumladan Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonidagi ijtimoiy hayot, 
qonun ustuvorligini ta’minlash haqidagi orzulari istiqlolimiz davrida yangi davr zamon talablari 
asosida amalga oshmoqda. “Xamsa” dostoni insonning komillikka erishuvi uchun zarur bo‘lgan 
ma’naviyma’rifiy omillar ham keng tarzdaqalamga olingan. Navoiy ana shunday komillikka 
yo‘g‘rilgan, yuksak xulqli kishilardan tashkil topgan jamiyat, barkamol jamiyat orzusida edi. 
Ana shunday yuksak maqsad va oliy g‘oyalarini u o‘z ijodida aks ettirdi, abadiy barhayotlikka 
erishdi.

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish