Ta’limning mazmuni muntazamligi tamoyili. Ushbu tamoyil o‘rganilayotgan bilimlar va shakllantirilayotgan malakalar va kompetentsiyalarni yagona tizimdagi o‘rni, umumiy o‘rta ta’ lim, barcha o‘quv kurslari va yaxlit mazmunning bir-biriga hamda umuminsoniy, milliy madaniyat tizimi aloqadorlikda ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadi.
Ta’lim mazmunining o‘quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi tamoyili. Mazkur tamoyil ta’lim mazmunini loyihalashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va tayyorgarlik darajasini hizobga olishni ko‘zda tutadi. Ma’lum bir yosh davriga mos bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalar tizimi ta’lim mazmunida aks ettiriladi.
Ta’lim mazmunini loyihalashtirishda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:
ta’lim mazmunini mustaqil fikr yuritish va axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish ehtiyojiga muvofiq loyihalashtirish; ta’lim mazmunining aniq ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi; ta’lim mazmunining murakkablik darajasini hisobga olish, o‘quvchilar imkoniyatlarining mavjud o‘quv dasturlariga mosligi; ta’lim hajmining uni o‘rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi; ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasining zamonaviy talablarga javob berishi;
ta’lim mazmunini loyihalashda ilg‘or xorijiy tajribalarni hisobga olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |