Mavzuning tarixshunosligi: Qo’qon хonligi tarixini o’rganish ilmiy adabiyotlarda uch davrga bo’lib o’rganish tavsiya etilgan. Bunda tarixshunoslik masalalarining birinchi davri XX-asr boshlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olsa, ikkinchi davr XX - asr 90-yillarigacha, uchinchi davrini esa mustaqillik yillari tarixshunosligi tashkil etadi.
Dastlabki davr tarixchilari tomonidan xonlik tarixining turli sohalari dastlabki tasavvurlar va ayrim to’liq bo’lmagan ma’lumotlar asosida yoritib berilganligi bilan alohida xususiyatga ega. Bunday tarixchilar va tadqiqotchilar qatorida XX-asr boshlarigacha ijod qilgan va tarixiy asarlar yozib qoldirgan bir qator rus tarixchilarini ko’rsatib o’tish mumkin. Jumladan, xonlikka elchilik ishlari bilan kelgan kishilar, xususan F.Nazarov, N.I.Potanin,4V.VVelyaminov- Zernov, M.N.Galkin hamda A.Nurekin kabilarning asarlarini va elchilik hisobotlarini kiritish mumkin. Bir qator tadqiqotchilar esa xonlik tarixini o’z asarlarida u yoki bu jihatlarini yoritib o’tishga harakat qildilar. Bunday
tadqiqotchilar va tarixchilar qatorida B.Bartold, B.Pyankov, E.T.Smirnov, H.Ostroumov, V.Nalivkin, Н.Dingelshted, Н.Павлов, А.Н.Куропаткин, va boshqalarni ko’rsatib o’tish mumkin. Ular o’z asarlari xonlikning Rossiya imperiyasi tomonidan harbiy bosqinchilik yo’li bilan bosib olingan jaroyonlarni yoritib berganlar.
Sho’rolar davriga kelib xonlik tarixini o’rganish borasida tarixshunoslik sohasida bir qator o’zgarishlar yuz berdi. Bunda mualliflar tomonidan xonlikning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganligi emas, balki qo’shib olingan» ligiga urg’u berila boshlandi va bu bilan tarixni buzib ko’rsatish holatlariga yo’l qo’yildi. XX-asrning oxirlariga kelib Qo’qon xonligi tarixini o’rganish borasida bir qator yangi fikrlar surila boshlandi. Bunda Rossiya imperiyasi tomonidan xonlikning bosib olinganligi manbalarga asoslanilgan holda yoritila boshlandi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar va ilmiy adabiyotlar masalaning mohiyatigа bo’lgan yondashuv tubdan o’zgarib, endi tarix haqqoniy ravishda ilmiylikka asoslanilgan holda yoritila boshlandi. Bu davrda yaratilgan ishlariga. H Ziyoyev, H.Bobobekov, SH.Vohidov, N.A.Ahmadjonov, Z.Ilhomov, V.Ishquvvatov, S.Tillaboyev, SH.Mahmudov vа boshqalarning ilmiy ishlarini ko’rsatib o’tish mumkin.
Shuningdek, xonlik tarixi bilan xorijlik bir qator olimlar ham shug’ullanganlar. Bularning xonlik tarixshunosligining to’rtinchi guruhiga kiritish mumkin. Ular orasida bizga ma’lum bo’lganlari sifatida E.Bekon, D.Ulier, l.Tillet va boshqalarni ishlarini ko’rsatib o’tish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |