To‘shak qandalasidan qutulish usullari haqida qisqacha faktlar
Quyida qandalalardan qutulishning “kalit” yo‘llari haqida ma’lumot berilgan:
To‘shak qandalasi bilan kurashish qiyin, chunki ular pestidsidlarga, ularni qirishga qaratilgan kimyoviy moddalarga chidamli va ular berkinish qobiliyatiga ham ega;
Uy sharoitida qandalalar paydo bo‘lmasligi uchun yotoq matraslarini va yotoq mebellarini maxsus mato bilan qoplash va qandalaga qarshi maxsus “tuzoq”lar qo‘yish mumkin;
Qandala va ularning tuxumidan qutulish uchun vakuum yo‘li bilan ya’ni changyutgichlar bilan xonadondagi buyumlarni tez-tez tozalab turish kerak;
Hech qanday profilaktik chora tadbirlar yordam berishi kafolatlanmagan, faqatgina hasharotlarni aniqlash va tezkorlik bilan chora ko‘rish qandalalar rivojlanishi va qayta paydo bo‘lmasligiga yordam beradi;
Barcha insektitsidlar ham yordam beravermaydi, ularni tanlayotganda diqqatliroq bo‘lish kerak. Insektitsidlar mutaxassislar tomonidan qo‘llanilgani ma’qul;
Issiq va sovuq harorat to‘shak qandalasidan qutulishning samarali yo‘li, o‘rin ko‘rpa-to‘shaklarni yuqori haroratda yuvish yoki bug‘da quritishingiz mumkin, bunda buyumlaringizning sifati o‘zgarmasligiga ham e’tibor qarating.
Do'stlaringiz bilan baham: |