Baliqchilik mutaxassislari va ixtiopatologlar o‘rtasida bu kasallik
“qora dog1”, “qora-toshma” nomi bilan ma’lum. Chunki baliq to‘qi-
malarida parazit atrofida qoramtir pigmentli dog ia r paydo bo‘ladi.
Tarqalishi va iqtisodiy zarari. Kasallik turli xildagi baliqlar,
ayniqsa karpsimonlar o‘rtasida tabiiy suv havzalarida keng tarqalgan
(Safarova va b., 2014). Ayrim baliqchilik xo‘jaliklarida baliqlaming
zararlanishi 85-100 % gacha yetishi mumkin. Invaziya intensivligi
yuqori bo‘lganida yosh baliqlarning nobud bo‘lishi kuzatiladi.
Baliqlar tanasidagi pigmentli dogiar mabsulotning tovar ko‘ri-
nishini buzadi, shuning uchun ham
kuchli zararlangan baliqlar
iste’molga yaroqsiz deb topiladi.
' '' '
Qo‘zg‘atuvchisi.
Postodiplostomum
avlodiga kiravchi
Pdstodi-
plostomum cuticola
trematodasining metatserkariyalari kasallik
qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi.
P. cuticola
metatserkariyalari
yetarli
darajada uzun, uzunligi 1.5 mm gacha bo‘ladi. Tanasi ikki boiakka
yaxlit ajralgan. Orqa qismining uzunligi oldingi qismining uzuriligiga
qaraganda 3-5 marta kichkina. Tananing oldingi qismida og iz
so‘rg‘ichi, tananing o‘rta qisrnid^ qorin so"rg‘ichi joylashgan. Tana
oldingi qismining oxirida Brandes organi joylashgan. Metatserka
riyalar oichami, shakli va tuzitisfii voyaga yetgan gelmintlarga deyarli
o‘xshash boiadi, ammo ularda jinsiy organiar rivojlanmaydi.
Qo‘zg‘at!ivchisining rivojlanishi.
Qarqaralar va boshqa
baiiqxo'r qushlar asosiy xo'jayin boiib, ularning ingichka ichagida
voyaga yetgan gelmintlar ' parazitlik qiiadi. Parazitlar ichak
bo‘shliqlariga tuxumlarini qo‘yadi, ular ichida 10-17 kunda
miratsidiyaiar shakllanib, tashqi muhitga chiqadi.
Ular chuchuk suv
molluskalari organizmiga kirib oladi va jinssiz y o i bilan rivojlanib
sporotsista, rediya va serkariya bosqichlarini o ‘taydi. Ularning
rivojlanishi uchun 75-95 sutka talab etiladi. Serkariylar molluska
organizmidan ajralib chiqadi, baliqlaming
teri osti va muskullariga
kirib olib, 25-65 sutkada invazion bosqich - metatserkariyaga
aylanadi. Qushlar metatserkariyalar bilan zararlangan baliqlami
yoyishi natijasida kasallikni yuqtiradi. Gelmintlar qushlar ichagida
3-7 sutkada jinsiy voyaga yetadi. Parazitning to iiq rivojlanishi
157
uchun yozda 2.5-3 oy yetarli. Metatserkariyalar baliqlar orga
nizmida 1.5 yilgacha saqlanadi (18-rasm).
18-rasm.
Posthodiplostomum cuticola
trematodasining rivojlanish
sxemasi:
a -
tuxum;
b
- miratsidiya;
d
- birinchi oraliq xo‘jayin (mollyuska);
e - serkariya;/- baliq tanasidagi metatserkariya;
g
- ikkinchi oraliq
xo‘jayin;
h
- defmitiv xo‘jayin ichagidagi voyaga yetgan gelmint; i -
kulrang qarqara.
Do'stlaringiz bilan baham: