Tosh davri



Download 26,69 Kb.
Sana22.11.2019
Hajmi26,69 Kb.
#26840
Bog'liq
2-11-top

Tosh davri — insoniyat taraqqiyotidagi eng qad. davr. Bu davrda mehnat qurollari hamda qurolyarogʻlar, asosan, tosh, yogʻoch va suyakdan yasalgan. Tosh davri qad. (paleolit), oʻrta (mezolit) va yangi (neolit) davrlarga boʻlinadi. Tosh davri bundan taxminan 2 mln. yil oddinroq boshlanib, Oʻzbekistonda 4 ming yil burun tugagan (ayrim hududlarda uzoqroq davom etgan). Tosh davri odamlari terimchilik, ovchilik, baliq ovlash bilan shugʻullangan; neolit davrida motiga bilan dehqonchilik qilish va chorvachilik paydo boʻlgan. Ijtimoiy munosabatlar "ibtidoiy odamlar toʻdasi"ga, soʻngra ibtidoiy urugdoshlik tuzumiga xos boʻlgan. Tosh davrining qad. davri — paleolit 3 davrga boʻlinib oʻrganiladi: quyi paleolit, oʻrta paleolit, yuqori paleolit. Quyi paleolit davri ilmiy xulosalarga koʻra, odam ilk bora mehnat qurollarini yasagan vaqtlardan boshlangan. Bu jarayon yer sharining turli joylarida turli vaqtlarda sodir boʻlgan (mas., Afrikada bu jarayon 3 mln. yil avval boshlangan, Yevropaning jan. va Osiyoda taxminan 2 mln. yil avval). Ammo qayerda va qachon boshlanganidan qatʼi nazar, kuyi paleolit insoniyatning eng uzok, davom etgan tarixini aks ettirgan. Tosh asri texnikasining takomillashuvi natijasida disk shaklidagi (rapidasimon) nukleuslarnya vujudga kelishi va ulardan oʻtkir uchli uchburchaksimon uchirindilarni yuzaga kelishi bilan kuyi paleolit oʻrnini oʻrta tosh davri, yaʼni mustye davri (qarang Mustye madaniyati) oladi. Mustyedan soʻng yuqori paleolit davri boshlanadi. Yevropaning jan.da, Osiyoda, jumladan, bizning Oʻrta Osiyoda oʻrta paleolit hozirgi kunimizdan 200 ming yil avval boshlanib, oʻrta hisobda 160 ming yil davom etadi va oʻrnini 50 ming yil avval progressivroq boʻlgan yuqori paleolit davriga boʻshatib beradi. Yuqori paleolit davrida, asosan, realistik sanʼat rivojlanadi. Oʻsha davr odamlari hayvonlarni ovlash jarayonini qanday koʻrgan boʻlsalar, shunday ravishda gʻor devorlariga rasmlar chizganlar. Chizganda ham kizil va kora tabiiy ranglarda chizganlar. Bu narsa odamlarning ongini rivojlanganligini koʻrsatadi. Mexnat kurollarini yasash texnikasi boʻyicha quyi va oʻrta paleolitta nisbatan juda yuksak koʻtarilgan yuqori paleolit davri, oʻz navbatida, bundan 12—10 ming yil avval progressivroq boʻlgan mezolit davri bilan almashdi. T.D.ning soʻnggi bosqichi boʻlgan neolit bundan 5—4 ming yil avval jez davri bilan almahdi.

Paleolit (paleo... va lot. "lithos" — tosh) — qad. tosh davri. Tosh davrini 2 bosqichga: P. — kadimgi va neolit — yangi tosh asrlariga boʻlib oʻrganish dastlab 1865 yil ingliz arxeologi J. Lebbok tomonidan fanga kiritilgan. P. quyi (ilk), oʻrta va yuqori (soʻnggi) qad. tosh davrlariga boʻlinadi. P. eng qad. ibtidoii odamlarning kazilma ilk zotlari hayot kechirgan ulkan tarixiy zamon hisoblanadi. Oʻsha qad. zamonda yer kurrasining ikdimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi biz yashab turgan davrdan mutlaqo oʻzgacha boʻlib, undan keskin farq qilgan. P. davrining ibtidoii odamlari kertilgan dagʻal tosh qurollardan foydalanganlar. Ular tosh qurollarga sayqal berish hamda sopol idish yasashni hali bilmaganlar. Asosan, ovchilik va termachilik bilan kun kechirib, ibtidoii deqqonchilik va chorvachilik kabi mashgʻulotlarni hali kashf etmaganlar.

Antropogenez (antropo ... va ... genez) – inson jismoniy qiyofasining shakllanishi, mehnat faoliyati, tili, shuningdek jamiyatning dastlabki ri-vojlanish jarayoni. A. haqidagi ta’li-mot – antropologiya tarmog‘i.

Evolyutsiya (biologiyada) - tirik organizmlarning tarixiy oʻzgarishi. E.da tabiiy tanlanish taʼsirida mutatsiyalardan organizmlarning tashqi muhit sharoitiga moslanishiga olib keladigan belgilar va xususiyatlar kombinatsiyasi shakllanadi. Evolyutsion oʻzgarishlar dastlab yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar tarzida populyatsiyalarda namoyon boʻladi (qarang Mikroevolyuiiya). E.ning elementar omillari qatoriga mutatsiya va tabiiy tanlanish bilan birga populyatsiyalardagi individlar sonining oʻzgarib turishi va populyatsiyalarning alohidalanishi (qarang Genlar dreyfi), shuningdek, meyotik drayv (geterozigotalarning ajralishida genlar chastotasiga nisbatan tasodifan taqsimlanishning buzilishi) ham kiradi. Populyatsiyalardagi evolyutsion oʻzgarish yangi turlarning hosil boʻlishiga (qarang Tur hosil boʻlishi) yoki turining oʻzgarishiga olib keladi. E. sabablari, harakatlantiruvchi kuchlari, mexanizmlari, tezligi va uning umumiy qonuniyatlari evolyutsion biol. oʻrganadi (qarang Evolyutsion taʼaimot). Baʼzan "E." terminining filogenez termini sinonimi sifatida ham qoʻllaniladi. "E." soʻzi birinchi marta Shveysariya tabiatshunosi va faylasufi Sh.Bonne (1762) tomonidan embriologiyaga oid ishlarda qoʻllangan.

Choppper - Oʻrta Osiyoda yashagan eng kad. odamlar pitekantrop va sinantroplarga zamondosh boʻlganlar. Ular togʻ ungurlari va gʻorlardan boshpana, makon va manzilgox. sifatida foydalanishgan. Qayroqtosh va chaqmoqtoshlardan choʻqmor, chopping va chopper kabi dagʻal tosh qurollar yasab, ulardan irgʻ-itgich, urgʻich, chopqich, kavlagich va keskich sifatida foydalanganlar. Qoʻl choʻqmori va chopperlar, dastavval, Fran-siyaning Sent Ashel makonidan topilgani uchun fanda bunday tosh qurollar ashel qurollari nomi bilan yuritiladi.

Ilk P. yodgorliklari Oʻrta Osiyoda Fargʻona vodiysining Soʻx soyi sohilida joylashgan Selungur yurit, Ohangaron vodiysining Qizilolmasoy boʻyida, [[Koʻlbuloq manzilgohida, Jan. Tojikistonning Koʻldara va Jan. Qozogʻistonning Aristandi vodiysida topib oʻrganildi. Selungur gʻoridan ibtidoiy odamning suyak qoldiklari (bosh chanogʻining boʻlagi, yelka suyagi va oʻndan optiq tishlari) topilib, tadqiq etildi. Bu davrga mansub [[Koʻlbuloq manzilgohida eng qad. odam toʻdalari qariyb yarim mln. yil davomida deyarli uzluksiz yashagani maʼlum boʻldi. Shu bois yodgorlik ostida 20 m dan ortiqroq qalinlikda madaniy qatlam hosil boʻlgan. Qariyb 20 yillik qazish (M. Qosimov) jarayonida 30 mingdan ortiq tosh qurollar (choʻqmor, qirgʻich pichoqsimon keskich va nukleuslar), hayvon va parranda suyaklari hamda turli xildagi oʻsimlik qoldiklari qayd etiladi. Bu topilmalar, shubhasiz, ilk P. odamining nihoyatda sermashaqqat hayoti, tosh qurollar yasash usullari va xom ashyosi, shuningdek, oʻsha zamon tabiiy va unga boqim boʻlgan Koʻlbuloqning ovchi va termachilarning isteʼmol qiluvchilik xoʻjaligi haqida guvohlik beradi (qarang [[Koʻlbuloq manzilgohi). Soʻzsiz, Selungur va Koʻlbuloq yodgorliklarining arxeologiya jihatidan qazib oʻrganilishi tufayli Oʻrta Osiyo eng qad. odamlar yashagan maskanlar qatoridan oʻrin oldi.



Sivilizatsiya (lot. cuvilis) - fuqarolikka, davlatga taalluqli, tamaddun— 1) keng maʼnoda — ongli mavjudotlar mavjudligining har qan-day shakli; 2) madaniyat soʻzining si-nonimi. Bu termin koʻpincha moddiy madaniyat maʼnosida xam qoʻllaniladi; 3) madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr S.si, Mesopotamiya S.si va boshqalar); 4) yovvoyilik va vahshiylikdj keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi. "S." tushunchasi 18-asrda "madaniyat" tushunchasi bilan uzviy bogʻliq ravishda paydo boʻlgan. Fransuz fay-lasuf maʼrifatparvarlari akd va adolatga asoslangan jamiyatni S.lashgan jamiyat deb bilganlar. Koʻpchilik faylasuflar "S." deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, "madaniyat" deganda esa fakat uning maʼnaviy qad-riyatlarini tushunishgan. Ulardan ayrimlari bu tushunchalarni bir-biriga qarama-qarshi qoʻyganlar. Chunonchi, O. Shpengler fikricha, "S." har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal boskichini bildiradi. S.ni bunday davr tanazzuli sifatida tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir.

Ibtidoiy jamiyat - ibtidoiy odamlarning paydo boʻlishidan to davlat yuzaga kelguniga qadar boʻlgan davr. Jamoa boʻlib mehnat qilish va jamoa boʻlib isteʼmol qilish Ibtidoiy jamiyat ning oʻziga xos xususiyatidir. Eng oddiy mehnat qurollariga ega boʻlgan ibtidoiy odam yakka-yakka holda tabiat kuchlariga va hayvonlarga qarshi kurasha olmas edi. Shuning uchun ibtidoiy odamlar jamoa ravishda mehnat qilib, oʻz mehnatlarining mahsulini teng taqsimlar edilar. Ibtidoiy jamiyat iborasi juda buyuk kash-fiyot hisoblanib, u birinchi navbatda eta. olim L. G. Morgan nomi bilan bogʻliq. L. G. Morgan oʻzining "Qadimgi jamiyat" (1877) asarida juda boy etn. materiallarga asoslangan holda ilmiy olamda birinchi boʻlib, kishilik tarixining dastlabki sinfiy jamiyatga qadar boʻlgan davrini ikki bosqichga boʻlgan: 1-bosqichni "ibtidoiy tuda", 2-bosqichni esa "ibtidoiy urugʻchilik jamoasi" deb atadi. Ibtidoiy tuda bo-sqichi oʻz mazmun va mohiyati bilan ilk ajdodlarimizning "hayvonot" olamidan ajralib insoniyat olamiga oʻtish davri bilan harakterlanadi. L. G. Morgan bu bosqichni Ibtidoiy jamiyat ga kiritmagan. Aslida Ibtidoiy jamiyat urugʻchilik jamoasini vujudga kelishi bilan boshlanadi. L. G. Morgan fikriga F. Engels va V. I. Leninpar qoʻshilsada, ammo ular urugʻchilik jamoasi davrini "ibtidoiy kommuna", "qadimgi kommunizm" iboralari bilan almashtirib katta nazariy xatoga yoʻl qoʻyadilar. I. V. Cmashinning "Dialektik va tarixiy materializm haqida" asari paydo boʻlgach, masala yanada chalkashib ketdi. U Ibtidoiy jamiyat tushunchasiga kishilik tarixini ibtidoiy tuda bosqichini ham qoʻshib yubordi. Stalincha konsepsiya keyinchalik sobiq sovet tarixshunosligida asosiy yoʻl-yoʻriq boʻlib qoldi. Aslida, tarixan birinchi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya — ibtidoiy urugʻchilik jamoasi edi. U urugʻ jamoalarining paydo bulishidan to birinchi sinfiy jamiyatning shakllanishiga qadar boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Ibtidoiy tuda davrida esa ishlab chiqarish ning oʻzi boʻlmagan. Bu davr odamzodning uzok, davom etgan tadrijiy shakllanish bo-sqichi boʻlib, u haqiqatan Ibtidoiy jamiyat ga oʻtish davri hisoblanadi. L. G. Morgan oʻz vaqtida Ibtidoiy jamiyat ni 2 bosqichga boʻlgan: bi-rinchisini "ibtidoiy urugʻchilik jamoasi", ikkinchisini esa "harbiy demokratiya bosqichi" deb ataydi. 20-asr davomida etn. va arxeologiya sohalarida fan olamida qoʻlga kiritilgan yutuqlar harbiy demokratiya davrini sinfsiz jamiyatdan birinchi sinfiy jamiyatga oʻtish bosqichi sifatida qarashni, shuningdek, "ibtidoiy urugʻchilik jamoasi" davrini ikki fazaga boʻlishlikni taqozo etadi. Ibtidoiy urugʻ jamoasining har ikkala fazasi davomida inson hayotida juda katta sifat oʻzgarishlari yuz berdi. Bu davrda dastlabki jamoa boʻlib yashash kurtagi paydo boʻldi. Bu kurtak urugʻ jamoasining tarkib topishiga asos solgan onalar atrofida yuz berdi. Shuning uchun ham urugʻchilik jamoasining bu ilk fazasi — ona urugʻi — matriarxat deb ataldi. Urugʻchilikning birinchi tadrijiy rivojlanish fazasida ishlab chiqarish munosabatlari toʻlaligicha urugʻ manfaatiga mos tushadi, jamoada ijtimoiy ishlab chiqarish hukmron. Endi ibtidoiy urugʻchilik jamoasining ikkinchi fazasida ishlab chiqarish munosa-batlari asta-sekin urugʻ manfaati do-irasidan chiqa boshlaydi. Bunday ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarishlar ibtidoiy jamoa xoʻjaligida dehqonchilik va chorvachilikning kelib chiqishi rivojlanishi bilan, jamoada ortikcha mahsulotning paydo boʻlishi va bozor munosabatlarining tarkib topishi bilan bogʻliq edi. Bu jarayonlar, albatta, ishlab chiqarish da erkaklar mehnatiga talabning or-tishi va urugʻlararo guruxli nikohning buzilishi va urugʻ jamoasidan tashkarida patriarxal juft oilaning qaror topishi bilan bogʻliq edi. Ibtidoiy urugʻchilik jamoasi zamonida roʻy bergan bu oʻzgarishlar matriarxal urugʻ jamoasining patriarxal urugʻ jamoasiga oʻz oʻrnini boʻshatib berishiga olib keldi. Ota urugʻi (patriarxat) shakllandi. Jamoada erkaklar rolining kuchayishi tabiiy ravishda patriarxal juft oilani keltirib chiqardi. Patriarxal urugʻ jamoasidagi juft oila nikohi va uning tarkibida monogam nikoh tizimining karor topishiga olib keldi. Ilk urugʻchilik jamoasi davrida odamzod birinchi bor amaliy sanʼatni kashf etdi, yaʼni sanʼat dastlab ayol haykallarini yasashdan, birinchi navbatda, homilador ayol tasvirini ishlashdan boshlandi. Bu davrning boshqa bir buyuk oʻzgarishi odamzodning biologik jismoniy tuzilishida roʻy berdi, yaʼni yevropeoid, negroid va mongoloid irklar shakllandi va, nihoyat, eng qad. ajdodlarimiz tabiiy gʻordan chiqib, maʼlum mintaqalarda oʻzlari uchun kulba yasash yulini kashf etdilar. Ibtidoiy ajdodlarimiz hayotidagi bu inqilobiy oʻzgarishlar ona urugʻi — matriarxatning dastlabki ming yilliklari davomida, yaʼni miloddan avvalgi 40— 30ming yilliklarda sodir boʻldi. Ibtidoiy tuda davrida ilk ajdodlarimiz oʻrtasida biologik aloqalar cheklanmagan, tartibsiz holda yuz bergan boʻlsa, ibtidoiy urugʻchilik jamoasi tarkib topishi bilan odamlar oʻrtasidagi biologik aloqalar maʼlum tartibga tushdi, yaʼni biologik aloqalar endi ikki urugʻ jamoasi aʼzolari oʻrtasida sodir boʻladigan boʻldi. Bu nikoh tartibi guruxli nikohdeb yuritildi. Key-inroq, ona urugʻi davrining soʻnggi fazasida ana shu guruxli nikoh doirasida ayollar farzandlarining otalaridan oʻz urugi uchun ishlab berishni, oʻz urugʻi yumushlariga yordam berishni talab kila boshlaydilar. Bu talablar, albatta, iqtisodiy muammolar bilan bogʻliq boʻlib, ona urugʻi jamoasi zaminida matriarxal juft oilani rasmiylashi-shiga olib keldi. Onalar, endi, uz farzandlariga uz otasini tanishtira boradi. Uzok, davom etgan bu nikohtarti-bi va axloq normalari ona urugʻi doirasida erkaklar rolining kuchayishiga olib keldi. Iqtisodiy hayot tashvishlari endi erlar qoʻlida jamlandi. Erkaklar iqtisodiy xujalik jilovini uz qoʻllariga oladilar va ularning farzandlari oldidagi nufuzi ortib boradi. Ibtidoiy urugʻchilik jamoasining ikkinchi fazasida urugʻ jamoalari xoʻjaligida qoʻshimcha daromad paydo boʻladi, u esa, oʻz navbatida, mol ayirboshlashni keltirib chikaradi. Ana shu davrdan boshlab urugʻlarning qabilalarga birlashishi boshlanadi. Qabilalararo iqtisodiy aloqalar vujudga keladi va ularning oqibat natijasi sifatida kishilik tarixida harbiy demokratiya davri boshlandi. Bu inqilobiy oʻzgarishlar otalar urugʻi (patriarxat) ga xos bulib, ular ibtidoiy urugchilik jamoasi zaminida dehqonchilik va chorvachilikning kashf etilishi bilan bogʻliq edi.

Neandertallar — qad. qazilma odamlar, paleoantroplarning bir guruhi. N. skelet qoldiklari (bosh miya qutisi, qovurgʻalarning boʻlaklari, yelka hamda son suyaklari va boshqalar). 1856 yilda Neandertal vodiysida (GFR ning Dyusseldorf shahri yaqinida; nomi shundan olingan), shuningdek, Osiyo, Oʻrta Osiyo (qarang Teshiktosh odami) va Afrikada topilgan. N. boʻyi uncha baland boʻlmagan (160 sm ga yaqin), miyasi yirik (1700 sm3), lekin hozirgi odamlarnikiga nisbatan sodda tuzilgan, koʻzining ustida qalin boʻrtigʻi boʻlgan. N. bundan 200—35 ming yil avval — vyurm muzligi davrida Gʻarbiy Yevropada, odatda, gʻorlarda yashab, yirik hayvonlarni ovlashgan, qurollar yasashgan (Mustye madaniyati). Olov yoqishni va undan foydalanishni bilishgan, toʻda boʻlib yashashgan.

Urug’ jamoasi – Neolitning soʻnggi bosqichi va jez davrining boshlarida ona urugchilik jamoasining ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyotida katta oʻzgarishlar rui berdi. Chorvachilik, omoch bilan yer haydash, baliq tutish, metallni oddiy usulda qayta ishlash yuzaga keldi. Natijada ayollarning xujalik yuritishdagi roli pasayib, erkaklarning roli oshdi. Kishilar tabiat kuchlariga qarshi kurashish uchun turli qurollardan foydalandilar. Erkaklar oʻzlari topgan boyliklarini umumiy jamoaga emas, oʻz bolalariga berishga intildilar. Shu tariqa matriarxatdan patriarxat davriga oʻtildi, urugʻchilik oilalariga ota boshchilik qiladigan boʻldi. Ota urugʻi asosida katta patriarxal oilalar tashkil topdi. Patriarxal oilada urugʻchilik tuzumining kurtagi saqlangan boʻlsada, uning yemirilayotgani sezilib turardi. Barqaror nikoh vujudga kelishi bilan ayol kishi erkak turgan joyga borib yashaydigan boʻldi. Bolalar ota ismining va mulkining merosxoʻri boʻldilar, uyda ota hukmronligi yuzaga keldi. Ibtidoiy jamiyat kuchlarning oʻsi-shi, ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi xususiy xoʻjalikning paydo boʻlishiga, urugʻning yemirili-shiga, oʻziga toʻq yuqori tabaqaning ajralib chiqishiga olib keldi, bu tabaqa dastlab harbiy asirlar, soʻng qashshoqlashgan qabiladoshlarini qullarga aylantirdi. Qabilalararo xoʻjalik va madaniy aloqalarning rivoji tufayli etnik birlikning yangi shakli — elat vujudga keldi. Natijada sinflar va davlatlar paydo boʻldi. Urugʻqabila boshliqlaridan davlat hokimiyati tashkil topa boshladi. Jez davrida Oʻzbekiston hududida sugʻorma dehqonchilik rivojlana boshladi. Bu davrga oid ar-xeologik topilmalar moddiymadaniy belgilari va etn. xususiyatlariga karab koʻpgina arxeologik madaniyat ismlari bilan ataladi (mas, Amirobod madaniyati, Sopollitepa madaniyati, Zamonbobo madaniyati, Suvyorgan madaniyati, Tozabogʻyop madaniyati, Chuyet madaniyati va boshqalar) Oʻrta Osiyo hududidagi jez davri yodgorliklarining juda boy majmuasi vohalarda iqtisod va madaniyat taraqqiy etganidan bu yerda qadim davrlar-dayoq sinfiy jamiyat tugʻila boshlaganidan dalolat beradi.

Kromanonlar (Fransiyadagi KroManon gʻori nomidan) — soʻnggi paleolit davrining hozirgi (neoantroplar) koʻrinishida boʻlgan qazilma odamlarining umumlashma nomi. Dunyoning barcha qismida K.ga oid suyak qoldiqlari topilgan. K.ning yuz tuzilishi hozirgi zamon odamiga oʻxshaydi. Ular taxminan 140 ming yil muqaddam paydo boʻlishgan.[1]

Madaniyat inson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, meʼmorchilik, teatr, kinematografiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Antropologiyada "madaniyat" atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik maʼno berish, hamda shu jarayonlarga bogʻlangan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu maʼnoda madaniyat oʻz ichiga sanʼat, fan va maʼnaviy tizimlarni oladi.

Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. "M." tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik M.), konkret jamiyat, elat va millat (oʻzbek M.i), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining oʻziga xos sohalari (mas, mehnat M.i, badiiy M., turmush M.i)ni izoxlash uchun qoʻllaniladi. Tor maʼnoda "M." atamasi kishilarning faqat maʼnaviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.

"M." arabcha madina (shahar) soʻzidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik — koʻchmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik — shaharda oʻtroq holda yashab, oʻziga xos turmush tarziga ega boʻlgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan.



Matriarxat (lot. mater — ona va yun. arche — ibtido, hokimiyat; aynan — ona hukmronligi), ginekokratiya — asosan, ibtidoiy jamiyatning ilk davridagi ijtimoiy tuzum shakllaridan biri. Baʼzi xalqlarda patriarxatdaya oldin mavjud boʻlgan, ayrimlarida urugʻchilik tuzumidan sinfiy jamiyatga oʻtish davrida ham saqlangan. M.da ayollar hukmron mavqega ega boʻlgan, mulk va naslnasab sotsial mavqe ona urugʻi boʻyicha oʻtgan, nikoxdan soʻng er xotin jamoasiga koʻchgan (matrilokal nikoh) yoki er va xotin oʻz jamoalarida alohida-alohida yashagan. M. Jan.-Sharqiy Osiyodagi ayrim xalqlar (mas, minangkabau va mikronezlarning ayrim guruhlari)da hozirgi ham saqlanib qolgan.[1]

Politeizm (poli... va yun. theos — xudo), koʻpxudolik — koʻp xudolarga eʼtiqod qilish. Monoteizm (yakkaxu-dolik)ning aksi. Qad. Misr, Yunoniston, Rimdagi dinlar P.ga asoslangan dinlardir.[1]

Animizm (lot. anima – jon, ruh) – jon va ruhlar borligiga ishonish. Ibtidoiy davrda paydo bo‘lgan. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchlariga qarshi kurashda ojizlik qilgan, o‘z hayoti va tanasidagi turli hodisalar (tush ko‘rish, gallyu-sinatsiya, o‘lim va hokazo)ni tushunmagan. Ular jon tana bilan bog‘langan va u tanadan chiqib keta oladi, deb hisoblaganlar. Insonda asta-sekin abstrakt tafakkur rivojlanishi bilan moddiy narsalarga bog‘liq ruh to‘g‘risidagi tasavvurlar paydo bo‘lgan. Ruhlar yaxshi, saxiy hamda yomon, yovuz ruhlarga bo‘lingan. Ruhlar odamlar hayotiga, turmushiga ta’sir ko‘rsata oladi deb tasavvur qilingan. Shu sababli zarur paytlarda ularga qurbonliklar qilganlar.

Totemizm (Shim. Amerika indeetslarining ojibve qabilasi tilidagi "ototem" — "uning urug'i" so'zidan) — ibtidoiy diniy e'tiqodlarning ilk shakllaridan biri. U kishilarning ma'lum guruhi bilan hayvon va o'simliklarning muayyan turlari (ba'zan tabiat hodisalari, jonsiz narsalar) o'rtasida g'ayritabiiy aloqa, qon-qarindoshlik bor degan e'tiqodga asoslanadi. Hayvonlar, o'simliklar, jonsiz predmetlar totem hisoblangan. Totemlar (ko'pincha hayvonlar) ov qilinmagan, o'ldirilmagan, goʻshti yeyilmagan, ular goʻyo kishilarning qudratli himoyachisi hisoblangan. Qabila, urugʻ har bir aʼzosining hayoti va farovonligi totemga bogʻliq deb qaralgan. Ular oʻz totemini qarindoshi, akasi, otasi, doʻsti deb hisoblagan. Har bir qabila, urugʻ oʻz totemining nomi bilan atalgan. Totemistik eʼtiqod va marosimlar muayyan koʻrinishda koʻp xalqlarda, ayniqsa, Avstraliyadagi qabilalarda saqlanib qolgan.

Fetishizm (portugalcha feitico, frans. fetiche — sehrli narsa, tumor) — gayritabiiy xususiyatlarga ega deb hisoblanadigan jonsiz narsalar — fetishlarga sigʻinish. Sigʻinish obʼyektlari, yaʼni fetishlar — tosh, tayoq, koʻzmunchoq, tumor va har qanday buyum boʻlishi mumkin. Fetishizm dinning qadimiy unsurlaridan biridir. Barcha ibtidoiy xalqlarda boʻlgan.

Mezolit (mezo... va lithos — tosh) — oʻrta tosh davri; paleolitdan neolitta oʻtish davri (miloddan avvalgi 10—7ming yillik). Geologik pleyspgotsendan hozirgi golo-senga oʻtish davri. M.da hayvonot dunyosi, landshaftlar muzlik davridan xalos boʻlib hozirgi tabiiy sharoitga moslashgan. Muzlik davriga moslashgan yirik hayvonlar (mamontlar) yoʻq boʻlib, yangilari paydo boʻlgan. Inson hayotida katta oʻzgarishlar sodir etilgan. M.da oʻq-yoyning kashf etilishi bilan yakka oila boʻlib yashash imkoniyati tugʻilgan. Tosh, suyak, yogʻochdan mikrolit qurollar (pichoq, qirgʻich, bolta) kashf qilingan. Bu qurollar yordamida odamlar yakka holda ov qilish imkoniga ega boʻlishgan. Shu tariqa jamoa boʻlib yashashga barham berilgan. M. davri odamlari ovchilik, baliqchilik, terimchilik bilan shugʻullanganlar.

Mikrolitlar (yun. mikro... va lit dan) — 1) (arxeologiyada) kichik tosh plastinkalar. Mezolit davrida paykon, suyak yoki shoxdan yasalgan qurollarning tigʻi sifatida ishlatilgan; 2) (geol.) — effuziv togʻ jinslarining yarim shishasimon massasiga kiruvchi plagioklazlar va boshqa jins xreil qiluvchi minerallarning mayda, mikroskopik prizmatik kristallchalari. M. xolxol qoʻshimchalar va kri-stallitlarga qarama-qarshi qoʻyiladi.[1]

Neolit (neo... va yun. lithos — tosh) — yangi tosh davri, tosh davrining soʻnggi bosqichi. Osiyo va Yevropa mintaqalarida qayd etilgan va qazib oʻrga-nilgan. N. davri osori atiqalarining aksariyati miloddan avvalgi 6—3-ming yilliklar bilan sanaladi. Tosh davrincht bu yangi bosqichi qariyb 3 ming yil davom etgan. N. davrida odamzodning tur-mush tarzi va iqtisodiy hayotida bir qator yirik tub oʻzgarishlar sodir boʻladi. Ovchilik va terimchilik kabi tabiatga boqim hayotiy mashgʻulotlar negizida ibtidoiy dehqonchilik va xonaki chorvachilik yuzaga kelib, kishilik tarixida ilk bor dastlabki ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklarga asos solindi. N. odamining xoʻjalik hayotidagi taraqqiyot taqozosi bilan sopoldan idish-tovoklar yasalib ilk kulollik, suyak va xayvon shoxlaridan duk, igna, bigiz va urchuq toshlar hamda oddiigina yogʻoch dastgoxlari yasalib, ip yigirish, baliq ovi toʻrlarini toʻqish va xonaki toʻqimachilik yuzaga keladi. Chakmoktoshlardan turli xil mayda va yirik maxsus (oʻq yoy va nayza paykonlari, parma, pona, arra, bolta, oʻroq, oʻroqranda) qurol va asboblar yasalib, tosh qurollar yasash uslubiyati takomillashdi. Tosh qurollardan keng foydalanildi. Tosh boltalarni parmalab dastaga oʻrnatish, silliqlab tigʻini chiqarish, singan sopol idishlarni chegalash, munchoq va turli toshlardan yasalgan marjonlarni ipga oʻtkazib shodalash uchun parmalash kabi texnik usullar kashf etildi. Tosh bolta, pona, oʻroq, oʻrokranda, arra, chop-qilar kabi xoʻjalik qurollari vositasida dehqonchilikdan tashqari, sinchkori chayla va kulbalar kabi turar joylar barpo etilib, qayiklar yasaladi. N. odamining mehnat faoliyatidagi oʻzgarishlar, xoʻjalik hayotida yuzaga kelgan ixtirolar tufayli bu tarixiy boskich, fanda "N. inqilobi" deb ataldi. Bu bos-qich davomida ona urugʻdoshligi tizimlari kamol topdi. Ibtidoiy dehqonchilik va chorvachilikka asos solindi, kulollik va toʻqimachilik kabi kasb-hunarlar kashf etilib, ota urugʻdoshligiga oʻtish uchun zamin yaratildi.

Eneolit (lot. — mis, misli va yun, — tosh), mis davri, mistosh davri — neolityaan jez asriga oʻtish davri (miloddan avvalgi 4—3 ming yilliklar). E. davrida insoniyat misdan ilk bor foydalana boshlagan. Ammo mis yumshoq va moʻrt edi, bu esa uni ishlatishni qiyinlashtirardi. Shuning uchun mis 100 ming yillab ishlatilib kelingan tosh qurollarni isteʼmoldan siqib chiqara olmadi. Shunga koʻra, bu davr mistosh davri ham deyiladi. E. davri arxeologik yodgorliklari Zarafshon quyi oqimida Kaptarning qumi, Katta Tuzkon makonlari, Sarazm, Namozgohtepa, Qoradepe (Turkmaniston) kabilarda qazib oʻrganilgan. Bu davrda odamlar dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Mehnat qurollari toshdan, suyakdan tayyorlangan. Kulolchilik ancha ravnaq topgan: idishlarga geometrik naqshlar solingan, odam va hayvon tasvirini solish ham odat boʻlgan. E. davri yodgorliklaridan qazish paytida pishirilgan loydan yasalgan koʻplab ayol haykalchalari (maʼbudalar) topilgan. Bu E. davrida hali ona urugʻi (matriarxat) boʻlganligidan dalolat beradi.

Patriarxat — ibtidoiy jamiyat davriga xos boʻlgan ijtimoiy munosabatlar shakli. P.da jamiyat, xoʻjalik, oilada erkak hukmron mavqega ega boʻlgan. P.ningxoʻjalikfaoliyati: omoch bilan yer haydash, chorvachilik, metallga ishlov berish. Bu davrda ibtidoiy jamiyat yemirilib, uning soʻnggi bosqichida mulkiy tabaqalanish va davlat yuzaga kelgan.[1]

Monoteizm, yakka xudolik (mono ... va yun. treos — xudo) — yagona xudo haqidagi tasavvurlarga asoslanuvchi diniy eʼtiqodlar. Koʻp xudolik (polite izm)nkng aksi. Xristianlik, iudaizm va islom M.ga asoslangan dinlardir.[1]

Eneolit va Bronza davri – Oʻrta Osiyoda dehqonchilik madaniyatining paydo boʻlishi eramizdan avalgi 3-2 ming yilliklarga toʻgʻri keladi. Eramizdan avvalgi 3-ming yillikning ikkinchi yarmi, 2-ming yillikning birinchi yarmida Amudaryoning yuqori qismida aholi punktlari paydo boʻlgan edi. Bu yerlik aholi Badaxsxon yoqutini (lazurit) ishlab chiqish va sotish ishlarida ishtirok etardi. Shuningdek ular bilan Hindistondagi Xarapp madaniyati oʻrtasida oʻsha davrdayoq aloqalar mavjud boʻlgan. Eramizdan avvalgi 2-ming yillikda hind-eron (oriylar) qabilalarining Oʻrta Osiyo hududi va unga tutushgan sahrolar orqali janubda Hindiston, janubiy-sharqda Midiya va Fors davlati, sharqda Sharqiy Turkiston sari migrasiyasi yuz bergan.

Dehqonlarning qadimiy maskanlaridan boʻlgan Zarafsxon vohasidagi Zamonbobo hududida uy hayvonlarining suyaklari, bugʻdoy va arpa donlari, toshdan yasalgan dehqonchilik uskunalari topilgan. Panjikentdan uncha uzoq boʻlmagan Sarazm qishlogʻi atrofida eneolit va bronza davriga oid dehqonchilik maskani topilgan boʻlib, uning hududi 90 gektardan ziyodroq maydonni qamrab oladi. Qadimiy dehqonchilik maskanlari Surxondaryoda - Sopollitepa va Jaroʻqtonda ham topilgan. Xorazm hududida topilgan va bronza davriga oid boʻlgan arxeologik yodgorliklar Tozabogʻyobsoy dehqonchilik madaniyati nomini olgan. Koʻkcha, Qavat-3 dehqonchilik maskanlari 2-ming yillikning oʻrtalarida vujudga kelgan. Bu yerda qadimiy kanallar mavjud boʻlgani aniqlangan. Eramizdan avvalgi 1-ming yillikning boshlarida Xorazmda sunʼiy sugʻorish texnikasi rivoj topishi asnosida Amirobod madaniyati shakllangan. Shu tariqa Fargʻona vodiysi aholisi ham asta-sekinlik bilan oʻtroq turmush tarziga oʻtib, dehqonchilik bilan shugʻullana boshlaydi. Xususan, eramizdan avvalgi 2-ming yillikning yakuni va 1-ming yillikning boshida Fargʻona vodiysida Chust dehqonchilik madaniyati paydo boʻlgan. 1-ming yillikning boshlarida Samarqand, Marv, Yerqoʻrgʻon, Axsikent, Xiva kabi shaharlar vujudga keladi. Shuningdek, ushbu davrda zardushtiylikning Avesto kitobi va qahramonlik eposlari paydo boʻldi.



Ishlab chiqaruvchi kuchlar, unum beruvchi kuchlar — ijtimoiy ishlab chiqarishda band boʻlgan i.ch. vositalari va kishilar majmui; ijtimoiy i.ch. jarayonida inson bilan tabiat oʻrtasidagi "modda almashuvi"ni amalga oshiradigan subʼyektiv (odam) va ashyoviy unsurlar tizimi. I.ch.k. insonning tabiatga foal munosabatini ifoda etadi va bu munosabat mazmunini tabiat boyliklarini moddiy va maʼnaviy oʻzlashtirish hamda rivojlantirish tashkil etadi. Oʻzlashtirish davomida insonning tirikchilik, hayot sharoitlari — moddiy boyliklar yara-tiladi, ayni paytda uning oʻzi ham kamol topib, rivojlanib boradi. I.ch.k. ning moddiy unsurlari ishlab chiqarish vositalari va isteʼmol vositalaridan iborat. I.ch. vositalari insonning tabiatga taʼsir koʻrsatishiga xizmat qiladigan mehnat vositalari va inson mehnati yoʻnaltirilgan mehnat pred-metlardan iborat. Mehnat vositalarining eng muhim va takom illashadigan, tez oʻzgaradigan tarkibiy qismi — mehnat qurollari (mashinalar, mexanizmlar, asboblar va b.) hisoblanadi. Shu sababli I.ch.k. oʻzgarishi mehnat qurollarining oʻzgarishidan boshlanadi. I.ch. binolari, yoʻllar, kanallar, energetika tarmogʻi, aloqa vositalari, quvur transporta, turli sigʻimli sisternalar va b. ham mehnat vositalariga kiradi. Mehnat vositalari va ayniqsa mehnat qurollari ish kuchi rivojlanishining mezoni, muayyan darajada mehnat amalga oshadigan munosabatlar koʻrsatkichi hisoblanadi, jamiyatning unum beradigan boyligini hosil qiladi.

Bu jarayonda fan bevosita I.ch.k. ga aylanadi (19-asr dan boshlab i.ch. bilan fanning qoʻshilishi dastlab murakkab i.ch. vositalarini, mashina texnikasini yaratdi; 20-asr ning 2-yarmida i.ch.ni avtomatlashtirish, EHM va kompyuter texnikasini ommaviy qoʻllash va b.).

I.ch.k. ning rivojlanishiga geografik muhit, aholining zichligi va koʻpayishi, inson ehtiyojlarining oʻsib borishi, ilmfan taraqqiyoti kabi koʻpgina omillar taʼsir qiladi. Hoz.fan-texnika taraqqiyoti davrida fan ham bevosita I.ch.k. ga aylanib bormoqda. Bularning barchasi pirovard natijada I.ch.k. taraqqiyoti, tarixiy jara-yonning asosiy omili boʻlgan mehnat unumdorligi oʻsishini taʼminlaydi.

Har bir mamlakatda I.ch.k. rivojlantirish va uni mintaqalar boʻyicha oqilona joylashtirish katta ahamiyatga ega. Ayrim mamlakatlarda mamlakat I.ch.k. ni rivojlantirish va joylashtirish bosh sxemalarini ishlab chiqadigan, mamlakat tabiiy resurslari va I. ch.k. ni kompleks oʻrganadigan maxsus Kengashlar ishlaydi. Gʻarbdagi ayrim iqtisodiy nazariya maktablari I.ch.k. tushunchasi oʻrniga ishlab chiqarish omillari tushunchasini qoʻllaydi.




Download 26,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish