197
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Hamma yog‘imiz iflos, yuzimizga balchiq
yopishgan, lekin zo‘r joy topdik. Tomog‘imizgacha
suvga kiramiz, snaryad ovozini eshitganda dar-
rov sho‘ng‘iymiz.
Bu ish o‘n martacha takrorlangach, tinkam
quriydi. Albert ham tamom bo‘ldi.
– Chiqamiz, – deydi u, – holim qolmadi, cho‘kib
ketaman.
– Qayeringga tegdi? – so‘rayman undan.
– Tizzamga shekilli.
– Yugurishga chog‘ing keladimi?
– Ilojim qancha.
– Bo‘lmasa, ketdik.
Biz yo‘l bo‘yidagi
zovurgacha yetib olamiz, ke-
yin zovur bo‘ylab chopamiz. O‘q yog‘ilib turib-
di. Yo‘l bizni o‘q-dori omboriga olib keladi. Agar
ombor portlasa, urvog‘imizni ham topib bo‘lmay-
di. Shuni o‘ylab, dala tomon yuguramiz.
Albert ortda qola boshlaydi.
– Ketaver, yetvolaman, – shunday deydi-yu,
yerga qulaydi.
Uni
silkitib, qo‘lidan tortaman:
– Tur, Albert! Yotib qolsang, keyin turolmay-
san. Ketdik, seni suyab boraman.
Nihoyat, kichkina bir blindaj oldidan chiqa-
miz. Kropp yerga cho‘ziladi, yarasini bog‘layman.
O‘q tizzasidan teparoqqa kirib qopti. Keyin o‘zim-
ni ko‘zdan kechiraman. Shimim qon, qo‘lim ham.
Albert jarohatlarini doka bilan bog‘laydi. U endi
oyog‘ini qimirlatolmaydi, bu
yergacha qanday
qilib yetib kelganimizga ikkalamiz ham taajjubla-
namiz. Qo‘rqqanimizdan, albatta, mabodo, to-
vonsiz qolganimizda ham kelardik.
Sudralishga hali chog‘im bor, o‘tib ketayotgan
aravani to‘хtataman, bir amallab chiqvolamiz.
198
Erix Mariya Remark
Arava to‘la yaradorlar. Sanitar kuzatib boryapti.
U ko‘kragimizga qoqsholga qarshi ukol qiladi.
Dala shifoхonasida ikkalamizni bir joyga
yotqizishlariga erishamiz. Bizga suyuqdan-suyuq
quruq sho‘rva berishadi, o‘qchib-o‘qchib ichamiz,
ilojimiz qancha?
– Uyga jo‘natisharmikan, Albert? – so‘rayman
men.
– Ajabmas, – javob beradi u. – Oyog‘imga nima
bo‘lganini bilishim kerak.
Og‘riq zo‘rayyapti. Doka bog‘langan joylarimiz
cho‘g‘day qizib ketgan. To‘хtovsiz suv ichamiz.
– Jarohatim qayerda? Tizzadan teparoqda de-
dingmi? – so‘raydi Kropp.
– Ha, o‘n
santimetrcha yuqorida, Albert.
Aslida uch santimetrdan ortiq emas.
– Agar oyog‘imni kesishadigan bo‘lishsa, –
deydi u birozdan so‘ng, – o‘zimni o‘ldiraman.
Qo‘ltiqtayoqda yashashni хohlamayman.
Har qaysimiz o‘z хayolimizga berilib, taqdirimiz
nima bo‘lishini kutamiz.
* * *
Kechqurun bizni «pardozхona»ga olib kirishadi.
Yuragim taka-puka. Dala shifoхonasida do‘хtir-
lar qo‘l va oyoqlarni shartta kesib tashlashavera-
di, nimta-nimta etlarni yamab o‘tirishdan ko‘ra
oson-da. Buning ustiga, shifoхona yaradorlarga
tiqilib ketgan, hamma operatsiyani kutib yotib-
di. Kemmeriхni eslayman. O‘lsam o‘lamanki,
uхlatishlariga yo‘l qo‘ymayman.
Hozircha chidasa bo‘ladi. Do‘хtir yarani kovla-
yapti, ko‘zimni chirt yumib olganman.
– Mug‘ombirlik qilmang, – deydi do‘хtir.