29.02.2016 12:21
Muzaffar Qosimov
Ma'lumotnomalar
-
Matematika
To‘rt yuz yillik teorema (Ferma teoremasi haqida)
Maqola Reytingi:
/ 19
Juda yomon!
A'lo!
BAHOLASH!
To‘rt yuz yillik teorema (Ferma teoremasi haqida)
Pifagor uchligi, ya'ni, x
2
+y
2
=z
2
shartni qanoatlantiruvchi x, y va z butun sonlardan iborat
uchliklar cheksiz ko‘pdir. Misol keltirish uchun uzoqqa borish shart emas:
3
2
+4
2
=5
2
Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, ushbu nisbatni eng qadimgi Misrliklar ham yaxshi
bilishgan va amalda keng qo‘llashgan.
Ferma 1630-yilda Diofantning
"Arifmetika" kitobni o‘qib chiqadi va kitob hoshiyasida
quyidagicha qayd qoldiradi:
"bu kabi ifoda qolgan barcha daraja ko‘rsatkichlari, ya'ni,
x
3
+y
3
=z
3
x
4
+y
4
=z
4
x
5
+y
5
=z
5
va ho kazolar uchun butun yechimlarga ega bo‘lmaydi. Kubni boshqa ikkita kublarning yig‘indisi tarzida tasavvur qilib bo‘lmaydi. To‘rtinchi,
beshinchi, va boshqa istalgan darajani ham bunday tasavvur qilishning iloji yo‘q
".
Ferma o‘z qaydlarini o‘zi o‘qiyotgan kitobning hoshiyasiga yozishga odatlangandi. Ferma yuqoridagi fikri uchun ajoyib isbot ham
keltirib chiqargan. Biroq uning isbotini yozib ifodalashi uchun kitob sahifalaridagi hoshiyalar juda torlik qilgan. Fermaning mashhur
teoremasi algebra tilida quyidagicha yangraydi:
"Agar x, y, z bo‘lsa va x, y, z nolga teng bo‘lmasa, unda, n>2 holat uchun x
n
+y
n
=z
n
tenglama yechimga ega bo‘lmaydi
".
Ferma ushbu fikrni ilmiy taxmin, ya'ni, gipoteza tarzida shakllantirib, ommaga e'lon qilganidan keyingi 400 yil mobaynida, uning haq yoki
nohaq ekanligi haqidagi savolga hech kim javob bera olmagan. Shuningdek: Ferma gipotezasi aslida teoremami? Ya'ni, uning isboti
mavjudmi? - kabi savollar ham ochiq qolayotgan edi. Basharti, bu aslida teorema bo‘lsa, unda Ferma o‘zining "ajoyib isboti"ning qayerida
yanglishgan? Sayyoraning Fermadan keyin yashab o‘tgan eng o‘tkir zehnli matematiklari ham qattiq urinib, lekin yechim topa olmagan
teoremasini Fermaning o‘zi o‘sha vaqtdayoq isbotlab qo‘ygan bo‘lishi ehtimoli katta.
To‘rt asrlik mulohaza-yu mushohadalarga faqat 1995-yilga kelibgina chek qo‘yildi. 7 yillik mashaqqatli izlanishlardan so‘ng Angliyalik
matematik olim Jon Endryu Uayls buyuk Ferma teoremasini isbotlashga muvaffaq bo‘lgan. Bunda u sonlar nazariyasiga oid yangi va
o‘ta murakkab matematik uslublarni qo‘llab maqsadga erishgan. U o‘z isbotida elliptik egri chiziqlar va modulyar shakllar orasidagi
bog‘liqlkka asoslanadi. Unda Uayls, Germaniyalik matematik Gerxard Frayning, Ferma teoremasi aslida Taniyama-Simura gipotezasidan
kelib chiquvchi xulosa ekanligi haqidagi fikriga tayanadi. Endryu Uaylsning Ferma teoremasining isboti haqidagi uch qismdan iborat
ma'ruzasi 1995-yilning 23-iyun sanasida Kembrijda muallifning o‘zi tomonidan o‘qilgan. Keyinroq esa, isbotning to‘liq matni berilgan 130
sahifadan iborat ilmiy maqola olim o‘zi ishlaydigan Prinston universitetida nashr qilinuvchi mashhur
"Matematika solnomalari" ("Annals
of mathematics
") jurnalida e'lon qilingan.
Yangilаndi: 11.04.2019 10:14
Buyuk Ferma teoremasini isbotlagan matematik Endryu Uayls
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda:
https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda:
@OrbitaUz
Google+ :
https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz:
https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi
kеyingi >
Bir kishiga bu yoqdi. Do‘stlaringiz nimani yoqtirishini ko‘rish uchun
Ro‘yxatdan
o‘tish
Yoqdi