(1934-2005) To‘ra Sulaymon 1934-yilning 15-fevralida Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Aldashmon qishlog‘ida tavallud topdi. - To‘ra Sulaymon 1934-yilning 15-fevralida Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Aldashmon qishlog‘ida tavallud topdi.
Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakulteti sirtqi bo‘limida bo‘lg‘usi shoir ham o‘qiydi, ham ishlaydi (1958-1964-yillar). - Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakulteti sirtqi bo‘limida bo‘lg‘usi shoir ham o‘qiydi, ham ishlaydi (1958-1964-yillar).
- O‘qishni bitirib, Guliston tumanidagi maktablarda ona tili va adabiyotidan bolalarga saboq beradi.
- Keyin tuman va viloyat gazetalarida mehnat qiladi;
- 1972-1981-yillar davomida esa Respublika Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyat bo‘limi mas’ul kotibi, adabiy maslahatchisi lavozimlarida ishlaydi.
ILK IJOD - To‘ra Sulaymonning ilk she’rlari 1958-yildan nashr etila boshlagan.1962-yilda uning birinchi kitobi «Istar ko‘ngil» nomi bilan bosmadan chiqadi.
- Shundan so‘ng, uning «Qorasoch» dostoni, «Men qayga borar bo‘lsam» she’riy to‘plamlari nashr etiladi va Sirdaryoda yana bir iste’dodli ijodkor paydo bo‘lganidan ko‘pchilik xabar topadi.
ASARLAR - «Jahongashta» dostoni (1970);
- «Hamqishloqlarim» (maqolalar to‘plami);
- «Intizor» (1973);
- «Sirdaryo qo‘shiqlari» (1974);
- «Iltijo» (1976);
- «Alhazar» (satirik va yumoristik asarlar to‘plami, (1976);
- «To‘yboshi» (1977), «Sizni eslayman» (1980);
- «Qorako‘zginam» (1981), «Gulshan» (1988), «Sarvinoz» (1989);
- «Xarsang» (1984);
- «Jahonnoma», «Gul bir yon, chaman bir yon» (1996);
- «Yovqochdi» (1998).
E’tirof - 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan To‘ra Sulaymonga «O‘zbekiston xalq shoiri» degan yuksak unvon berildi.
2005-yilda ajoyib shoir va samimiy inson — To‘ra Sulaymon 71 yoshida dunyodan ko‘z yumdi. - 2005-yilda ajoyib shoir va samimiy inson — To‘ra Sulaymon 71 yoshida dunyodan ko‘z yumdi.
TO`RA SULAYMON LIRIKASI Iltijo Bahor kelsa boshlanar bog‘da bulbul xonishi, Sa’va, qumri nag‘masi, suralay tovlanishi. Qirlarda lola sayli, qishlovlarda yilboshi, To‘xtagay tabiatdan haqqushlar zorlanishi — Bahor, ketma mening bog‘imdan... ARMON Bobomning orzulari amalga oshmas bo‘lsa, Yurgan yo‘limda o‘lan, qo‘shiq qalashmas bo‘lsa, Qo‘shiqlarim bog‘lardan, tog‘lardan oshmas bo‘lsa, El-yurt baxtini kuylash menga yarashmas bo‘lsa, Cho‘kib qolgan nor misol... TAVALLO Nelardandir ko‘ngil bo‘lib g‘ash, Xam egilib, bu egilmas bosh, Ko‘zlarimda qalqib tursa yosh, Bir mushtipar Onam yig‘laydir, Qolganlari yolg‘on yig‘laydir... GUL BIR YON, CHAMAN BIR YON Chaman ichinda bir gul, gul bir yon, chaman bir yon, . Sarv-u sanobarmidir - soch bir yon, suman bir yon, Sahar, subhi sodiqda mushk bir yon, mujgon bir yon, O‘sgan bog‘iga olqov, o‘stirgan bog‘boniga, Xavf-u xatardan saqlab kelgan soyaboniga, Andalib qo‘nar, zog‘lar qo‘nolmas bo‘stoniga, Maqtoviga men bir yon, borliq suxandon bir yon… BILASIZMI? - 1. To’ra Sulaymon qachon va qayerda tug’ilgan?
- 2. To’ra Sulaymonning ilk kitobi qachon qanday nom bilan chop etildi?
- 3. “Andalib” so’zining ma’nosi?
- 4. “Qorasoch”, “Jahongashta” dostoni kimning qalamiga mansub?
- 5. Ijodkor yaqin aloqada bo`lib turgan ustoz va do`stlari kimlar edi?
Do'stlaringiz bilan baham: |