To'qish darsi 4-qism
Nakidli yarim ustuncha
Nakidli yarim ustuncha - universal ustuncha bo'lib, kiyimlar va turli xil aksessuarlar to'qiganda ishlatilinadi.
Boshlanishiga halqalardan iborat zanjir to'qing. 1-darsda ko'rsatilgan.
Zanjirlar soni nakidli yarim ustunchalar va 2 ko'tarilish halqasi soniga teng bo'lishi kerak.
Zanjir tayyor.
kryuchok ustiga ipni tashlang ( bu nakid olish hisoblanadi)
kryuchokni zanjirning kryuchokdan keyingi 3-halqasiga kirgizamiz (nakidli ustuncha 2 ta havo halqasiga teng) ipni kryuchokka ilib.
va ipni chiqarib olamiz. Kryuchokda 3 ta halqa hosil bo'ldi.
yana ipni kryuchokka ilamiz va
bir urunishda ipni 3ta halqadan chiqaramiz. Kryuchokda 1 ta halqa. Bizda nakidli yarim ustuncha hosil bo'ldi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |