To'qish darsi 3-qism
Nakidsiz ustuncha
Nakidsiz ustuncha - kryuchok orqali to'qishda asosiy element hisoblanadi. Nakidsiz ustuncha bilan to'qilgan mato juda zich to'qilgan bo'lib, cho'zilmaydi.
Boshlanishiga hlqalardan iborat zanjir to'qiladi. 1-darsda ko'rsatilgan.
Halqalar soni nakidsiz ustunchalar + 1 halqaga teng bo'lishi kerak.
Demak, zanjir tayyor.
Kryuchokni zanjirning kryuchokdan keyingi ikkinchi halqaga kirgizamiz (ko'tarilish halqasi nakidsiz ustunchaga teng).
ipni kryuchokka ilib
ipni birinchi halqadan chiqaramiz
kryuchokda 2 ta halqa. Ipni kryuchokka ilib
bi urunishda ipni ikkita halqadan chiqariz olamiz
kryuchokda 1 ta halqa. Qator oxirigacha nakidsiz ustuncha to'qib boriladi.
Qator oxirida 1 havo halqasi to'qiladi. (havo halqasi keyingi qatorga o'tish uchun kerak bo'ladi)
Ishni o'girib to'qishda davom etamiz.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |