3.Biriktiruvchi to’qima. Bunga siyrak biriktiruvchi to’qima, tog’ay va
suyak to’qimalari kiradi. Biriktiruvchi to’qimalarning asosiy morfologik
o’xshashligi ularning to’qima hujayralaridan va tolali hujayralararo
moddadan tashkil topganligidadir. Bu to’qimalar organizmda trofik, plastik,
himoya, mexanik va tayanch vazifalarni bajaradi.
4.Muskul to’qimasi. Organizmda morfologik tuzilishi va joylashgan
o’rniga ko’ra ikki xil, ya’ni silliq va ko’ndalang yo’lli muskul to’qimalari
uchraydi. Silliq muskul to’qimasi duksimon muskul hujayralaridan,
ko’ndalang yo’lli muskul to’qimasi silindrsimon muskul tolachalaridan tarkib
topgan. Muskullarning asosiy vazifasi organizmning tashqi va ichki organlari
harakatini ta’minlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |