Monotsitopoez. Monotsitlar makrofag hujayralarining ilk bosqichi bo`lib, suyak ko`migidagi o`zak hujayralardan rivojlanadi. Monotsitopoez quyidagi hujayra bosqichlarini bosib o`tadi: o`zak hujayra miyelopoezning boshlang`ich hujayrasi monoblast promonotsit monotsit (qonda) to`qima monotsiti makrofaglar.
Monoblast hujayrasi o`z tuzilishi bilan miyeloblastni eslatadi, biroq undan farqlanib, yadrosida botiqlik bo`ladi va u yadroga loviyasimon shaklni beradi. Sitoplazma bazofil bo`yalib, unda kam sonli azurofil donachalar ko`rinadi. Elektron mikroskop ostida promonotsitlar sitoplazmasining endoplazmatik to`r kanalchalariga, mitoxondriyalarga va turli kattalikka ega bo`lgan vakuolalarga boy ekanligi aniqlangai. Shuningdek, sitoplazmada kattaligi 0,2-0,5 mkm keladigan elektron zich donachalar ham uchraydi. Ular yorug`lik mikroskopida ko`rinadigan azurofil donachalarga mos keladi. Monoblastlardan monotsitlar hosil bo`lguncha hujayralar 7-8 marta bo`linadi. Yetuk monotsitlar qonda uch sutkagacha aylanib yuradi, so`ngra to`qimalarga o`tib, makrofaglarga aylanadi.
Limfotsitopoez. Limfotsitopoez sxema tarzida bunday ifodalanadi: o`zak hujayra limfotsitopoezning boshlang`ich hujayrasiT, B-limfotsitlarning boshlang`ich hujayrasiT,-B-limfoblast T-, B-prolimfotsit T,B-limfotsit.
Limfoblast tuzilishi jihatidan boshqa blast hujayralariga juda yaqin turadi. Ular yumaloq yoki oval shaklga ega bo`lib, sitoplazmasi bazofil bo`yaladi. Limfoblastlar birmuncha dag`al xromatinga ega bo`lgan yadro saqlab, yadrochalari kam sonli bo`ladi.
Prolimfotsitlar yadrosida xromatin ancha zichlashgan, dag`alroq bo`lib, elektron mikroskopda yadrodagi botiqliknp ko`rish mumkin. Prolimfotsitlar va limfoblastlar sitoplazma-sida juda ko`p sonli erkin holda joylashgan ribosoma va polisomalar, sust rivojlangan Golji kompleksi va kam sonli mitoxondriyalar uchraydi. Limfoblastlardan limfotsitlar hosil bo`lguncha hujayralar bir necha bor mitotik bo`linadi. Limfotsitlarning umumiy yetilish davri taxminan 2 sutka davom etadi. Bir-biridan farq qiluvchi T-limfotsitlar va B-limfotsitlar sistemasi aniqlanishi bilan limfotsitopoez protsessi ana shu nuqtai nazardan ko`rib chiqiladigan bo`ldi. Bu ma’lumotlarga ko`ra T-limfotsitlar bo`qoq bezida ishlab chiqarilib, B-limfotsitlar qushlarda fabritsiy xaltachasida, odamlarda esa suyak ko`migida ishlanadi. Har ikki limfotsitlarning o`ziga xos vazifalari bo`lib, ular birgalikda organizmda ma’lum immunologik holatni ta’minlaydi.
Miyelogramma. Meditsina amaliyotida turli xil qon kasalliklariga diagnoz qo`yish va ularni davolash jarayonida suyak ko`migini tekshirib ko`rishga murojaat qilinadi. Suyak ko`migi I. A. Kassirskiy ixtiro etgan maxsus igna yordamida punktsiya qilib to`sh suyagidan olinadi. Suyak ko`migi hujayra elementlarining protsent nisbatida ifodalanishi miyelogramma deb yuri-tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |