Topshriq: Tizimli dasturiy taminot va amaliy dasturly taminotiga qaysi dasturlardan tashkil topganini izohlab bering
Barcha dasturiy taminotlarni uchta kategoriya boyicha tasniflash mumkin.
1.Tizimli dasturiy taminot.
2.Amaliy dasturiy taminot.
3.Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Tizimli dasturiy taminot kompyuter va kompyuter tarmoqlarini ishini taminlovchi dasturlar majmuasidir.
2. Amaliy dasturiy taminot bu, aniq bir predmet sohasi boyicha malum masalalarni echishga moljallangan dasturlar majmuasidir.
3. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari - yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qollaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir.
Tizimli dasturiy taminot quyidagilarni bajarishga qaratilgandir:
- kompyuter va kompyuter tarmogini ishonchli va samarali ishlashini taminlash:
- kompyuter va kompyuter tarmogini texnik qismini ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish:
Tizimli dasturiy taminot ikkita qismdan iborat:
1. Asosiy (bazaviy) dasturiy taminot.
2. Yordamchi (xizmatchi) dasturiy taminot.
Asosiy (bazaviy) dasturiy taminot bu, kompyuter ishini taminlovchi dasturlarning minimal toplamidan iborat. Ularga quyidagilar kiradi:
1. Operatsion tizim.
2. Tarmoq operatsion tizimi.
Yordamchi dasturiy taminot - asosiy dasturiy taminot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchning ish muhitini (interfeysini) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini taminlovchi, arxivlashtirish va boshqa dasturlardir.
Operatsion tizim (OT)-kompyuterni yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur kompyuterni va uning qurilmalarini boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqatni taminlaydi yani tashkil qiladi, bajarish uchun boshqa (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi.
Drayverlar OT imkoniyatlarini kengaytiradi jumladan, kompyuterning kiritish-chqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printer va boshqalar)ni boshqarishda yordam beradi. Hozirgi kunda koplab OT mavjud:
- MS DOS, OS/2, UNIX, Windows 95,98,2000, Windows XP, Windows NT va boshqalar.
Windows 95,98, Windows NT lar grafik interfeysli operatsion tizim hisoblanadi chunki ular foydalanuvch bilan grafik tasvirlar yordamida muloqat qilish imkonini beradi.
Tarmoqqa ulangan kompyuterlarni yakka-hol va birgalikda ishlashni taminlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat operatsion tizim tarmoq operatsion tizimi deb ataladi. U operatsion tizim tarmoq ichra muloqatlarni ayraboshlash, saqlash, qayta ishlash, qabul qilish, uzatish kabi xizmatlarni korsatadi.
Utilitlar bu, malumotlarni qayta ishlashda qoshmcha operatsiyalarni bajarishga yoki kompyuterga xizmat korsatishga (tashxiz, texnik va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) moljallangan dasturlardir
Amaaliy dasturiy taminot (ADT) quyidagi dasturlardan iborat.
1. Muammoga yonaltirilgan ADT. Unga quyidagilar kiradi.
- buxgalteriya uchun DT;
- bank axborot tizimlari;
- soliq axborot tizimlari;
- sugurta axborot tizimlari;
- personalni boshqarish DT;
- jarayonlarni boshqarish DT va boshqalar.
2. Umumiy maqsadli ADT. Bular:
- malumotlar bazasini boshqarish tizimlari;
- matn muharrirlari;
- grafik muharrirlari;
- elektron jadvallar;
- taqdimot qilish vositalari va boshqalar.
3. Ofis ADT- idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni taminlavchi dasturlarni oz ichiga oladi. Ularga:
- rejalovchi yoki organayzerlar, yani ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar, bayonnomalarini, jadvallar tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar;
- tarjimon dasturlar yani korsatilgan malumotni qandaydir korsatilgan tilga tarjima qiluvchi dasturlar;
- malumotlarni skaner yordamida oqiydigan dasturlar;
- tarmoqdagi uzoq masofadagi abonent bilan foydalanuvchi orasidagi muloqatni tashkil etuvchi dasturlar;
- kompyuterli nashriyot faoliyatiga asoslangan kichik nashriyot tizimlari;
- Multmediya dasturiy vositalari;
-Suniy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni tortta yonalishga bolish mumkin..
Do'stlaringiz bilan baham: |