Topshiriqlarga javoblar .
1.XIX asr o’zbek ijtimoiy va adabiy xayotning yirik vakillaridan biri Komil Xorazimiy o’z asarlarida ma’rifat axloqiy kamolot, vatanparvarlik g’oyalarini olg’a surdi.U ilm-ma’rifatning xalq, jamiyat farovonligiga, insonning axloq kamolatida tutgan o’rni, axloqiy va nafosat tarbiyasini uzviy birligi xaqidagi pedagokik fikrlarini xam bayon etadi.
Komil Xorazimiyning fikricha ilm-xunar, ilm-ma’rifat inson axloqiy kamoloti, ijtimoiy ma’naviy xayotning rivoji uchun xizmat qilishi kerak. Kamtarlik eskirmaydigan, eng go’zal insoniy fazilatdir. Bu fazilatlarga ega bo’lganlar obro’-e’tiborli komil insonlardir. Kamtarlik insonni turli noxushlikdan xijolatdan saqlaydi.
Shoir tarixshunos, tarjimon va xattot Munis Xorazmiy tilga ko’p erk bermaslikni maslaxat beradi. Uning ta’kidlashicha, ortqcha so’zmonlik kishi boshiga olin o’rniga qattiq tosh bo’lib tegishi mumkin.
Shoir yomon so’zli, ozor beruvchi murodlar sifatini tasvirlab, kishilarni jumladan yoshlarni ular bilan xamsuxbat bo’lmaslikka undaydi. Munis Xorazmiy o’z asarlarida xalqni adolatli, ongli, bilimli bo’lishga, jaxolatdan yiroq turishga da’vat etadi, uning fikiricha, adolat sharaf ko’rki, osoyishtali, xushnutlikdir. U yoshlarni kamtarlik bilan muloqotda bo’lishga, ularni hurmat qilib e’zozlashga chorlaydi.
Munis Xorazmiyning asarlariga bayon etilgan ta’lim – tarbiyaga oid fikrlar faqat u yashagan davr uchun emas, balki xozirgi davr uchun ham qimmatlidir
.Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota – ona tarbiyachi bo’lishi mumkin.
Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo’lish unga nasixat qilishdir.
Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o’zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.
2.yuqоri cho'qqisi – bilim оlish jarayonidir.
Іnsonning dеyarli barcha ijtimоiy sifatlari tashqi ijtimоiy muhit ta'sirida shakllanadi va rivоjlanadi. Shuning uchun kishining іnsoniy sifatlarini shakllantirishda maqsadga yo'naltirilgan ta'lim tarbiya va hamda tarbiyalanuvchining erkin tanlоvi yеtakchi o'rin egallaydi, dеydi Farоbiy.
Qоmusiy оlim Abu Rayхоn Веruniy ta'limоtida bilim оluvchilarga qalbingni уоmon illatlardan, іnson o'zi sеzishi mumkin bo'lmagan hоlatlardan, qоtib qоlgan urf-оdatlardan, hirsdan, оchko'zlikdan va ѕһоп-shuhratdan saqlashi lоzimligini aytadi.
U barcha illatlarning аѕоѕіу sababi bilimsizlikda, dеb bilgan. Bilimlarni o'zlashtirishda kishida bilimga intilish, qiziqish va ijtimоiy muhit o'rnini alоhida ta'kidlaydi.
Веruniy faхrlanishni уахѕһі хulk ma'nоsida ishlatib, “Qadimgi хalqlardan qоlgan yodgоrliklar” asarida shunday dеydi: “Faхrlanish – haqiqatda уахѕһі хulq va оliy fе'llar оldin kеtishi, ilmu-hikmatni egallash va imkоniyat bоricha mavjud nоpоkliklardan tоzalanishdir. Kimda shunday sifatlar tоpilsa, hukm uning fоydasiga va kimda bular yеtishmasa, hukm uning zarariga bo'ladi”[2].
Веruniy inson kamоlatida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu hоzirgi ma'rifat, ilm-fanni ham e'tirоf qiluvchi – irsiyat, ijtimоiy muhit va to'g'ri tarbiyadir.
Веruniy nazarida іnson kamоlga yеtishining muhim оmillari ko'p bilimga ega bo'lish va yuksak ahlоqiylikdir.
Ibn Ѕіnо bоshqa mutafakkirlar kabi o'zining kоmil іпѕоп to'g'risidagi qarashlarini falsafiy, ijtimоiy fikrlari bilan bоg'liq hоlda ifоdalagan. Оlimning ijоdida “kоmil іnson tarbiyasi to'g'risida”gi qarashlariga to'хtalsak.
Abu Ali ibn Ѕіnо kamоlоtga erishishning birinchi mеzоni sanalgan bilimlarga erishishni da'vat etadi. Buning sababi shundaki, ilm-fan tabiat va jamiyat qоnuniyatlarini оchib, avlоdlarga yеtkazadi. Bu maqsadga yеtishish uchun іnѕоn duch kеlinadigan qiyinchiliklardan qo'rqmasligi zarur, dеydi.
“Ey birоdarlar: Оdamlarning bоtiri mushkilоtdan qo'rqmaydi. Kamоlоt hоsil qilishdan bоsh tоrtgan kishi оdamlarning eng qo'rqоg'idir”2. Zеrо bilimli kishi jasur, o'limdan ham qo'rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo'ladi, dеydi u fikrini davоm ettirib.
Ibn Ѕіпо іпѕоnning shakllanishida uning atrоfini o'rab turgan muhit alоhida ahamiyat kasb etishini, ana shu muhit іпѕоnning atrоf dunyoni bilishigina emas, balki uning xulqida ijоbiy yoki salbiy jihatlarning tarkib tоpishiga ham ta'sir etishini uqtiradi. Shu bоis ham bоlalarni tarbiyalashda ehtiyotkоr bo'lish, ularni уомоn ijtimоiy muhitdan uzоqrоq saqlash zarur dеb hisоblaydi.
Ibn Ѕіnoning ta'lim-tarbiya va ahlоqqa оid qaysi asariga ahamiyat bеrmaylik bu asarlarning bugunga qadar barkamоl avlоdlarimizning ta'lim-tarbiyasida, ularning zamоn talablariga javоb bеra оladigan dоnо, bilimli va kuchli bo'lishlaridagi ahamiyati kattaligiga amin bo'lamiz.
Yetuk mutafakkir Yusuf Хоѕ Hоjib ta'limоtida ham іпѕоп kоmilligi, kamоlоti masalalari кеbg o'rin оlgan.
Оlimning eng mashhur “Qutadg'u bilig” (Saоdatga eltuvchi bilim) ta'lim tarbiyaga оid, har tоmоnlama kоmil іпѕоп qilib tarbiyalaydigan yеtuk ma'rifiy asari, pand-nasihatlari yoshlarni chin ma'nоda kоmillikka yеtaklоvchi asardir.
Asarda ahlоqiy хislatlar – insоniylik, rоstgo'ylik, іѕһопсһ, to'g'rilik, sоflik, меһr-muhabbat, vafо, insоf, sоdоqat, aql-zakоvat, halоllik ... kabilar ulug'lanadi.
3. Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin».
Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi.
4.Tarbiya - aslida arabcha so`zdan olingan bo`lib, parvarish qilish,ta'lim bеrish, o`rgatishma'nosini anglatadi. Inson faoliyatining barcha jabhalarida ham tarbiyachilar yoshlarning axloqi, iymon va vijdoni, bilim va malakasini davr talablari va ehtiyojlari bilan uyg`unlashtirib, shakllantirishga harakat qilishgan. Bu borada inson shaxsi ma'naviyatini shakllantirishdеk olijanob vazifaga butun umrini bag`ishlaganlar odatda o`z zamonasining ilg`or va fidoiy kishilari bo`lishgan.
Sohibqiron Amir Temur ulug' zot sifatida.
Ma'lumki, Sohibqiron Amir Temur qalamiga mansub "Temur tuzuklari" asari buyuk bobokalonimiz tarixini o'rganishdagi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Ushbu asar- siz Sohibqiron va uning davri haqidagi bilimlarimiz sayoz bo'lib qolar edi. Sohibqiron bobomiz shunday degan ekanlar "Yozilgan narsa avlodlar xotirasida qilingan ishdan ham uzoqroq yashaydi".Dastavval shuni aytish kerakki, Amir Temur odob-axloq, iymon, e'tiqod, ta'lim-tarbiyada o'zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch hosil qilish uchun bobomizning o'zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o'gitlar, pand-nasihatlarni, shuningdek, Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni ko'zdan kechirish kifoya. Bular "Tuzuki Temuriy" ("Temur tuzuklari"), "Malfuzoti Temuriy” ("Temurning aytganlari") va "Voqioti Temuriy" ("Temurnnng boshidan kechirganlari") nomi bilan jahonga mashhur bo'lgan asarlarni XV asr muarrixi Fosih Ahmad Havofiyning "Mujmal-i Fosixiy", Nizomuddin Shomiy (tug'ilgan va vafot etgan yili ma'lum emas) va Sharafiddin Ali Yazdiylarning mashhur "Zafar-nomasi", ibn Arabshoh (1389-1450)ning "Ajoyib ulmaqdur fiaxbori Temur" (Amir Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari), Salohiddin ibn Mullo Aloiddin hoja Eshonning (Salohiddin Toshkandiy)qalamiga mansub "Temurnoma" (Amir Temur ko'ragon jangnomasi, 1908) kabilar shular jumlasidan. Tarix fanlari doktori, professor Ashraf Ahmad Temurning o'zi amal qilgan o'n bir sifatni yuksak baxolaydi.
Birinchi sifat: "Men sifatlarimning eng avvalgi deb beg'arazlikni tushundim. Hammaga
Birinchi sifat: "Men sifatlarimning eng avvalgi deb beg'arazlikni tushundim. Hammaga
ham bir xil: jiddiy va odil qaradim, hech bir kimsani boshqasidan farq qilmasdim boyni kambag'aldan ustun qo'ymadim."
Ikkinchi sifat: "Men har doim Islomga qat'iy rioya qildim va Alloh Taoloning amri bilan ulug’langan shaxslarga hurmat bilan qaradim."
Uchinchi sifat: "Men kambag’allarga ko'p xayr-ehson qildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to'g'ri hal qilishga butun jahdimni sarf qildim."
To'rtiichi sifat. "Xaloyiqqa rahm qildim, barchaga naf'’ yetkurdim. Bunda birovga nohaq ozor etkazmadim va mendan yordam so'rab kelganlarni ko'kragidan itarmadim. Qur'ondan parvardigorning Alloxning amriga bo'ysunish va xalqiga shafqat qilish darkor, degan oyatini o'zimga farz bilib, o’qib oldim va umr bo'yi barcha yumushlarimda unga amal qildim."
Beshinchi sifat: "Islomga taalluqli ishlarini men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustun qo'yib keldim. Avval tangri itoatini ado etib bo'lgandan keyingina kundalik ishlarga qo'l urdim."
Oltinchi sifat: "Barcha so'zlarimda doim haqiqatgo'ylikka amal qildim. Bu dunyo va u dunyo xaqidagi etishganlarimdagi haqiqatni yolg'ondan ajrata bildim."
Yettinchi sifat: "Men har kimgaki va'da bersam, unga vafo qildim. Hargiz va'daga xilof ish qilmadim. Men doimo va'dalarimni aniq bajarsam, shundagina odil bo'lishimni va kimsaga jabr etkazmasligimni angladim."
Sakkizinchi sifat: "Doimo o'zimni Allohning erdagi mulkining posboni deb bildim va parvardigorning yoki uning noiblarining iznisiz uni sarf etmadim. Tangrining irodasiz
Sakkizinchi sifat: "Doimo o'zimni Allohning erdagi mulkining posboni deb bildim va parvardigorning yoki uning noiblarining iznisiz uni sarf etmadim. Tangrining irodasiz
unnng bandalarnning hech biriga zarar etkazmadim. Oliy martabadagilarga ham, fuqaroga
ham birdek xayriya qilishga intildim. Men hech qachon birovning mulkiga ega bo'lishga intilmadim va shuningdek hech qachon ko'proq boylik orttirishga harakat qilmadim. Hech qachon birovga hasad bilan qaramadim. Bu borada Amir Husayn bilan bo'lgan voqea menga ibratli bo'ldi. O’z fuqarolarnning mol-mulkiga nisbatan ochko'zligi pirovardida uni halo-katga olib keldi".
To'qqizinchi sifat: "Men har doim tangrimning amrini va uning payg’ambarlarini hadislarini to'la ado etishga intildim. Barcha qilmishlarimda shariat yo'sunlariga butkul amal qildim va nopok ishlardan butun vujudim bilan o'zimni tiydim. Payg'ambar va uning
sahobalarini o'zimning yagona va eng yaxshi do'stlarim deb bildim."
O’ninchi sifat: "Men har doim insof bayrog'ini baland yahshiardim va iymon tarqatishni o'z buyukligimning qudratli zamini deb bildim. Men inson bir onadan tug'ilgan deb ishonganman. Shuning uchun mustahkam qudratga tayangan qudrat buyuk bo'ladi".
O’n birinchi sifat: "Men doim saidlarga extirom bilan qarardim, ulamo va shayxlarni e'zozlardim. Bu kishilarni doimo majlislarimga chaqirardim. Ularni din masalasi yuzasidan aytganlarini diqqat bilan tinglab olardim va unga amal qilardim. Shuning uchun menga nisbatan xalqning mehri baland edi va hamma mendan minnatdor edi."
Shunday qilib, sohibqiron Amir Temurnnng ibratli, hayotiy pand-nasihatlari va purma'no o'gitlarining har bir mazmun va ma'no kengligi, mantiqning kuchliligi, teranligi, ta’siri, umuminsoniy qadriyatlar asosiga qurilganligi bilan alohida axamiyat kasb etadi, ularni hadsiz xazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz.
Amir Temur ibratlaridan namunalar
Amir Temur ibratlaridan namunalar
. . . Bizkim - mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Bizkim millatlarning eng qadimiy va eng ulug'i Turkning Bosh bo'g'ini bo'lamiz.
. . . Saltanat ishlarida to'rt narsaga amal kilgin, ya'ni:
1. Kengash.
2. Mashvaratu maslahat.
3. Qat'iy qaror; tadbirkorlik, xushyorlik.
4. Ehtiyotkorlik.
Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatning barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari noto'g'ri bo'lgan johil odamga qiyos qilish mumkin; uning aytgan so'zlari va qilgan ishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltiradi. Shunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbirkorlik bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo'lmaysan. Shuni ham bilishing kerakki, saltanat ishlarining bir qismi sabru toqat bilan bo'lgay, yana bir qismi esa bilib bilmaslikka, ko'rib ko'rmaslikka solish bilan bitur. Xullas, bajarilishi
shart bo'lgan tadbirlarning ta'rifidan va zikridan so'ng (shuni ta'kidlash lozimki qat'iylik, sabr, chidamlilik sog'ligu sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshiyrilur.
Davlat ishlariniig to'qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvrat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.
Davlat ishlariniig to'qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvrat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.
* * *Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azim qat’iy tadbirkor va hushyor bir kishi ming-miiglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashirin bo'lsa ham aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.
* * *
Bir ishga kirishmay turib, undan qutilib chiqish yo'llarini mo'ljallab qo'y,
* * *
Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to'g'ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.
Yerga etkur sabo, kim makr qilmishdir mang’a,
Yerga etkur sabo, kim makr qilmishdir mang’a,
Qildi ersa kimga makrin, qaytadur bir kun ang'a.
* * *
Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim Zolimlar otkazgan ashyoviy na jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin ularni shariatga muvofiq odamlar o'rtasida muxokama qildlin va bir gunohkorning o’rniga boshqasiga jabr-zulm o'tkazmadim.
* * *
Shijoatli kishilarni do'st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.
* * *
Ulamo bilan suhbatda bo'l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Bularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qil.
***
Millatning dardlariga darmon bo’l...
BISMILLAHIR ROHMANIR RAHIM
BISMILLAHIR ROHMANIR RAHIM
1
Saltanat ishlarida to‘rt narsaga amal qilgin, ya’ni: 1) kengash; 2) mashvaratu maslahat; 3) qat’iy qaror, tadbirkorlik, hushyorlik; 4) ehtiyotkorlik. Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatni barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari noto‘g‘ri bo‘lgan johil odamga qiyos qilish mumkin; uning aytgan so‘zlari va qilgan ishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltirgay. Shunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbirkorlik
bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo‘lmagaysan. Shuni ham bilishing kerakkim, saltanat ishlarining bir qismi sabru toqat bilan bo‘lgay, yana bir qismi esa bilib bilmaslikka, ko‘rib ko‘rmaslikka solish bilan bitur. Xullas, bajarilishi shart bo‘lgan tadbirlarning ta’rifidan va zikridan so‘ng shuni ta’kidlash lozimki qat’iylik, sabr, chidamlilik, sog‘ligu sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilur.
Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.
Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.
3
Ishbilarmon mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
4
G’anim lashkarini yengish qo‘shinning ko‘pligidan, mag‘lub bo‘lish esa sipohning kamligidan bo‘lmaydi. Balki g‘olib bo‘lmokdik Tangrining madadi va bandasining tadbiri bilandir.
5
Garchi ishning qanday yakunlanishi takdir pardasi ortida yashirin bo‘lsa ham, aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.
6
Agar ikki xatarlik yoki bir xatarlik ishni qilishga to‘g‘ri kelgudek bo‘lsa, ikkovidan barobar qutulish chorasi topilmagach, bir xatarini ixtiyor etmoq kerak.
Bir ishga kirishmay turib, undan qutulib chiqish yo‘llarini mo‘l qo‘y.
Bir ishga kirishmay turib, undan qutulib chiqish yo‘llarini mo‘l qo‘y.
Qilmoqchi bo‘lgan ishlarini qilmasdan qoldirmasinlar. Agar biror ishni qilmaslikka so‘z berar ekanlar, yaqiniga ham yo‘lamasinlar. Xotirdan chiqmasinkim, Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.
9
Kengash ikki turli bo‘lur: biri — til uchida aytilgani, ikkinchisi — yurakdan chiqqani. Til
uchida aytilganini shunchaki eshitardim. Yurakdan aytilgan maslahatni esa qalbim qulog‘iga quyardim va dilimga joylardim.
10
Amirlarim agar yarashdan so‘z ochsalar, buning foydasini urush ziyoniga solishtirib ko‘rardim, agar urushga moyil bo‘lsalar, uning naf’ va foydasini yarash ziyoniga taqqoslab ko‘rardim, qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, shuni ixtiyor qilardim. Sipohni ikkilantiradigan [turumsiz] kengashni eshitishdan saqlanardim. Qaysi kishi aqlga siqqan bir ishni kuyinib gapirsa, suyib eshitar edim. Kimki oqilona gaplarni erlarcha keskinlik bilan so‘zlasa, unga ham quloq solardim. Har kimdan so‘z olib kengash so‘rar edim. Lekin aytilgan har bir maslahatning yaxshi va yomon tomonlari haqida o‘ylab ko‘rgach, to‘g‘ri va savoblirog‘ini tanlab olardim.
Do'stlaringiz bilan baham: |