TOPSHIRIQ. TEST
1. Agar diqqat markazida mamlakatning iqtisodiy, harbiy-siyosiy
potensiali tursa, iqtisodiy o‘sish quyidagi ko‘rsatkichlar orqali o‘lchanadi:
a) o‘rtacha mehnat unumdorligining o‘sishi;
b) YAIM (YAMM), milliy daromadning o‘sish sur’ati;
c) mehnatning kapital bilan qurollanishining o‘sish sur’ati;
d) kapital qaytimining o‘sishi;
e) ishlab chiqarish omillarining o‘sish sur’ati.
2. Agar aholining turmush darajasini taqqoslash zarurati bo‘lsa,
iqtisodiy o‘sish quyidagi ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi:
a) aholi jon boshiga yaratilgan YAIM (YAMM), milliy daromadning o‘sish
sur’ati;
b) mehnatning kapital bilan qurollanishining o‘sish sur’ati;
c) kapital qaytimining o‘sish sur’ati;
d) aholi daromadlarining o‘sish sur’ati;
e) ishlab chiqarish omillarining o‘sish sur’ati.
3. Iqtisodiy o‘sish o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uch ko‘rsatkich:
a) aholining va YAIMning o‘sish sur’ati;
b) YAIM va kapital qaytimining o‘sish sur’ati;
c) aholi jon boshiga yaratilgan YAIM va mehnat unumdorligining o‘sish
sur’ati;
d) YAIM hajmining va aholi jon boshiga va resurs birligiga nisbiy
miqdorining o‘sish sur’ati;
e) YAIM va mehnat unumdorligi o‘sish sur’ati bilan tavsiflanadi.
4. Iqtisodiy o‘sish intensiv bo‘ladi, agar:
a) qo‘shimcha mehnat omilini jalb qilish natijasida milliy daromad hajmi
o‘ssa;
b) mehnat unumdorligining o‘sish sur’ati band bo‘lganlar o‘sish sur’atiga
qaraganda yuqori bo‘lsa;
c) kapital bilan qurollanish darajasi o‘ssa;
d) mahsulot birligiga sarflangan resurslar hajmi o‘ssa;
e) ishlab chiqarish hajmi va resurslar miqdori mutanosib o‘ssa.
5. Agar mehnatning kapital bilan qurollanishi mehnat unumdorligiga
nisbatan tezroq o‘ssa, u holda:
a) kapital qaytimi pasayadi;
b) kapital qaytimi o‘sadi;
c) aholi jon boshiga milliy daromad o‘sadi;
d) mamlakatning milliy boyligi ortadi;
e) kapital samaradorligi ortadi.
6. Iqtisodiy o‘sishning sifat darajasini qanday ko‘rsatkichlar orqali
ifodalab bo‘lmaydi?
a) bir-birlik qo‘shimcha milliy daromad yaratish uchun sarf langan xarajatlar
kamayib borsa;
b) 1% iqtisodiy o‘sishga erishish uchun sarflangan xarajatlarning o‘zgarishi
ro‘y bersa;
c) mehnat unumdorligining o‘zgarishi sodir bo‘lsa;
d) mamlakatning tabiiy-geografik joylashuvi o‘zgarsa;
e) iqtisodiy o‘sishga erishish uchun sarflangan kapital miqdori ortsa.
7. Iqtisodiy o‘sishning intensiv omillariga nimalar kiradi?
a) band bo‘lgan ishlovchilarning soni ortishi;
b) mehnat unumdorligining ortishi;
c) ishlab chiqarish maydonlarining kengayishi;
d) mavjud texnologiya darajasida investitsiya hajmining o‘sishi;
e) mavjud uskunalar miqdorining ortishi.
8. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga
kirmaydi?
a) fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish;
b) yer, ishlab chiqarish maydonini ko‘paytirish;
c) ishchilarning malakasini oshirish;
d) mehnat unumdorligini oshirish;
e) material sig‘imini pasaytirish.
9. Agar YAIM bazis yilda 600 mlrd so‘m. joriy yilda 700 mlrd. so‘mni
tashkil qilgan bo‘lsa, uning
o‘sish sur’ati necha foizni tashkil qiladi?
a) 14,8 %;
b) 15,5 %;
c) 16,6 %;
d) 17,2%;
e) 16,8 %.
10. Quyidagi holatlardan qayci biri iqticodiy o‘sishning intensiv turini
xarakterlaydi?
a) ishlab chiqarish natijasi va iqtisodiy resurslar miqdorining mutanosib
o‘sib borishi;
b) ishlab chiqarish natijasining iqtisodiy resurslar miqdoridan tez o‘sib
borishi;
c) iqtisodiy resurslar miqdorining ishlab chiqarish natijasidan tez o‘sib
borish;
d) mehnat unumdorligining o‘sishi;
e) mehnat intensivligining o‘sishi.
TEST SAVOLLARIGA JAVOBLAR
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
b
a
d
e
a
e
b
b
c
a