Topshiriq savollariga javoblar



Download 37,08 Kb.
Sana16.07.2021
Hajmi37,08 Kb.
#121216
Bog'liq
nazariy poetika 1


1-topshiriq savollariga javoblar:

  1. “Nazariy poetika” adabiyot haqidagi fandir. Adabiyot fanining tarkibiy qismlaridan biridir.Nazariy poetika fani adabiy asarlarning qurilishi va ulardan foydalaniladigan estetik vositalar sistemasi haqidagi fan sanaladi. Tadqiq obyektini qaysi jihatdan o‘rganishi, maqsadi va ilmiy yondashuvidan kelib chiqib, poetikani 3 ta turga bo‘lish maqsadga muvofiq: nazariy poetika, xususiy poetika, tarixiy poetika. Poetika istilohini dastlab Arastu ilmiy muomalaga olib kirgan. Asarda yunon adabiyotidagi ilk realism nazariyasi haqida ma’lumot bergan. Bu terminni keng va tor ma’noda tushunish mumkin. Keng ma’noda – adabiyot nazariyasi, tor ma’noda – adabiy asar haqidagi ta’limot, ya’ni adabiyot nazariyasining bir qismi. Bu nuqtayi nazar XX asrda rus formalistlari qarashlarida shakllangan. Demak, nazariy poetika asarning ichki qurilishi bilan bog‘liq ravishda umumiy qonuniyatlarni, badiiy vositalar va usullarning struktural tizimini ishlab chiquvchi fan hisoblanadi.

  2. Nazariy poetika fani adabiyot nazariyasi tushunchasiga to‘g‘ri keladi.“Nazariy poetika” fanining asosiy vazifalariga adabiy asarni o‘rganish, asar qurilishi usullarini tahlil qilish, asarning qurilishini, qanday tarkibiy qismlardan tashkil topganligini toppish, ularning vazifasi, ahamiyati nimada ekanligini belgilash, shakliy xususiyatlarni mazmun bilan uyg‘unlashtirish, ma’lum adabiy asarlar tadqiqi natijasida nazariy xulosalar chiqarish kabilar kiradi.

  3. Tarixiy poetika badiiy vositalar taraqqiyotini ( obrazli ifodalar,shakllar, qofiyalar) va kategoriyalarni( badiiy qilib berilgan zamon,makon,ritm) o‘rganadi,.Badiiy tasvir vositalari, usullar tizimining tarixiy tadrijini, bosqichlarini qiyosiy va tipologik nuqtayi nazardan tadqiq etsa, nazariy poetika asarning ichki qurilishi bilan bog‘liq ravishda umumiy qonuniyatlarni, badiiy vositalar va usullar tizimini ishlab chiqadi.

  4. Poetika – adabiyot nazariyasining bir qismi. Muayyan badiiy asar nazariy jihatdan o‘rganilar ekan, albatta, uning til xususiyatlari ham chetda qolmaydi. Shu jihatdan, nazariy poetika va tarixiy poetika tilshunoslik bilan bevosita bog‘liq hisoblanadi. Chunki har qanday adabiy manba ma’lum bir davr mahsulidirki, shu davrga xos til elementlari unda aks etadi, demak, tilshunoslik fani poetikaga bevosita yondosh fandir. Asarda muallifning g‘oyasi o‘z aksini topadi va bu g‘oyani o‘rganish, muallif fikrini mantiqan tahlil etish falsafa bilan bog‘liq jarayon bo‘lganligi sababli nazariy poetika bu fan bilan ham yondoshligi oydinlashadi. Bundan tashqari falsafa barcha fanlarning asosi hamdir.

  5. Mumtoz tarixiy poetika dastlab Rossiyada A.N.Veselovskiy tadqiqotlarida, nazariy poetika esa ilk bor A.A.Potebnyaning ilmiy qarashlari natijasida e’tirof etildi.

  6. XIX asrda yashagan rus adabiyotshunosligi vakili A.N.Veselovskiy o‘zining tarixiy poetika” asari orqali tarixiy poetikaga asos soldi. U badiiy asarlarda tasviriy-ifodaviy vositalarning tizimli bilrigini tadqiq etgan. Asarda adabiy janrlarning kelib chiqishi va taraqqiyot tarixi, shuningdek, asar tarkibining badiiy takomiliga muallif munosabati, davrlardagi tafakkur tadriji haqida nazariy mulohazalar mavjud. Ayniqsa, sinkritizm va badiiy modallik singari davrlarga bo‘lish olimning asosiy ilmiy fikrlaridan biridir.

  7. A.A.Potebnya “Nazariy poetika” asarida tafakkur bilan bog‘liq she’riy til muammolarini keltirgan. Xususan, asarda shunday fikr keltiriladi: “Majoziy ma’noda bizning boshimizda hamma aktyorlar mos kelmaydigan tor sahna bor, lekin ular ko‘tarilib borishadi, aniqlab bo‘lmaydigan bu kichik sahnaga ong deyiladi”.

  8. Tarixiy poetikaning maqsadi muayyan adabiy janrning yuzaga kelishi, taraqqiyot tadrijini aniqlash bo‘lsa, nazariy poetikaning vazifasi badiiy asarlarning tuzilishi va ularning tarkibiy qismlarini o‘rganisg va ilmiy xulosalar chiqarishdir.

  9. Badiiy asarlar haqida mulohaza bildirish “poetika” deyilgan, hozirda esa bu “adabiyot nazariyasi” deb yuritiladi. Endilikda “poetika”ga adabiyot nazariyasining bir qismi sifatida qaraladi. O‘z navbatida “poetika” ham tarixiy poetika, nazariy poetika va xususiy poetika kabi turlarga ajraladi. Demak, tarixiy poetika “poetika”ning tarkibiy qismi hisoblanadi.

  10. Adabiyotshunoslik nazariyasi adabiyot tarixi, adabiy tanqid, adabiyot nazariyasi, matnshunoslik va bibliografiya kabi tarkibiy tuzilishga ega bo‘lib, uning obyekti badiiy asardir. Nazariy poetika esa ma’lum bir badiiy asar haqida mulohaza bildiruvchi fan bo‘lib, bugungi kunda adabiyot nazariyasi deb yuritiladi. Demak, nazariy poetika adabiyotshunoslik nazariyasining tarkibiy qismi sanaladi.

Download 37,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish