Bog'liq Mustaqil ta\'lim uchun misollar jamlanmasi
Topshiriq 8 .
2.1. Tomoni ga teng muntazam tetraedrga tavakkaliga tashlangan nuqtaning unga ichki chizilgan sharga tushishi ehtimolini toping.
2.2. Radiusi ga teng doiraga nuqta tavakkaliga tashlangan. Uning shu doiraga ichki chizilgan muntazam ko’pburchakka tushishi ehtimolini toping: 1) beshburchakka; 2) oltiburchakka; 3) sakkizburchakka.
2.3. Ikki talaba tayin joyda soat 14 bilan 15 oralig’ida uchrashishga, oldin kelgan talaba ikkinchisini 20 minut o’tgunicha kutishga va u kelmasa keyin ketishga kelishishdi. Agar har bir talaba o’zining kelish paytini tavakkaliga (14 bilan 15 oralig’ida ) tanlasa , ularning uchrashishi ehtimolini topign.
2.4. Parabola kvadratning pastki asosiga urinadi va uning yuqori uchlari orqali o’tadi. Kvadratga tavakkaliga tashlangan nuqtaning kvadratning yuqori tomoni va parabola bilan chegaralangan sohaga tushishi ehtimolini toping.
2.5. Tekislik bir biridan 8 masofada joylashgan parallel chiziqlar bilan bo’lingan. Tekislikka radiusi ga teng tanga tavakkaliga tashlangan. Tanga to’g’ri chiziqlardan birortasini kesmasligi ehtimolini toping.
2.6. o’qining uzunligi ga teng kesmasiga va nuqtalar qo’yilgan bo’lib, bunda . kesma uzunligi kesma uzunligidan kichik bo’lishi ehtimolini toping.
2.7. Mergan tomoni ga teng kvadrat sohaga o’q uzmoqda. Otilgan o’qning sohaga ichki chizilgan doiradan iborat nishonga tegishi ehtimolini toping.
2.8. Ikkita x va y haqiqiy son tengsizliklarni qanoatlantiradigan qilib tavakkaliga tanlanadi. shartning bajarilishi ehtimolini toping.
2.9. Tomoni ga teng kubga sharlar ichki va tashqi chizilgan. Katta sharga tavakkaliga tashlangan nuqtaning kichik sharga tushishi ehtimolini toping.
2.10. Har biri birdan katta bo’lmagan ikkita x va y musbat sonlar tavakkaliga olingan. yig’indining 1 dan katta bo’lmasligi va ko’paytmaning 0,09 dan kichik bo’llmasligi ehtimolini toping.
2.11. Ikki o’rtoq tayin joyda soat 10 bilan 11orasida uchrashishga kelishdilar. Har qaysi o’rtoq ikkinchisini 15 minut qutib, keyin ketadi. Uchrashuv ro’y berishi ehtimolini toping.
2.12. Tomoni ga teng muntazam oltiburchakka tavakkaliga tashlangan nuqtaning unga ichki chizilgan doiraga tushishi ehtimolini toping.
2.13. Ikkita x va y haqiqiy son tengsizliklarni qanoatlantiradigan qilib tavakkaliga tanlanadi. shartning bajarilishi ehtimolini toping.
2.14. Tomoni a ga teng muntazam uchburchak tomonlari o’rtalaridagi nuqtalardan uchburchak hosil qilingan. Katta uchburchakka tavakkaliga tashlangan nuqtaning kichik uchburchakka tushishi ehtimolini toping.
2.15. Uchlari (0; 0), (0; 1), (1; 1), (1; 0) bo’lgan kvadratga tavakkaliga nuqta tashlanadi. Nuqta koordinatalari tengsizlikni qanoatlantirishi ehtimolini toping.
2.16. Tomoni ga teng oktaedrga tavakkaliga tashlangan nuqtaning unga ichki
chizilgan sharga tushishi ehtimolini toping.
2.17. Tekislik bir biridan masofada joylashgan parallel chiziqlar bilan bo’lingan. Tekislikka radiusi ga teng tanga tavakkaliga tashlangan. Tanga to’g’ri chiziqlardan birontasini kesmasligi ehtimolini toping.
2.18. Trapetsiyaning o’rta chizig’i uning balandligiga teng. Trapetsiyaga tavakkaliga tashlangan nuqtaning unga ichki chizilgan doiraga tushishi ehtimolini toping.
2.19. Radiusi ga teng sharga kublar ichki va tashqi chizilgan. Katta kubga tavakkaliga tashlangan nuqtaning kichik kubga tushishi ehtimolini toping.
2.20. Ikki talaba tayin joyda soat 8 bilan 9 oralig’ida uchrashishga, oldin kelgan talaba ikkinchisini 10 minut o’tgunicha kutishga va u kelmasa keyin ketishga kelishishdi. Agar har bir talaba o’zining kelish paytini tavakkaliga (8 bilan 9 oralig’ida ) tanlasa , ularning uchrashishi ehtimolini topign.
2.21. Konusning balandligi va asosining radiuslari teng. Konusga tavakkaliga tashlangan nuqtaning unga ichki chizilgan sharga tushishi ehtimolini toping.
2.22. Radiusi ga teng sharga tavakkaliga tashlangan nuqtaning unga ichki chizilgan muntazam tetraedrga tushishi ehtimolini toping.
2.23. Uzunligi 12 bo’lgan AB kesmaga tavakkaliga C nuqta qo’yiladi. AC kesmaga qurilgan kvadratning yuzasi 36 va 81 lar orasida bo’lishi ehtimolini toping.
2.24. Parabola yarim doiraga urinadi va uning diametri chegaralaridan o’tadi. Yarim doiraga tavakkaliga tashlangan nuqta yarim doira va parabola bilan chegaralangan sohaga tushishi ehtimolini toping.
2.25. Tomoni a ga teng kvadrat tomonlari o’rtalaridagi nuqtalardan kvadrat hosil qilingan. Katta kvadratga tavakkaliga tashlangan nuqtaning kichik kvadratga tushishi ehtimolini toping.