Topshiriq №1 Mavzuga oid rejalar yuzasidan ma’lumot yig’ing



Download 19,06 Kb.
bet1/2
Sana24.01.2021
Hajmi19,06 Kb.
#56723
  1   2
Bog'liq
tim 2


TOPSHIRIQ № 1

- Mavzuga oid rejalar yuzasidan ma’lumot yig’ing

Konsepsiya (lot. conceptio — majmua, tizim) — 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar. Tarbiya konsepsiyalari haqida so’z ketganda biz albatta ta’lim jarayoniga e’tibor qaratamiz. Chunki, ta’lim va tarbiya qushning ikkita qanotidir. Ta’limni tarbiyadan ajratib o’rganishni iloji bo’maganidek tarbiyani ham ta’limdan ajratib bo’lmaydi. Shunday ekan biz rivojlangan davlatlarda ta’lim jarayonini o’rganish orqali yosh avlod tarbiyasiga qanday tarbiya berilayotganini ko’rib chiqamiz. Yaponiyaning dunyodagi eng rivojlangan davlatlardan biriga aylanishiga zamin yaratgan noyob kashfiyotchilar va yetuk mutaxassislarning nihoyatda ko‘pligi o‘z navbatida mamlakatda yo‘lga qo‘yilgan ta’lim tizimidan ildizlanadi. Ushbu davlat ta’lim tizimida yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilgan. Yaponiyada maktab o‘quvchilari 10 yoshgacha — 4-sinfga qadar imtihon topshirmaydi, faqat kichik mustaqil ishlar bilan cheklaniladi, xolos. Mamlakatda ta’limning dastlabki uch yilida akademik bilimlar olish u qadar muhim hisoblanmaydi. Asosiy urg‘u tarbiyaga qaratiladi — bolalar odamlarni va jonivorlarni hurmat qilishga, bag‘rikenglikka, rahmdillikka, haqiqatparvarlikka, o‘zini nazorat qila olishga va tabiatni asrashga o‘rgatiladi. Har bir sinf kabinetlar, koridorlar va hatto hojatxonalarni navbatma-navbat yig‘ishtiradi. Bu bilan bolalarga erta yoshdan jamoa bo‘lib ishlash va bir-biriga yordam ko‘rsatish o‘rgatiladi. Bundan tashqari, yig‘ishtirishga ko‘p vaqt va kuch sarflagan o‘quvchilar bundan keyin binoning ifloslanishiga imkon qadar yo‘l qo‘ymaslikka urinadi. Boshlang‘ich va o‘rta maktabda bolalar uchun maxsus nonushta tayyorlanadi, ularning menyusi ustida nafaqat maktab oshpazlari, balki tibbiyot xodimlari ham ishlaydi. Ovqat maksimal darajada foydali va sog‘lom bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Sinfdoshlar o‘qituvchi bilan birgalikda sinfxonada nonushta qiladi Boshlang‘ich sinflardayoq bolalar xususiy va tayyorgarlik maktablariga bora boshlaydi, bu ularning yaxshi boshlang‘ich va o‘rta maktabga kirishini kafolatlaydi. Bunday maktablarda mashg‘ulotlar kechki soatlarda o‘tkaziladi, shu bois Yaponiyada soat 21:00 da jamoat transporti qo‘shimcha darslardan so‘ng uyga qaytayotgan yosh bolalarga to‘la bo‘lishi odatiy holdir. Darslar kuniga 6–8 soat davom etib, ular ta’til va hatto shanba-yakshanba kunlari ham to‘xtamaydi. O‘rta maktabdan boshlab barcha o‘quvchilar formada yurishi shart. Ko‘p maktablar o‘z formasiga ega, ammo odatda bolalar harbiy uslubda kiyinadi, qizlar esa matroskada yuradi. Bu qoida xulq-atvor tarbiyasining bir qismi hisoblanadi, tanlangan liboslar ham ishchi kayfiyatni hosil qiladi. Biror marta maktabdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan odamni eslashimiz qiyin kechadi, lekin Yaponiya uchun bu me’yorga aylangan holat. Bundan tashqari, yapon o‘quvchilari mashg‘ulotlarga deyarli hech qachon kech qolmaydi. Maktab o‘quvchilarining 91 foizi har doim o‘qituvchiga quloq soladi. Yuqori sinflar yakunlanganidan so‘ng o‘quvchilar bitta test topshiradi, uning natijalari kim oliygohga kira olishini hal qiladi. Bitiruvchi faqat bitta oliygohni tanlash huquqiga ega, uning tanlovi kelajakdagi maoshini va hayot darajasini belgilab beradi. Raqobat ancha kuchli — bitiruvchilarning 76 foizi maktabdan so‘ng ta’limni davom ettiradi. Singapur. Bugun ta’lim iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotning hal qiluvchi omili, jamiyatning ijtimoiy tuzilmasini shakllantirish, unda ijtimoiy maqomlarni taqsimlash mexanizmi hisoblanadi. Buni ayni paytda xorijiy davlatlarda ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish orqali yuksak bilim va ko‘nikmaga ega kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilayotganidan ham anglash mumkin. Masalan, maorifga ulkan sarmoya kiritib, yuksak natijalarga erishayotgan davlatlardan biri — Singapurni olaylik. Singapur Britaniya mustamlakasi bo‘lgan davrda ichki sanoat, asosan, mineral yoqilg‘i va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan edi. Shunga qaramay, o‘sha davrda ham ta’lim fidoyilari yashirin tarzda bo‘lsa-da, milliy ta’limni yuksaltirishga, taraqqiy ettirishga o‘zlarida kuch va jasorat topa olgan. Eng muhimi, qanday siyosiyijtimoiy voqelik ro‘y bermasin, Singapur o‘zi tanlagan yo‘lda barqaror davom etgan. Mustamlakadan qutulib, ozodlikka chiqqach, o‘zini juda tez o‘nglab olganining bosh sababi ham shu aslida. Bugun Singapur ilmiy-texnik rivojlanish sohasida jahonda yetakchilardan biriga aylandi. Dongdor xorijiy oliy o‘quv yurtlarida ilmfanning eng zamonaviy yo‘nalishlari va ilg‘or texnologiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlashga kelganda, Singapurdan «najot» topish rasm bo‘ldi. Yer shari miqyosida olganda, Singapur olimlarining ko‘pligi bo‘yicha eng kuchli 47 davlat orasida beshlikka kirgan. Ta’sirchan tomoni shuki, Singapur yalpi ichki mahsulotga nisbatan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga mablag‘ sarflash bo‘yicha sobiq mustamlakachisi — Buyuk Britaniyani ham ortda qoldirdi. Singapurda umumiy ta’lim tizimi uch bosqichdan iborat. Mamlakat ma’muriy jihatdan 4 ta ta’lim hududiga bo‘lingan bo‘lib, har birida 7 ta maktab klasteri mavjud. Ular o‘rtacha 12—14 boshlang‘ich va o‘rta maktabni o‘z ichiga oladi. PIRLS (Ifodali o‘qish bo‘yicha yutuqlarni o‘rganuvchi xalqaro tadqiqot markazi) xodimlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, Singapur aholisi savodxonlik borasida dunyoda 1-o‘rinda turadi. Singapurlik maktab o‘quvchilari 1995-yildan buyon, ayniqsa, matematika va tabiiy fanlar (TIMSS) bo‘yicha o‘tkaziladigan nufuzli xalqaro tanlovlarda eng yaxshi natijani ko‘rsatmoqda. Shu o‘rinda, Singapur ta’lim tizimi qanday qilib bu darajaga yetgani, uning zamirida nimalar yotishi ko‘pchilikni qiziqtiradi. Bunda, avvalo, davlat tomonidan olib borilgan jiddiy islohotlar beqiyos ahamiyat kasb etganini unutmaslik lozim. Jumladan, 1961—1991- yillarda Singapur hukumati maktab tizimi mustaqilligi va moslashuvchanligini oshirish, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini ko‘tarish, yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratishga doir ko‘plab chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Maqsad faqat o‘quvchilar shuurini turli fan bo‘yicha ilg‘or bilimlar bilan to‘ldirish emas, balki ularda hayotiy ko‘nikma va mas’uliyat hissini shakllantirish, birdamlik, o‘zaro yordam, yurtiga va ishiga muhabbat, qiziquvchanlik, intiluvchanlik, jasorat va moslashuvchanlik jihatlarini qaror toptirish kabi dolzarb va nozik masalalarga e’tibor qaratilgan. Bu esa o’z-o’zidan yosh avlod tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibordir.


Download 19,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish