Topshiriq – savollar
1. «Industrial iqtisodiyot» fani nima uchun o‘qitiladi?
2. «Industrial iqtisodiyot» fanining ob'ekti deganda nimalarni
tushunasiz?
3. «Industrial iqtisodiyot» fani yordamida qanday qonunlar va
qonuniyatlar o‘rganiladi?
4. «Industrial iqtisodiyot» fani qanday fanlar bilan chambarchas
bog‘liq?
5. Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni
modernizasiyalash va isloh qilish ushbu fan oldiga qanday vazifalar qo‘yadi?
Izoh: Yuqoridagi savollargi o’z fikringizni qisqa va aniq ifoda eting.
Topshiriq – javoblar
Umumiy qilib aytgand shu tizmdagi qonularni o`rganish va iqtisodni rivojlantirish uchun o`rgatiladi. Ishlab chiqarish va bozorni oqilona tashkil etish, ularning samaradorligini, natijaliligini oshirmoq uchun jamiyatning umumiy iqtisodiy qonunlarini bilish, xoʼjalikka rahbarlik qilishning ilmiy asoslarini chuqur egallas zarur chnki bizning soha shuni talab qiladi. Iqtisodiyot sohasida roʼy berayotgan barcha voqeliklardan habardor boʼlish, ularning mohiyati va ahamiyatini toʼgʼri tushunish, iqtisodiy muammolarni oqilona hal etish korxonalar, firmalar, tarmoqlar va komplekslar oldida turgan vazifalarni oʼz vaqtida amalga oshirish uchun iqtisodiy bilimlar bilan qurollanmoq, ularni chuqur egallamoq kerak. Bunday bilimlarni bizga iqtisodiy fanlar tizimi oʼrgatadi
Iqtisodiy fanlarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruh umumiqtisodiy fanlar, ya'ni iqtisodni yaxlit o‘rganuvchi fanlar. Ikkinchi guruh xususiy iqtisodiy fanlar, ya'ni iqtisodning u yoki bu sohasini, yoxud korxona (firma) iqtisodini o‘rganuvchi fanlar. Birinchiguruhga eng avvalo «Iqtisodiy nazariya» fani kiradi. Uning o‘zi o‘z nomibilan boshqa fanlardan ajralib turadi va umum iqtisodga nazariy jihatdan yondashadi, unga xos qonun va qoidalarni o‘rganadi.
«Iq tisodiy nazariya» insonlarning ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan o‘zaro aloqada o‘rganuvchi fandir. Bu fan kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida moddiy ne'matlar ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol qilishni boshqarish qonunlarini,
shuningdek, ulardan amaliy faoliyatda foydalanish yo‘llarini o‘rganadi. Lekin «Iqtisodiy nazariya» xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlari va tarmoqlararo komplekslarida iqtisodiy qonunlarning namoyon bo‘lish, ro‘y berish shakllari va xususiyatlarini o‘rganmaydi. Bu bilan aniq iqtisodiy fanlar shug‘ullanadi. Ana shunday fanlardan biri «Industrial iqtisodiyot» fani hisoblanadi. Bu fan jamiyatning iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalari sanoat va uning tarmoqlari sohasida namoyon bulishi, ro‘y berishi, tuzilmaviy o‘zgarishlarning «falsafasini», boshqarishning ilmiy asoslarini,
rejalashtirish va bashoratlashning metodologiyasi va metodikasini, fantexnika tarakqiyotining asosiy yo‘nalishlari, sanoat resurslarining mohiyati, ahamiyati va turlari hamda ulardan foydalanishni yaxshilash shart-sharoitlari va sanoatning boshqa qator muammolarini o‘rganadi.
Qanday fan oʼzining oʼrganish obʼektiga ega boʼladi. Shunday obʼektning boʼlishi u yoki bu fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining muxim shartidir.
«Industrial iqtisodiyot» fani ham oʼzobʼektiga ega. Uning obʼekti umuman sanoat, xususan, Oʼzbekiston sanoati hisoblanadi. Shu bois eng avvalo, ushbu fanning obʼekti hisoblangan sanoat haqidagi taʼlimot bilan tanishish zururiyati tugʼiladi. Sanoat ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Demak, sanoat obʼektiv reallik (borliq)ning intiqosi va yuksak umumlashmasidir. Uning alohida tarmoq, yaʼni ijtimoiy ishlab chiqarishning alohida sohasi boʼlib yuzaga kelishi ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy mehnat taqsimotining rivoji bilan tarixiy jihatdan bogʼliqdir. Sanoat ham obʼektiv borliqning muhim hodisalari qatorida maʼlum davr (vaqt va fazo)da dunyoga kelgan, muayyan qonun va qoidalar asosida rivojlangan, maʼlum mikdor va sifatlarga, zarurat va imkoniyatlarga ega boʼlgan hamda ziddiyatlar qurboni ham boʼlgan.
Iqtisodiy hayot jarayonlari va hodisalarini o‘rganish darajasi nuqtai nazaridan, odatga ko‘ra, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyotni farqlaydilar.
«Makroiqtisodiyot» fani iqtisodiyotni bir butun sifatida qaraydi va umumiy (majmuiy) talab va taklifning, milliy daromad va yalpi milliy mahsulotning shakllanish jarayonlarini tadqiq etadi, xukumat byudjet siyosatining iqtisodiy o‘sishiga, inflyasiya va ishsizlik darajasiga ta'sirini
tahlil etadi. Boshqacha aytganda, bu fan makroiqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish muammolarini o‘rganadi va o‘rgatadi.
«Makroiqtisodiyot» fani ishlab chiqarish tarmog‘i va korxona, tovar va moliya bozorlari, banklar, turli firmachar, uy xo‘jaligi kabi aloxida sub'ektlar va tuzilmalarning fe'l-atvorini tadqiq etadi. U alohida tovarlarning ishlab chiqarish xajmi va ularga baho qanday belgilanishini, soliqlar va boshqa
to‘lovlarning aholi jamg‘armalariga qanday ta'sir etishini o‘rganadi. «Industrial iqtisodiyot» fani «Menejment» fani bilan ham bevosita bog‘likdir. Chunki sanoat boshqaruvining muhim muammolari menejment nazariyasi va amaliyoti asosida o‘z yechimini topishi mumkin.
«Menejment» fani - boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirish va ishchan qarorni qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Bu fanning muhim muammolarini o‘rganishda xalq xo‘jaligida texnika va texnologiya taraqqiyotining yo‘llarini belgilab beradigan fanlarning xulosalaridan ham keng foydalanish g‘oyat zarurdir. Shunday qilib, «Industrial iqtisodiyot» fanining predmeti deganda jamiyatning ob'ektiv iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalarining shu sohada namoyon bo‘lish shakllarini, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jarayonida jonli va buyumlashgan mehnatning eng optimal xarajatlari asosida eng yaxshi natijalarga erishishni ta'minlaydigan shart-sharoitlar va omillarni o‘rganish tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |