Topshirdi: Boltayeva Gulimoh



Download 128 Kb.
bet6/8
Sana10.04.2021
Hajmi128 Kb.
#63158
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Shermuha. Kurs ishi

Poetik mahorati. Shermuhammad Munis lirikasi o‘zbek she'riyatining ham mazmun, ham shakl va uslub jihatidan xiyla yangilangan, rivojlantirilgan namunalaridir. Bu holni munisshunos olimlar o‘z tadqiqotlarida (M.Yunusov, N.Jumaxo‘ja) ancha yaxshi yoritib berganlar.

Munis o'zbek shoirlari ichida ayniqsa aruz vaznlarini, she'riy va qofiya san'atlarini ishlatishda o‘zgacha mahorat ko'rsata oladi. Bu uning she'r, adab ilmi, badiiy nutq go'zalligi boyliklarini chuqur o'rganganligidan dalolat beradi. Munis g'azaiiyotida aruz sistemasming qariyb barcha bahr va vaznlaridagi she'rlar uchraydi. U vaznlardan foydalanishda nuqsonlarga yo‘l qo‘ymaydi. O‘z she'rlarida fikr va mazmunga mos vaznlar tanlab ishlatadi.

Munis — qofiya san'atining mumtoz ustasi. Uning she'riyatida boshqa shoirlar ijodida siyrak uchraydigan qo'shqofiyalar, raddul matla’ va takror so‘zli qofiyalar, tarse* hamda sajli qofiyalar, narsalaming tovushiga taqlidni anglatuvchi so‘zlardan tuzilgan qofiyalar ko‘p uchraydi. Mana bu baytlardagi bir so‘zli oddiy qofiyalaming o‘zi bayt mazmuniga mos xalq iboralaridan tanlanganini ko'rsatadi:
Tez etar jonon g‘ami ishqim o'tini qo'izg'alab,

Kuydurur ul o‘tg‘a bir-bir ustuxonimni qalab...

Jonimo urding otashi ishqing tutoshtirib,

Yoqding so ‘ngaklorimni ul o ‘tqo qalashtirib.

Quyidagi baytlarda esa, juft so‘zli, tovushga taqlid hamda naqorat misrali takrorlar qo'llanilgan:



Olur yuz jonni har boqqanda ne ko ‘zlar durur vah-vah,

Ming o ‘uk tirguzur har so ‘zda ne lablar durur pah-pah.

Chekar zavqi sihi qading bila qumri jiig‘on kuh-kuh,

Tuzar shavqi guli ro ‘ying bila bulbul navo chah-chah.

Yig‘ma saharlar un: chekib, ashki nadomatin to‘kub,

Behuda kubnaging nedur tifl kibi shaqir-shuqur.

Do‘st xayoli birla san ayla xomushlig‘shior,

So‘zJamak asru zishtdurur qurbaqadek vaqur-vuqur.

Uzoringda nure ayyondir-ayon,

Ki ondin kunu oy nishondur-nishon.

Balo o‘qtarin otg‘ali jonima,

Iki egma qoshki kamondur-kamon.

Munisning quyidagi baytida bir emas, ikkita badiiy tasvir vositasi qo‘llanilgan:



Jonon dudog‘i xayoli yonglig‘,

Hayvon bulog‘i zuloli yonglig.

Tashbeh san'atining go‘zal namunasi. Ma'shuqa xayolidek uning labi ham o‘ta shirin, yoqimli, hayvon bulog‘i zuloli ham tiniq va hayotbaxsh bo‘lganidek, ma’shuqa lablari ham shunchalik beg‘ubor, go'zal. Bu baytda mumtoz sheTiyatimrzda bayt misralaridagi so‘zlami bir-biri bilan ohangdosh, qofiyadosh qilib keltirish va shu orqali ritmik jozibadorlikka erishish san’ati hisoblanmish tarse’ ham ishlatilgan. Yuqorida keltirilgan ikki misradagi har bir so‘z bir-biri bilan ohangdoshlik, tenglik kasb etadi. O‘zbek mumtoz she'riyatida Navoiydan keyin tarse’ san'atiga ko‘proq murojaat qilgan va uning benuqson namunalarini ijod etgan shoir Munisdir.



Munis she'rtari, xususan, g‘azallari ichida mumtoz she'riyatda matla'dagi misrani maqta'da aynan takrorlash usuli hisoblangan raddul matla'ning namunalari ham uchraydi. Chunonchi, quyida matla'dagi birinchi misrag'azal oxirida, maqta'ning ikkinchi misrasida muayyan maqsad bilan aynan takrorlanadi. Bu usul g'azalning kompozitsion-stillstikjihatdan ravon chiqishini ta'minlaydi. Shoiming

Rahmsiz sendek sitamgar ko ‘rmadim,

Kofiri badmehr, zolim ko'rmadim -

matla'si biian boshlanuvchi g'azalidagi birinchi misra shu g‘azal maqta'sining ikkinchi misrasida o'zgarishsiz yana kelti riladi:



Toki Munisg‘a rahme qilmading,

Rahmsiz sendek sitamgar ko‘rmadim.

Quyidagi baytlar esa, she'rda xalq maqol, matai va naqllariga murojaat yetib, ulaiga sayqal berib, o'z asarlari tarkibida ishlatish san'ati hisoblanmish irsol ul masal asosida yaratilgan:

Ahbob topdi vaslinu yod etmadi meni,

Chindur bu so‘zki, «Yo‘q xabari to‘qning ochdin*.

Yana:


Boqma el aybig‘a-yu o‘z aybingga nazzora qil,

Ko‘rmay o‘z aybin, kishi aybini ko‘rmak keldi ayb.

Munisning g'azal va boshqa lirik janrdagi asarlarida xalq hazil- mutoibalariga, zavqli yumoiiga xos baytu misralar ham ko‘p.



Yoshurdi yuzini mendin hayo bahona qilib,

Niqobin olmadi, eldin ibo bahona qilib.

Agar og‘rimamish erdi ko‘rgali holim,

Ko‘z ochmadi manga og‘riq bahona qilib.

Chun istadim buti zohidvashim yuzin ko ‘rmak,

Yuziga tutdi qoflini duo bahona qilib.


Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish