Topshirdi: Ataxanova. F


Kushonlar davlatida boshqaruv tizimi



Download 160,5 Kb.
bet2/3
Sana12.04.2022
Hajmi160,5 Kb.
#545603
1   2   3
Bog'liq
kushan 3

Kushonlar davlatida boshqaruv tizimi.
Qadimgi Xitoy manbalari Baqtriyani yuechji qabilalari bosib olganligi haqida ma’lumot beradi. Mil.avv. II asrning ikkinchi choragida (tadqiqotchilar bu sanani mil.avv. 172-161 yillar oralig‘ida deb belgilaydilar) yuechjilar xunlardan mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng O‘rta Osiyoning shimoliy hududlarida ko‘chib yuradilar. Bu qabilalar Xitoy manbalarida “Da-yuechji” – “Buyuk” yoki “Katta yuechji” deb eslatiladi. CHjan Szyan ma’lumotlariga ko‘ra, yuechjilar xunn qabilalaridan mag‘lubiyatga uchragach O‘rta Osiyoning janubiga tomon harakat qilib, Dahya (Baqtriya)ni bosib oladilar va Guyshuy (Amudaryo)ning shimoliy tomonida joylashadilar. Katta Xan uyi tarixida ham yuechjilar Guyshuy daryosining shimoliy tomonidan o‘z poytaxtlariga asos solganliklari ta’kidlanadi.Tadqiqotchilarning fikrlariga ko‘ra, yuechjilar mil.avv. 140-130 yillaroralig‘ida Baqtriyaga bostirib kirganlar. Oradan ko‘p o‘tmay Baqtriyada Katta yuechji davlati tashkil topadi. Kichik Xan uyi tarixi ma’lumotlariga ko‘ra, Katta yuechji hukmdorlari qo‘l ostida beshta xokimlik (Xi-xeu) bor bo‘lib, ular Xyumi, SHaunmi, Guyshuan, Xise va Dumilardan iborat edi. Xitoy manbalaridan xulosa chiqargan ko‘pchilik tadqiqotchilar Baqtriya tarixidagi butun yuechji davrini uch bosqichga bo‘ladilar:
1. Mil.avv. 139-125 yillar – Katta yuechji Dahya viloyatini bosib oladi, ammo ularning asosiy mulklari Amudaryodan shimol tomonda edi.
2. Mil.avv. 25 yilga qadar – Katta yuechji davlatining shakllanishi va keyingi rivojlanishi. Davlatning poytaxti Amudaryodan shimol tomonda bo‘lib, janubiy chegarasi Gibin atroflarida (Kashmir yoki Qandahor) edi. YUechjilar bo‘ysundirgan hududlar Xise, SHaunmi, Guyshuan, Xyumi, Dumi mulklaridan iborat bo‘lib, ular xi-xou (yabg‘u) tomonidan birlashtirilgan.
3. Mil.avv. 25 yildan keyin Katta yuechji davlatining inqirozi va yuqorida eslatilgan mulklarning mustaqil bo‘lishi. Kushon (Guyshuan) yabg‘usi Kiotszyukyu (Kujula Kadfiz) qolgan to‘rtta mulkni birlashtirib Kushon davlatiga asos soldi.Ta’kidlash lozimki, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy tarixga nisbatan Kushon davlatining siyosiy tarixi kam o‘rganilgan masala hisoblanadi. Kushonlarning hokimiyat tepasiga kelish sanasi, ushbu davlat tarixini davrlashtirish ayrim kushon yozuvlari, tangashunoslik ma’lumotlari, qisman Xitoy manbalari, buddaviy ma’lumotlar va ilk o‘rta asrlar manbalariga asoslanadi. Tadqiqotchilar Kushondavlati tarixini quyidagi uchta bosqichga ajratadilar:
1. YUnon-Baqtriya podsholari hukmronligining tugatilishi hamda O‘rta Osiyo va SHimoliy Afg‘oniston hududlarida bir nechta alohida davlat uyushmalarining tashkil topishi (mil.avv. II asrning oxiri – I asr).
2. Buyuk Kushon davlatining paydo bo‘lishi va gullab yashnashi (milodiy IIII asrlar).
3. Ko‘chmanchilarning tinimsiz urushlari natijasida Kushon davlatining inqirozi va qo‘lashi (III asr oxiri – IV asr). Kushon davlatining paydo bo‘lishi haqida ko‘proq Xitoy manbalari va tangashunoslik ma’lumotlari xabar beradi. Umuman, Kushonlar saltanatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi uzoq vaqt tadqiqotchilar orasida bahslarga sabab bo‘lgan bo‘lsada, o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu masalaga juda ko‘plab aniqliklar kiritish imkonini bergan tadqiqotlar olib borildi. Ayniqsa, 1961 yil Londonda o‘tkazilgan xalqaro simpozium, 1968 yil Do‘shanbeda YUNESKOning konferensiyasi, 1970 yil Qobuldagi xalqaro anjuman Kushon davlati masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, undan keyin ham bu masala bo‘yicha ko‘plab xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tdi.Mil.avv. I asrning oxiri – mil. I asrning boshlariga kelib, Guyshuan hokimi Kiotszyukyu barcha mulklarni birlashtirib Qobuliston va Qandahorni zabt etadi. Natijada bu davrga kelib dastlabki poytaxti Surxon vohasidagi Dalvarzin ko‘hna shahri harobalari bo‘lgan Kushon davlati o‘z ahamiyatiga ko‘ra antik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Xitoy manbalaridagi “Guyshuan hokimi Kiotszyukyu”, ilk Kushon davriga oid topilma tangalar aks ettirilgan “Kushon podshosi Kujula Kadfiz”ga aynan mos to‘shadi.Tangashunoslik ma’lumotlariga tayangan tadqiqotchilarning fikricha, Kujula Kadfiz yoki Kadfiz I 80 yildan ziyodroq umr ko‘rib 50-60 yil davlatni boshqarib, taxminan milodiy 35 yilda vafot etadi. O‘zining hukmronligi davrida Kadfiz I Baqtriyadagi uncha katta bo‘lmagan yuechji mulklari hukmdoridan Baqtriyadan tashqari G‘arbiy va Janubiy Afg‘oniston va SHimoliy H indistonni o‘z tarkibiga olgan qudratli davlatning podshosi darajasiga ko‘tariladi. Ammo, manbalarning guvohlik berishicha Kadfiz I davrida Kushon davlati to‘la shakllanib bo‘lmagan edi. Har holda, bu davrda Kushonlar o‘z tangalariga ega bo‘lmay, Kadfiz I Rim imperatorlariga (Avgust va Tiberiyga) taqlid qilib tanga zarb ettirgan.Manbalarning dalolat berishicha, Kujuladan keyin taxtga uning o‘g‘li Vima (Gima) Kadfiz (Kadfiz II) o‘tiradi. Xitoy mualliflari Kadfiz II taxtga o‘tirganidan so‘ng “Tyanchju (Markaziy Hindiston)ni zabt etdi va u erga o‘z sarkardalaridan birini boshqarish uchun qoldirdi. SHu davrdan boshlab yuechji kuchli va boy davlatga aylandi”, deb xabar beradilar. Bu xabarni tangashunoslik ma’lumotlari ham ta’kidlaydi. Kadfiz II zarb ettirgan tangalarning o‘ng qirg‘oq Baqtriyadan, Tojikiston va O‘zbekistonning janubiy tumanlaridan topilishi bu hududlarning Kushon davlati tarkibiga kirganligidan dalolat beradi. Tangashunoslarning so‘nggi yillardagi tadqiqotlariga ko‘ra, Kadfiz II zarb ettirgan “SHohlar shohi – buyuk xaloskor” degan yozuv bor tangalar Hindiston, Afg‘oniston va O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Bunday tangalar Ashxobod, Xorazm, Toshkent vohasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Panjikent hududlaridan ham topilgan. Kadfiz II ning Rim saltanati bilan aloqalar o‘rnatganligi haqida ma’lumotlar bor.Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning hukmronligi davrida Kushonlar saltanati gullab-yashnashining yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Kanishka davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo‘shib olinadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, davlatning poytaxti Dalvarzindan Peshovar (Afg‘oniston) atroflariga ko‘chiriladi. Bu davrda (mil. II asr) mamlakatning hududi SHimoliy Hindiston, Afg‘oniston, O‘rta Osiyoning katta qismi, SHarqiy Turkmanistondan iborat edi. Syuan Szyanning yozishicha, “Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon shuxrati qo‘shni mamlakatlarga yoyildi. Mamlakatning harbiy qudrati ko‘pchilik tomonidan tan olindi. Xitoyning g‘arb tomonidagilar ham Kanishkaning hokimiyatini tan olib, unga o‘z garovga qo‘ygan odamlarini yuborar edilar”.Kushonlar sulolasi yozma manbalar asosida va tangashunoslik tadqiqotlari orqali o‘rganilgan. Kushonlar davrida chiqarilgan ilk tangalarning bir tomonida YUnon-Baqtriyaning so‘nggi podshosi Germey tasviri, ikkinchi tomonida esa “kushonlar yabg‘usi Kujula Kadfiz” degan so‘zlar bor. Demak, dastlab Kushon hokimlari o‘z nomlarini “podsho”, “shoh” tushunchalari bilan bog‘lamaganlar. Ammo, Kushon davlati hududining kengayishi va siyosiy-harbiy ahamiyatining ortib borishi bilan birga tanga pullarda “shoh”, “shohlar shohi” atamasi ko‘plab uchraydi. Bunday o‘zgarishlar Xitoy muallifi bergan ma’lumotlarni ya’ni, davlatning harbiy qudrati ko‘pchilik mamlakatlar tomonidan tan olinganligini isbotlaydi.Podsho Kanishka I o‘zidan oldingi davlat boshqaruvi an’analarini saqlab qoldi va davom ettirdi. Ma’lum viloyatlar va shaharlar davlat tepasida turuvchi oliy hukmdor noiblari tomonidan boshqarilar edi. Bunday noiblar podsho tomonidan tayinlanib, uning eng yaqin va ishonchli vakillari hisoblangan. Ular oliyhukmdorga, ya’ni, podshoga so‘zsiz itoat etib, doimiy ravishda davlat xazinasiga o‘lponlar tulab turganlar. Kushonlar davrida mahalliy aholidan yig‘iladigan soliq tartibi haqida ma’lumotlar bizgacha saqlanmagan bo‘lsa-da, bunday tartib mavjud bo‘lganligi aniq.
Kushonlar davrida madaniy hayotning yanada yuksalganligi yaqqol ko‘zgatashlanadi. Xususan, Kanishka davrida Hindistondan tarqalgan budda dini davlat diniga aylandi. Oromiy va yunon yozuvlari asosida kushon yozuvi mavjud bo‘lgan. SHuningdek, bu davrda Sug‘dcha va xorazmiycha yozuvlar ham bor edi. Ushbu yozuvlar yodgorliklarida o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotni aks ettiruvchi ayrim ma’lumotlar saqlanib qolgan. SHuningdek, Kushonlar davr ida O‘rta Osiyo xalqlari madaniy hayotining quruvchilik, haykaltaroshlik, rassomlik, naqqoshlik kabi sohalarida ham katta yutuqlarga erishilgan. Xorazm, Sug‘diyona, Baqtriya, Farg‘ona, CHoch, SHarqiy Turkiston va SHimoliy Hindistondan ochilgan ko‘plab madaniy yodgorliklar yuqoridagi hudadlardagi madaniy hayot o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqqanligidan dalolat beradi.Kushonlar davrida binokorlik va me’morchilik ham shaklan ham mazmunan rivoj topganligi ko‘zatiladi. CHunki, bu davrdagi ma’muriy, diniy, ishlab chiqarish, turar-joy, mudofaa inshootlari, SHarq me’morchiligi bilan ayrim o‘xshashliklar topsada, o‘ziga hos tomonlari ustunlik qiladi. Me’morchilikning o‘ziga hos namunalari Dalvarzin, Xolchayon, Eski Termiz, Kampirtepa, Fayoztepa, Qoratepa kabilardan o‘rganilgan bo‘lib, ular jahon miqyosida mashhur bo‘lgan obidalardir.Kushon davlatining inqirozga uchrashi Gerk-Baqtriya va Rim saltanati tarixiy taqdiriga ancha o‘xshab ketadi. Bu davlatlarning barchasi qo‘lash arafasida tinimsiz yurishlar olib borishga majbur bo‘lganlar. Tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish uchun ichki va tashqi sabablarga ko‘ra, zaiflashgan yirik davlatlarda etarli harbiy imkoniyat topilmadi. Milodiy IV asrga kelib Kushon podsholigi o‘zining asosiy hududlaridan mahrum bo‘ldi. Bu podsholikning ayrim mulklari SHimoliy Hindistonda saqlanib qoldi.

Xulosa.
Kushon davlatining dastlabki o'zagini Baqtriya yerlari tashkil etgan. Kushonlar davlatining dastlabki poytaxti ham Sho'rchi tumani hududida joylashgan Dalvarzintepa yodgorligi xisoblanadi. Kushonlar davlatini yabg'u unvoniga sazovor bo'lgan hokimi mutlaq podsho boshqargan. Podshoning asosiy tayanchi yaxshi qurollangan harbiy qo'shin bo'lgan. Kushonlar qo'shini asosan otliq va piyoda qismlardan iborat bo'lib, qilich, xanjar, nayza va jangovar bolta bilan qurollangan. Kushonlar davlatida davlatni satrapliklarga bo'lib idora qilish tartibi saqlab qolingan. Kushon podsholari katga va kuchli qo'shinga tayanib, mamlakat chegaralarini kengaytirib borganlar. Olib borilgan istilochilik yurishlari natijasida Sharqiy Turkiston, Shimoliy Hindiston va Markaziy Osiyoning kattagina qismi Kushonlar davlatiga bo'ysundirilgan.Kushonlar saltanati podsho Kanishka davrida nihoyatda gullab-yashnaydi. Bu davrda Xitoy, Rim, Parfiya singari o'sha davrning nufuzli davlatlari bilan savdosotiq, iqtisodiy va rasmiy aloqalar yo'lga qo'yiladi, madaniy sohadagi aloqalar ham ancha kengayadi.Xitoy tarixiy manbalarida qayd etilgan Guyshuanlar, milodiy 1 asrda Baqtriyada o'z hokimiyatlarini Kioszyuko rahbarligida o'rnatib, uning asli ismi Kujula Kadfiz edi. Kujula Kadfiz Xyumi, Shuanmi, Xeytun Gaofu sulolalaridan iborat to'rt hokimlikni ham o'ziga bo'ysundirdi. Baqtriyada hokimiyatni mustahkamlab olgan Kujula Kadfiz qo'shni viloyatlar bo'lgan So'g'diyona, Marg'iyona, Hindistonning shimoli-g'arbiy qismlarini istilo qildi. Kushonlar imperiyasini mustahkamlashda Kujula Kadfizning o'g'li Yangaochjen, ya'ni Kadfiz II muhim ahamiyatga ega bo'lgan ichki-tashqi siyosat yuritib, Hindistonni Hind daryosi quyi oqimlari, hatto Gang daryosi vodiysigacha bo'lgan yerlarni ham o'z ixtiyoriga o'tkazdi. Kushonlar davlati Kanishka hukmronligi davrida eramizning I asr oxiri-II asr birinchi choragida yanada kuchaydi. Kushonlar hokimiyatni hind zaminining janubiy viloyatlari, So'g'diyona orqali Farg'ona, Sharqiy Turkiston ham tan oldi. Kanishka davrida Turkiston o'lkasining asosiy hudularini o'z hokimiyatiga bo'ysundirib, Xorazm bilan iqtisodiy madaniy aloqalarni yana mustahkamladi. Kanishka olib borgan siyosatni Vasishka, Xuvishka, Kanishka II, Vasudeva, Kanishka III, Vasudeva II lar davom ettirib, siyosiy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qilgan. Biroq siyosiy kelishmovchilik, o'zaro nizo-janjallar, hokimiyat uchun kurashni kuchaytirish tufayli kushonlar saltanati asta-sekin zaiflashib borgan. Kushonlar saltanati siyosiy-ma'muriy boshqaruvi tizimi an'anaviy satrapiyalar tizimga moslashuv asosida qurilgan bo'lib, satraplar oliy hukmdor tomonidan uning ishonchini qozongan, chamasi o'z doirasi namoyandalari orasidan tanlangan. Shu bilan birga satraplik lavozimiga harbiy yurishlarda jonbozlik ko'rsatgan lashkarboshilar ham lozim topilgan vaqtlar bo'lgan, umuman olganda esa satraplar baqtriyaliklar orasidan bo'lishi shart edi. Kushonlar da vlati armiyasi yaxshi qurollangan bo'lib, umumiy harbiy qudrati 150-200 ming kishini tashkil etdi. Kushon jangchilari uzunligi 1 metrdan oshiqroq har ikki tomoni o'tkir qilich, xanjar, nayza, jangovar bolta kabi qurollari bilan qurollangan. Kushonlar harbiylar suyak yo shox bilan qoplangan murakkab qo'sh kamonni ixtiro qildi. Bu kamon Uraloldi yerlari orqali Shotlandiyagacha, Sharqda Eron, Hindiston va Xitoygacha keng tarqalib harbiy ishlarda keng qo'llanildi. Kushonlar davridamamlakatning iqtisodiy xo'jaligi keng taraqqiy etib, metallsozlik, shishasozlik mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlanib, oltin, kumush, qo'rg'oshin, qimmatbaho toshlar, qurilish xom-ashyolari qazib olish ancha takomillashib borgan. Kadfiz II ning amalga oshirgan pul islohoti natijasida 8 grammlik oltin tangalar, kumush, bronza tangalar savdo muomalasiga chiqarildi. Madaniy taraqqiyot natijasida yozuvlar ancha takomillashib so'g'dcha, xorazmcha, parfiyacha, baqtriyacha yozuvlar mukammallashib, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy hayotda ijobi y natijalarga erishdi. Kanishka davrida mamlakatda budda diniga atab ibodatxonalar va ular yaqinida monastrlar qurilgan. Budda ibodatxonalaridao`sha zamon san'ati aks ettirilgan. 1933 yili Termiz yaqinidagi Ayritomdan topilgan ibodatxona tashqi devor peshtoqlariga sarg’ish – oq toshlardan haykallar o’rnatilgan. Haykallarda yaxshi kiyingan va marjonalar taqqan ayollaring do’mbira, rubob, chang, nay, kabi cholg’u asboblarini chalayotgani tasvirlangan. Pеshtoqning bir tomonida qulida gul, mеva va boshqa narsalardaniborat dahyalar ko`targan odam haykallari o’rnatilgan. Bino ichida g’ishtdan ishlangan Budda haykalining siniqlari topilgan. Bu yerdagi haykallarning ishlanish uslubi, kiyim-kеchagi, musiqa asboblari Hindiston, O’rta Osiyo, Yunoniston madaniyatlari hamda bu xalqlar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarining rivoji madaniy hayotda juda ravshan aks etganini ko`rsatadi.Bu faqat Ayritomdagi haykallar timsolidagina emas, balki Xorazm, Farg’ona, Sug’d, Parfiya yerlarida topilgan turli xil buyumlar, madaniy obidalar, topilmalar timsolida ham yaqqol ko`zga tashlanadi. Shahar qurilishiga kattae'tibor berilgan, mе'moriy-monumеntal, tasviriy va amaliy san'at, haykaltaroshlik rivojlanish borasida eng yuqori nuqtaga ko`tarilgan. Ichki vatashqi savdo taraqqiy etgan. Mamlakatda tinchlik va osoyishtalik hukmronligiga erishilganligi tufayli dеhqonchilik va uning yurak tomirlari hisoblangan sug`orish inshootlarini barpo etish davlat tasarrufida bo`lgan. Hunarmandchilikning dеyarli barcha tarmoqlari kеng ko’lamda yuksalgan. Bu davrda etnik madanayati, tili va dini bir xil bo`lgan xalqlarning siyosiy jihatdan birlashishi, ayniqsa muhim ahamiyat kasb etgan. Turli xalqlar madaniyatining chatishishi natijasida bu yerda o`ziga xos yangi madani'yat shakllanib, rivojtopadi va kеyingi asrlar madaniyatining taraqqiyotiga ham zamin bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga kushonlar davri - O’rta Osiyo xalqlarining oldinga davrdagi taraqqiyotiga yakun yasadi. Shundan so`ng Sharq va G'arb madaniyatlarining o`zaro ta'siri yangi tarixiy bosqichga qadam qo’ydi.

Download 160,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish