Internet saytlar:
9. http://www.lee.de – avtomobil tuzilishi haqida.
10. http://www.bk-dtp.de - avtomobil tuzilishi haqida.
11.http://www.kfz-technik.de - avtomobil tuzilishi haqida.
3.Baholash mezoni va ko ‘rsatkichlari 3.3-ilova
Guruhlar
|
Savolning to ‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball
|
Misollar bilan yoritish 0-5 ball
|
Guruh a‘zolarining faolligi. 0-5 ball
|
Jami
ball
|
1-gr
|
|
|
|
|
2-gr
|
|
|
|
|
3-gr
|
|
|
|
|
9-6 ball - «qoniqarli». 12-10 ball - «yaxshi» 15 — 13 ball - «a ‘lo».
Aqliy hujum savollari:
3 .4-ilova
3.5-ilova
1. Dvigatellarning vazifasi va tasniflanishi
Dvigatel — bu issiqlik, elektr, gidravlik kabi energiyalarni mexanik isliga aylantirib beradigan mashinadir. Zamonaviy traktor va avtomobillarda porshenli ichki yonuv dvigatellari (IYOD) o'rnatilgan. IYOD ning silindrlarida yoqilg'i havo aralashmasi yonishi natijasida hosil bo’lgan issiqlik energiya mexanik energiyaga aylanadi. Shunday qilib dvigatel avtomobillarning harakatlanishi va ishlashiga kerak bo‘lgan mexanik energiya manbai hisoblanadi.
IYOD quyidagi ko‘rsatkichlar bo'yicha tavsiflanadi:
1. vazifasi bo‘yicha — transport va statsionar dvigatellar;
2. ish siklini amalga oshirish usuli bo'yicha — ikki va to'rt taktli;
3. aralashma hosil qilish bo'yicha — aralashmani silindrdan tashqarida hosil qilish (benzinli va gazli dvigatellar) va aralashmani silindrning ichida hosil bo'lishi (dizellar);
4. ishchi aralashmani alangalatish usuli bo‘yicha—elektr uchquni yordamida majburiy alangalatish va siqish natijasida alangalatish (dizellar);
5. qo’llanadigan yoqilg‘i turi bo‘yicha —benzinda ishlaydigan, dizel yoqilg‘ida ishlaydigan, siqilgan yoki suyultirilgan gazda ishlaydigan;
6. silindrlar soni bo'yicha — bir va ko‘p silindrli (ikki, uch, to‘rt, olti va hokazo);
7. silindrlar joylashishi bo‘yicha — silindri vertikal joylashgan qatorli yoki vertikalga nisbatan silindrlar o‘qi 20—40° burilgan, V-simon silindrlar ikki qatorda bir-biriga nisbatan burchak ostida joylashgan va oppozitli- silindrlar gorizontal bir-biriga nisbatan 180° ostida qarama-qarshi joylashgan;
8. silindrlarni yangi zaryad bilan to‘ldirish usuli bo'yicha oddiy (to'ldirish, porshenni yuqori cheklangan nuqtadan pastki cheklangan nuqtaga qarab harakatlanganda hosil bo'lgan siyraklanish hisobiga) va ptillash (nadduv) usuli bo'yicha (silindrni yangi zaryad bilan to'ldirish kompressor tomonidan hosil qilgan bosim ostida bajariladi);
9. sovitish usuli bo‘yicha — suyuqlik va havo bilan sovitiladigan.
2. Dvigatellarning asosiy mexanizm va tizimlari
Porshenli IYOD ikki mexanizm va beshta tizimdan iborat.
1. Krivoship shatunli mexanizm (KSHM) — silindr ichidagi ishchi aralashmaning yonishi natijasida hosil bo‘lgan bosimni qabul qilib porshenning to‘glri chiziqli ilgarilama-qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga o‘zgartirib beradi.
2. Gaz taqsimlash mexanizmi (GTM) — klapanlarni o‘z vaqtida ochish va yopishga, bu esa, o‘z navbatida, yonuvchi aralashmani (karbyuratorli) yoki havoni (dizellarda) silindrlarga kiritish va ishlab bo‘lgan gazlarni tashqi muhitga chiqarib yuborishga xizmat qiladi.
3. Ta’minlash tizimi dvigatelning turli rejimda tejamkor va to‘g‘ri ishlashi uchun kerakli yoqilg‘i-havo aralashma tarkibini tayyorlab berish hamda ishlatilgan gazlarni tashqi muhitga shovqinsiz chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Yoqilg’i (dizellarda) yoki yoqilg'i havo aralashmani dvigatelni tezlik va yuklama ishlash rejimiga nisbatan avtomatik rostlab berish, ta’minlash tizimi bilan bevosita ulangan rostlagich orqali bajariladi.
4. Sovitish tizimi ishlash rejimi hamda tashqi muhit haroratiga qarab dvigatelning eng qulay haroratini — yoqilg‘i yonishi va qo‘zg‘aluvchan detallarni qo'zg'almas detallarga ishqalanishi natijasida hosil bo‘lgan issiqlikning bir qismini sovitish agentiga (suyuqlik yoki havo) kerakli miqdorda yuborishni ta’minlaydi.
5. Moylash tizimi — bir-biriga tegib ishlaydigan detal yuzalari ishqalanishi va yeyilishini kamaytirish hamda ular orasida hosil bo‘lgan issiqlikni o'zi bilan olib ketish maqsadida ular orasiga moylash materialini keltirish uchun xizmat qiladi. Undan tashqari tizimdagi harakatlanuvchi moy ishqalanuvchi detallar orasidagi kir va yeyilish zarrachalarini o'zi bilan dvigatel karteriga olib tushadi.
6. 0‘t oldirish tizimi — karbyurator, injektor va gazli dvigatellar silindrlaridagi ishchi aralashmani majburiy ravishda yondirib yuborish ughun kerakli vaqtda elektr uchquni hosil qilish uchun xizmat qiladi.
7. Yurgazib yuborish tizimi — dvigatel silindrlarida ishchi siklning boshlanishini turg'un ta’minlaydigan bir-biriga ta’sir qiluvchi mexanizm va tizimlar majmuasidan iborat. Yuqori quvvatli dizellarni yurgazib yuborish uchun alohida benzin dvigatellari qo'llanishi mumkin, avtomobil dvigatellarini yurgazib yuborish elektrostartyor yordamida amalga oshiriladi.
3. Asosiy atama va tushunchalar
Dvigatellarda qo’lanilgan asosiy atama va tushunchalarni izohlash uchun bir silindrli porshenli IYOD chizmasidan foydalanamiz (2.1- rasm)
Yuqori chekka nuqta (YUCHN) — porshenning tirsakli val o‘qidan uzoqlashgan eng chekka turish holati.
Pastki chekka nuqta (PCHN) — porshenning tirsakli val o‘qiga yaqinlashgan eng chekka turish holati.
Porshen yo’li — porshenning bir chekka nuqtadan ikkinchi chekka nuqtagacha qarab harakatlanganidagi bosib o‘tgan masofasi. Odatda porshen yo'li S harfi bilan belgilanib (2.1- rasm), tirsakli val krivoshipining ikki radiusiga teng, ya’ni S = 2R.
Do'stlaringiz bilan baham: |