To’plamning muallifi to’g’risida ma’lumot


BILAMAN BILISHINI XOXLAYMAN



Download 15,19 Mb.
bet28/70
Sana31.12.2021
Hajmi15,19 Mb.
#264619
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
Bog'liq
Kasbga kirish 20 s (20 s).

BILAMAN

BILISHINI XOXLAYMAN

BILIB OLDIM










3.1-ilova

3.Baholash mezoni va ko ‘rsatkichlari





Guruhlar

Savolning to ‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball

Misollar bilan yoritish 0-5 ball

Guruh a‘zolarining faolligi. 0-5 ball

Jami

ball

1-gr













2-gr













3-gr













9-6 ball - «qoniqarli». 12-10
ball - «yaxshi» 15 — 13 ball - «a ‘lo».

3.2-ilova



Foydalanilgan adabiyotlar

1.Shavkat Mirziyoyev “Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz”. Toshkent-”O’zbekiston”-2018.

2.Shavkat Mirziyoyev ”Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi”

3.A. Allaberganov “Kasb etikasi va psixologiyasi” Cho’lpon 2016 yil

4.O. Salimov, L. Qulmuxamedov “Avtomobillar tuzilishi, texnik xizmat ko’rsatish”, “Ilm Ziyo” Toshkent 2017 yil

5.A. Muxitdinov, J. Qulmuxamedov “Transport vositalarining tuzilishi” “Ta’lim” nashriyoti. Toshkent 2019 yil

6.D.I.Xoshimov “GM-O’zbekiston avtomobillarining konstruksiyasi”, “Avtomsan” Toshkent 2017 yil.

7. D.I.Xoshimov, F.N.Maxmudov “Yengil avtomobillarning tuzilishi”, “Avtomsan” Toshkent 2019 yil.

8.A.Abduraxmonov “Avtomobillarni elektr jixozlarini ishlatish, diagnostika qilish va ta’mirlash” “Ilm Ziyo” 2016 yil

Internet saytlar:
9. http://www.lee.de – avtomobil tuzilishi haqida.

10. http://www.bk-dtp.de - avtomobil tuzilishi haqida.

11.http://www.kfz-technik.de - avtomobil tuzilishi haqida.

3.3-ilova








Avtomobil transporti yo’lovchi va yuk tashish ishlarining asosiy hajmini bajaradi. Ushbu transport vositasi ayniqsa qisqa masol'aga vuk tashishda yuqori samaradorlik bilan ishlaydi.

Avtomobil transporti harakatlanuvchi tarkib va statsionar qurilmalardan, jumladan, avtotransport korxonalari, texnik xizmal ko‘rsatish stansiyalari, ta’mirlash zavod va bazalari, saqlash omborlari va hokazolardan tashkil topgan.

Transmissiya burovchi momentni dvigateldan avtomobilning yetakchi g‘iIdiraklariga (yulduzchalariga) o'zgartirib yetkazib berish uchun xizmat qiladi.

Zamonaviy avtomobil transmissiyalari uzatish sonini o'zgartirish usuli bo'yicha pog'onali, pog'onasiz va kombinatsiyalashgan bo'lishi mumkin.

Pog'onasiz transmissiyalar berilgan uzatish sonlari inter-valida istagan qiymatni olishga imkon beradi. Buning natija-sida mashina-traktor agregati (MTA) hamma vaqt tejamli va unumli ishlaydi.

Pog'onali transmissiyalar belgilangan uzatish sonlari intervaliga cga bo'lib, ushbu cheklangan doirada MTA ishlashi nisbatan samarali va tejamli bo'ladi.

Kombinatsiyalashgan transmissiyalar cheklangan uzatma intcrvalida uzatish sonlarini pog'onasiz o'zgartirishga imkon beradi.

Burovchi momentni o'zgartirish usuli bo'yicha transmis­siyalar mexanik, gidravlik, elektrik va kombinatsiyalashgan bo'lishi mumkin.

Ushbu xususiyat bo'yicha pog'onasiz transmissiyalar me­xanik (friksion, pona tasmali), gidravlik (gidrodinamik va gidrohajmli), elektrik (elektromexanik) xillarga bo'linadi.

Pog'onali transmissiyalar ushbu xususiyat bo'yicha me­xanik transmissiya bo'lib, bunda burovchi momentni o'zgar­tirish shesternyali reduktorlarda bajariladi, ularning bin uzatmalar qutisida uzatish sonlari cheklangan tishli juftliklar orqali haydovchi tomonidan o'zgartiriladi.

Yuqorida aytib o'tilgan barcha transmissiya turlari quyidagi ishlatish va ishlab chiqarish talablariga javob berishi lozim:

MTA texnologiyasiga muvofiq, dvigatel bilan ishonchli bog'lanishni va ajralishni ta'minlashi kerak.

Avtomobillarning harakatlanishiga qarshilik o'zgarishiga muvofiq umumiy uzatish soni o'zgarishini ta'minlashi kerak.

Avtomobil orqaga yurganida dvigatel tirsakli vali aylanish yo'nalishini o'zgartirmagan holda yetakchi g'ildiraklarning (yulduzchalarning) aylanish yo'nalishini o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak.

Avtomobil burilayotganida yoki notekis yo'llarda harakatlanganida ularning chap yoki o'ng g'ildiraklarida turli aylanish chastotalarini ta'minlash imkoniyati­ga ega bo'lishi kerak.

Foydali ish koeffitsiyenti (FIK) yuqori va ishonchli bo’lishi, katta quvvatni uzata olishi, ta'mirlanuvchan, kichik 0‘lchamli va kompakt bo‘ 1 ishi va shu kabi boshqa xususiyat- larga ega bo’lishi zarur.

Pog‘onali transmissiyalarining asosiy kamchiligi shuki, ularda burovchi moment pog‘onali rostlanadi, shu sababli dvigatel quvvatidan ko‘pincha unumli foydalanish imkoniyati bo’lmaydi.

Pog‘onali transmissiyalarning kinematik sxemalari ikki turda bajarilishi mumkin. Birinchi tur bo‘yicha ko'pchilik mashinalarda qo’llaniladigan sxema (I-rasm): dvigatel quvvati traktorning yetakchi g‘ildiraklariga uzatmalar qutisidan (UQ) keyin taqsimlanadi, bu hoi o‘z navbatida traktorning orqa ko‘prik korpusida bitta markaziy uzatrna joylashishiga olib keladi. Bunday sxema nisbatan oddiy, oson yig‘iladi va yuqori mexanik foydali ish koeffitsiyentiga (FIK) ega bo‘ladi.

Ikkinchi tur bo'yicha bajarilgan transmissiyaning sxema- sida dvigatel quvvati UQ dan oldin yoki lining ichida taqsim­lanadi. Bu hoi, o‘z navbatida, orqa ko‘prik korpusida ikkita alohida-alohida markaziy uzatma bo’lishini taqozo qiladi. Ushbu sxemaning yaxshi sifatlaridan biri shuki, UQ va marka­ziy uzatma detallarining kamroq kuch yuklama bilan ishla- shiga hamda zanjirli traktor orqa ko‘prigidagi burilish mexa- nizmi o‘lchamlarini ancha kichiklashtirishga imkon beradi.

Keltirilgan sxemalardan ko‘rinib turibdiki, transmissiya quyidagi asosiy qismlardan, iborat: ilashish muftasi; oraliq birikma (zanjirli traktorlarda); uzatmalar qutisi; markaziy uzatma; differensial (g‘ildirakli traktorlarda); burilish mexanizmlari (zanjirli traktorlarda); oxirgi uzatma; yetakchi g‘ildirak yoki yulduzchalar.

Quvvat oqimi UQ dan oldin taqsimlanadigan zanjirli traktor transmissiya,sida quvvat oqimi dizeldan (1) (i-rasm, v)

Ilashish muftasiga (2) keltiriladi va undan keyin taqsimlash reduktoriga (3), taqsimlash reduktoridan ikkita parallel joylashgan valli UQga keltiriladi. Bunday UQ traktor yurib ketayotganida quvvat oqimini uzmasdan uzatmalarni o'zgarti- rish mumkin. UQning ikkita yetaklanuvchi vali uchlarida tormozlar (5) va liar bir yetaklovchi yulduzchaga alohida markaziy uzatmalar (6) o‘rnatilgan. Qolgan qismlari boshqa traktorlarning kinematik sxemalaridan farq qilmaydi.

G‘ildirak sxemasi 4x2 bo‘lgan avtomobillarda dvigatel asosan avtomobilning old qismiga joylashtirilib, orqa g‘ildiraklar yetakchi bo‘ladi (GAZ 3102 «Volga», VAZ-2106, ZIL- 130, KamAZ, Samkochavto «Otayo‘I» va hokazo). G‘ildirak sxemasi 4x2 bo'lgan avtomobilning 4 ta tayanch nuqtasi bolib, shundan 2 Iasi yetakchi hisoblanadi.

Ayrim avtomobillarda dvigatel orqada joylashib, uning orqa g'ildiraklari yctakchi qilib ishlangan bo‘ladi («Zaporojets» avtomobillari).

Zamonaviy yengil avtomobillarning ayrimlarida dvigatel oldinda joylashtirilib, oldingi boshqariluvchi g‘ildiraklar yetak­chi qilib ishlangan («Mosknich»-2141, VAZ-2108, «Neksiya», «Tiko» va hokazo).

G'ildirak sxemasi 4x2 bo‘lgan avtoniobil transmissiyasi- ning sxemasi 2-rasmda keltirilgan.

Bu rovchi moment dvigateldan (I) tishlashish muftasi (2) orqali uzatmalar qutisiga (3) yetkaziladi. Uzatmalar qutisida burovchi moment qo‘shilgan uzatmaga qarab o‘zgartiriladi (2-rasm, b). Yo‘l sharoitiga qarab haydovchi tegishli uzatmani tanlaydi. Uzatmalar qutisidan burovchi moment kardan uzatma (4) orqali asosiy uzatmaga (6) keItiriladi, unda burovchi moment biroz oshiriladi, shundan keyin differensial (7) va yarim o‘q (8) yordamida yetakchi g‘ildiraklarga uzatiladi. Differensial burovchi momentni (M) chap va o‘ng yetakchi g‘ildiraklarga taqsimlab beradi (ML, Mp). Asosiy uzatma, differensial va yarim o‘qlar umumiy karterda joyla- shib, yetakchi ko'prikni (5) tashkil qiladi.

3-rasmda turli g'ildirak sxemalari qo’llanilgan avtomo- billar transmissiyalarining chizmalari keltirilgan.

3- rasm, a da 4x4 g‘ildirak sxemasi qo‘llanilgan avtomo- bilning mexanik transmissiya sxemasi keltirilgan. 4x2 g‘ildirak sxemasi qo’llanilgan avtomobil transmissiyasi sxemasidan farqi shuki, unda qo'shimcha taqsimlash qutisi (9) mavjud. Taqsim- lash qutisidan burovchi moment avtomobilning orqa va old 'ko‘priklariga alohida kardan uzatmalar (4) orqali keltiriladi.

Uch o‘qli avtomobillarning mexanik transmissiyalarida ,burovchi moment o‘rta va orqa ko‘priklarga bitta umumiy val orqali (3-rasm, b) yoki alohida ikki val orqali (3-rasm, v) uzatilishi mumkin.

Gidrohajmli va elektrik transmissiya o‘rnatilgan avtomo- billi^rda bir xil sxema qo’llanilgan bo‘ladi. (3-rasm, g). Gidrohajmli transmissiyalarda dvigateldan harakat oluvchi nasos (12) avtomobilning yetakchi g'ildiraklariga o‘rnatilgan gidromotorlar (13) biIan naysimon o‘tkazgichlar (trubkalar) orqali birlashtirilgan. Nasosdan olingan suyuqlikning gidro- slalik bosimi gidromotor vallarida burovchi moment ko‘ri- nishida qabul qilinadi.

Elektrik transmissiyalarida ichki yonuv dvigateli genera- torni (12) (3-rasm, g) ishga tushiradi, u ishlab chiqqan tok yetakchi g‘ildiraklarda o'rnatilgan elektrdvigatellarga (13) keltiriladi.



ILASHISH MUFTALARINING VAZIFASI

Ilashish muftalari traktor va avtomobillarning dvigatellari va uzatmalar qutisi orasida joylashgan bo‘lib, odatda dvigatel maxovigiga o‘rnatiladi. Ilashish muftalari quyidagi vazifalarni bajaradi:

Mashina va traktor agregati ishlayotganida burovchi momentni dvigateldan transmissiyaga ishonchli uzatib beradi.

Qisqa vaqtga dvigatelni transmissiyadan uzib qo‘yadi.

Transmissiya valini dvigatelning tirsakli vali bilan ravon qo‘shadi.

Mashina ishlayotganida keskin yuklanishlar (nagruz- ka) hosil bo‘!ganida transmissiya detallarini shikastlanish- dan asraydi.

Dvigatcl ishlab turganida mashinani qisqa vaqtga to‘xtatib lurishi mumkin.




Download 15,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish