To’plamning muallifi to’g’risida ma’lumot


Ikki taktli karbyurator dvigatelining ish sikli



Download 15,19 Mb.
bet12/70
Sana31.12.2021
Hajmi15,19 Mb.
#264619
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70
Bog'liq
Kasbga kirish 20 s (20 s).

7. Ikki taktli karbyurator dvigatelining ish sikli

Ko‘p hollarda krivoship kamerasida puflab tozalanadigan ikki taktli karbyuratorli dvigatellar qo‘llaniladi. Ushbu turdagi dvigatellar silindrlari devorlarida uchta — kiritish, puflab tozalash va chiqarish darchalari mavjud. Karteri (krivoship kamerasi) tashqi muhit bilan bevosita birlashtirilmagan. Kiritish darchasi karbyurator bilan, puflab tozalash darchasi esa kanal orqali dvigatelning krivoship kamerasi bilan bog‘langan.

Ish sikli quyidagicha sodir boiadi: porshen PCHN dan YUCHN ga qarab harakatlanganda avval puflab tozalovchi darcha, keyin esa chiqa­rish darchalari yopiladi. Bundan keyingina silindrichidagi ishchi aralashma siqila boshlaydi. Shu paytda dvigatelning krivoship kamerasida porshenning pastki qismida siyraklanish hosil boiadi va porshenning pastki qirrasi kiritish darchasini ochishi bilan u orqali karbyuratordan krivoship kamerasiga siyraklanish natijasida yonilg‘i aralashma so‘rib olinadi.

Porshenning holati YUCHN yaqiniga borganida silindrning ichidagi ishchi aralashma yondirish svechasida hosil qilingan elektr uchquni yordamida alangalantiriladi. Aralashma yonishi bilan harorat oshib gazlar bosimi keskin ortadi. Gazlarning bosimi ostida porshen PCHN ga qarab harakatlanadi. Harakatlanish jarayonida porshen silindrning kiritish darchasini ochishi bilan krivoship kamerasiga awalroq kiritilgan yonilg‘i aralashmasi siqila boshlaydi.

Porshen yo‘li oxirida avval chiqarish, keyinroq esa puflab tozalash darchalari ochiladi. Silindrning ochilgan chiqarish darchasidan ishlatilib bo‘lgan gazlar katta tezlik bilan tashqi muhitga chiqib ketadi. Buning natijasida silindr ichidagi bosim pasayadi. Puflab tozalash darchasini ochilish paytida krivoship kamerasidagi siqilgan yonilg‘i aralashma bosimi silindrdagi ishlatilgan gazlarning bosimidan ko‘payib ketadi. Shu sababli krivoship kamerasidagi yonilg‘i aralashma kanal orqali silindrga kirib keladi va uni toidirish bilan birga chiqarish darchasida qolib ketgan ishlatilib bo‘lgan gazlarni tashqariga siqib chiqaradi. Tirsakli val yanada aylantirilganda bu jarayonlar keltirilgan ketma-ketlikda-qaytariladi.

Dizel va karbyuratorli dvigatellarning o'rtacha ko‘rsatkichlarini taqqoslash

Dizellarning traktorlarda va katta yuk avtomobillarida dvigatel sifatida qo‘llanilishi uning karbyuratorli (benzinli) dvigateldan quyidagi asosiy afzalliklari sababchi bo'ladi:

1. Teng ishni bajarish uchun yoqilg'i massa bo‘yicha 20—30% kam sarflanadi.

2. Dvigatel ishlayotganida hamda qo'llaniladigan yoqilg'i saqlan- ganida nisbatan yong'indan kam xavfli.

3. Ishlatilib bo'lgan gazlarda toksin va konserogen moddalar kamroq.

4. Qo'llaniladigan yoqilg'i arzonroq.

Shu bilan birga quvvati karbyuratorli dvigatel bilan teng bo‘lgan dizelning quyidagi kamchiliklari rnavjud:

1. Yoqilg'i uzatuvchi apparatura detallarining prezitsionligi (faqat o‘z jufti bilan ishlatiladigan detallar) hisobiga qimmatligi.

2. Dvigatel quvvatini bir kilovattiga (kVt) teng keladigan metall vazni ko'pligi (solishtirma metall sig‘imi).

3. Tashqi muhit past haroratida dvigatelni yurgazib yuborish qiyinligi.

4. Titrashi (vibratsiya) va shovqinli ishlashi.

To‘rt taktli ko‘p silindrli dvigatellarning ishlash uslubi

Bir silindrli 4 taktli dvigatellarda tirsakli val bir tekisda aylanmaydi (kengayish taktida tezroq, siqish taktida sekinroq), shuning uchun tirsakli valga mahkamlanadigan maxovik katta inersiya momentiga ega bo'lishi kerak. Ko‘p silindrli dvigatellarda tirsakli val nisbatan bir tekisda aylanadi, chunki turli silindrdagi ishchi yoilar (kengayish takti) bir vaqtda bajarilmaydi. Dvigatelda qancha ko'proq silindr bo'lsa, tirsakli val shuncha tekisroq aylanadi. Ko'p silindrli dvigatellarda KSHM detallariga ta’sir qiladigan yuklanish bir silindrli dvigatelga nisbatan ravonroq o'zgaradi.

Ko'p silindrli dvigatelda silindrlar quyidagicha joylashtirilishi mumkin (2.5- rasm):

  • bir qator tik joylashgan;

  • ikki qator «V» simon joylashgan;

  • bir-biriga nisbatan 180° bo‘yicha gorizontal joylashgan, ya’ni porshenlar bir-biriga qarama-qarshi harakatlanadi;

  • silindrlari lik o'qqa burchak ostida joylashgan dvigatellar.

Ko‘p silindrli dvigatel bir tekis ishlashi uchun silindrlarda sodir bo‘ladigan kengayish taktlarning ketma-ketligi tirsakli valning har teng aylanish burchagida bajarilishi kerak.




Download 15,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish