To’plamning muallifi to’g’risida ma’lumot


ГАЗ-53А AVT0M0BILI RUL MEXANIZMLARI VA YURITMALARINING TUZILISHI



Download 15,19 Mb.
bet59/70
Sana31.12.2021
Hajmi15,19 Mb.
#264619
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
Bog'liq
Kasbga kirish 20 s (20 s).

ГАЗ-53А AVT0M0BILI RUL MEXANIZMLARI VA YURITMALARINING TUZILISHI
ГАЗ-5ЭА avtomobilida gidrokuchaytirgichsiz va MT3-80 traktorida gidrokuchaytirgichli rul boshqarmasi o‘rnatilgan. TA3-53A avtomobilining rul boshqarmasi rul mexanizmi va yuritmadan iborat. Rul mexanizmi boshqaruvchi g‘il- diraklarning yengil burilishini ta'minlaydi, chunki rul mexa- nizmida uzatish soni mavjud.


Bunda ach — chervyakning burilish burchagi. Shunday qilib, rul soshkasi chervyakka nisbatan kamroq buriladi. Uzatish soni qancha ko‘p bo‘lsa, boshqaruvchi g‘ildiraklarning burilishi ham shunchalik yengil bo‘ladi, ammo uzatish sonini juda ko‘p qilib bo‘lmaydi, chunki bu holatda burilishga sarflanadigan vaqt nisba­tan ko‘p bo‘ladi va bu ayniqsa, tezyurar mashinalar uchun xavflidir. Shu sababli yengil avtomobillar uchun rul mexanizmining uzatish soni /= 12...20 va yuk avtomobillari rul mexanizmlarining uzatish soni i = 15...25 bilan chegaralanadi.

Boshqaruvchi g‘ildiraklar burish sapfalariga (13) o'rnatilgan bo‘lib, sapfalar o‘z navbatida oldingi o‘qqa (11) sharnirli ravishda shkvoren (8) bilan biriktirilgan (87-rasm).

Shkvoren deb, oldingi o‘q bilan burish sapflarini birlashtiradigan o‘qqa aytiladi. Burish sapfalari o'zaro yana richaglar (9 va 12) hamda ko‘ndalang tortki (10) bilan ham ulangan.

Rul chambaragi (1) burilsa, undan harakat val (2) va chervyak (3) orqali sektorga (4) uzatiladi. Sektordan (4) harakat soshkaga (5), so‘ng bo‘ylama rul tortkisiga (6) va burish richagi (7) orqali burish sapfalariga (13) o‘tib, boshqaruvchi g‘ildiraklarga yetkaziladi. Rul mexanizmi cher­vyak (3) va sektordan (4) iborat. Avtomobillarda asosan globoidli chervyak-rolik, silindrik chervyak-sektor hamda vint gayka-sektor tipidagi rul mexanizmlari ishlatiladi. Ulardan globoidli chervyak-rolik rul mexanizmlari eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, Gorkiy avtomobil zavodining yengil va yuk mashinalarida qo‘llaniladi, shu jumladan ГАЗ-53А avtomobilida ham qo‘llanilgan.

Rul mexanizmining qutichasi (6) (88-rasm) avtomobilning chap lonjeroniga mahkamlangan. Mexanizm chervyak (2), uch o‘rkachli (tishli) rolik (4) hamda rul soshka validan (5) iborat. Chervyak (2) rul vali (10) pastki shlitsali uchiga presslanib, quticha (6) ichida ikkita konus rolikli podshipnikda o‘rnatilgan va ularni o‘q bo‘ylab siljishdan qopqoq ushlab turibdi. Qopqoqning tagiga podshipniklarni rostlash uchun bir nechta har xil qalinlikdagi qistirmalar (3) o‘rnatilgan.

Rolik (4) soshka valining (5) kallagidagi o‘qqa (9) ikkita ignasimon podshipnikka o‘tkazilgan. Soshka vali (5) o‘z navbatida bir tomoni bilan quticha teshigidagi bronza vtulkaga, ikkinchi tomoni bilan qutichaning yon qopqog‘idagi silindrik rolikli podshipnikka o‘tkaziIgan. Rul soshkasi (14) valning qutichadan chiqib turgan uchiga mayda shlitsalar yordamida gayka (15) bilan qotirilgan.

Rul yuritmasi soshkadan berilgan kuchni (harakatni) boshqariluvchi g‘ildirakning sapfalariga o'tkazish uchun xazmat qiladi. Yuritma qismlari shunday biriktirilishi kerakki, rul charabaragidan harakat boshqariluvchi g‘ildiraklarga uzatilganida richag va tortqilar bir-biriga nisbatan birikmalarda turli tomonga yengil og’ishi hamda zarur miqdordagi kuchni uzatishi lozim. Shu sababli rul yuritmalarining detallari bir- biri bilan sharnirli ravishda. yumaloq kallakli barmoqlar orqali biriktirilgan.

ГАЗ-5ЭА avtomobilining rul yuritmasi bo‘ylama va ko‘ndalang rul tortqisi va ularning richaglaridan iborat. Bo'ylama rul tortqisining ikki uchida joylashgan sharsimon kallakli

barmoqlar (8 va 14) (88-rasm) ml mexanizmining soshkasidagi teshiklarga kiradi va gayka (9) bilan mahkamlanadi. 0‘z navbatida barmoqlar (8 va 14) bo‘ylama rul tortqisidagi suxariklar (5 va 13) orasiga prujina (4) bilan siqilgan. Prujina (4) siqilgan holatida tiqin bilan ushlanadi, tiqin esa bo'ylama rul tortqisining uchiga buralib shplintlanadi Prujina (4) bo‘ylama rul tortqisi sharnirda ish jarayonida hosil bo‘ladigari tirqishni yo'qotadi va rul mexanizmiga boshqaruvchi g‘ildiraklar orqali ta'sir qilayotgan dinamik nagruzkani kamaytiradi. Prujinalami sinishdan saqlash va tirqish ko‘payib ketganda kallakli barmoqlar rul tortqisidan chiqib ketmasligi uchun prujinaning (4) siqilishini chegaralovchi detal (3) mavjud. Sharnirlarni moylash uchun moydon (2) o‘rnatilgan. Bo‘ylama rul tortqilarining sharnirlari rezina mufta (6) bilan zichlanib, shplint (7) va vint (15) orqali mahkamlangan. Bo‘ylama rul tortqisining uzunligi o‘zgarmaydi.




Ko‘ndalang ml tortqisida trubaning ikki uchidagi rezbaga sharnirli uchliklar burab o‘rnatilgan bo‘ladi (90-rasm). Uchliklarda ko‘ndalang rul tortqisini chap va o‘ng burilish sapfalaridagi richaglar bilan bog‘lash uchun kallakli barmoq sharniri (6) o‘rnatilgan Kallak barmoqning (6) kallagi yarim sferali ish yuzasiga ega bo‘lib, shtamplab yasalgan suzuvchi suxarikka (5) (ya'ni suxarik bir vaqtning o‘zida barmoqning sferali yuzasida hamda uchlikning ichki sferali yuzasida sirpanish imkoniyatiga ega) prujina (3) bilan siqib turadi. Prujinani (3) siqilgan holida qopqoq (8) bilan siljitmaydigan halqa (9) ushlab turadi (90-rasm). Rul tortqisining uchliklari moydondan (11) moylanadi. Birikmalardagi moy ifloslanmasligi hamda oqib tushmasligi uchun himoyalovchi rezina zichlagichlar (7) bor. Ko‘ndalang rul tortqisi bo‘ylama rul tortqisidan uzunligini o‘zgartirish mumkinligi bilan ham farq qiladi.


Download 15,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish