To’plamning muallifi to’g’risida ma’lumot


Auditorlik xulosasi va uni tuzish



Download 1,15 Mb.
bet104/107
Sana31.05.2022
Hajmi1,15 Mb.
#622497
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
Audit TOPLAM 60 soat 1213

Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi 
Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi bo`lib, undan 
foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi bo`lib xizmat 
qiladi. Buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar auditorlik xulosasida bayon 
qilingan fikrga tayanib, auditorga yoki auditorlik firmasiga ishonch bildiradilar.
Ushbu ishonch, eng avvalo, auditor tomonidan bajarilgan ishning sifati bilan 
qo`lga kiritiladi va oqlanadi.
O`zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to`g`risida» gi qonunning 
19-moddasiga muvofiq, «Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning to`g`riligi
va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan
talablarga muvofiqligi to`g`risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xojalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo`lgan hujjat». Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi. Auditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan 
imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan bo`lishi kerak. 
Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan auditorlik xulosasini 
tayyorlash ishlarida auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) 
qoidalarining talablarini inobatga olish zarur. Auditorlik xulosasini tayyorlashda 
asosan 70-son AFMS dan foydalaniladi. 
Audit natijalari korxonadagi jarayonlar va moliya-xojalik faoliyati 
natijalarini tashkil etish va hisobga olishni xolisona aks ettirishi lozim. Boshqacha 
qilib aytganda, auditorlik tekshiruvi mumkin qadar obyektiv bo`lib, uning xulosasi 
ma'lum ma'noda xojalik yurituvchi subyekt rahbariyati ustidan chiqarilgan «hukm» 
hisoblanadi. 
Shuningdek, davlat organlari topshirig`iga binoan o`tkazilgan tekshiruv 
natijalari bo`yicha tuzilgan auditorlik xulosasi O`zbekiston Respublikasi 
protsessual qonunchiligiga muvofiq tayinlangan ekspertiza xulosasiga tenglashtiriladi
Auditorlik xulosasi uchta: kirish, ta'kidlovchi va yakunlovchi qismdan iborat 
bo`lishi lozim.

1. Kirish qismida quyidagilar ko`rsatiladi: 


- auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlar; 
- litsenziyasining tartib raqami; 
- auditorlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun litsenziya bergan organ nomi 
va berilgan vaqti, shuningdek, litsenziyaning amal qilish muddati; 
- auditorlik tashkilotini davlat ro`yxatiga olish to`g`risidagi guvohnomasining 
raqami; 
- auditorlik tashkilotining hisob-kitob schyoti; 
- tekshiruvda ishtirok etgan barcha auditorlar hamda auditorlik tashkiloti 
rahbarining nasabi, ismi-sharifi. 
- auditorlik tekshiruvi o`tkazish uchun asos va xojalik yurituvchi 
subyektning umumiy tavsifi. 
Shu bilan birga auditorlik xulosasining kirish qismida tekshiruvdan 
o`tkazilgan moliyaviy hisobotlar ro`yxati, sanasi va hisobot davri ko`rsatilgan 
holda aks ettirilishi lozim. Shuningdek, kirish qismida, auditorlik tekshiruvidan 
o`tkaziladigan hisobotning tayyorlanishi va ishonchliligi uchun mas`uliyat xojalik 
yurituvchi subyekt rahbariyatiga yuklatilishi, mazkur moliyaviy hisobot bo`yicha
berilgan auditorlik xulosasi uchun esa auditorlik tashkiloti javobgar ekanligi 
ko`rsatilishi lozim.

2. Auditorlik xulosasining ta'kidlovchi qismida auditorlik xulosasi AFMS 


ga muvofiq o`tkazilganligi ta'kidlanishi lozim. 
Ta'kidlovchi qism moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning 
ishonchliligini va qonunchilikka hamda xojalik yurituvchi subyekt moliya-xojalik 
faoliyatining haqiqiy ahvoliga muvofiqligini baholashini ko`rsatishi lozim. 
Shuningdek, ta'kidlovchi qismda o`tkazilgan auditorlik tekshiruvi fikr bildirish 
uchun yetarli asos berishi to`g`risida auditorlik tashklotining tasdig`i aks ettirilishi 
lozim.

3. Auditorlik xulosasining yakunlovchi qismida xojalik yurituvchi 
subyektning moliyaviy hisoboti ishonchliligi va qonunchilikka muvofiqligini 
tasdiqlash to`g`risida yozuv yoziladi. 
Tekshiruv auditorlik tashkiloti tomonidan o`tkazilganda, auditorlik 
tashkilotining rahbari yoki auditorlik tashkilotining u vakolat bergan boshqa 
xodimi imzolaydi va auditorlik firmasi muxri bilan tasdiqlaydi.
Xojalik yurituvchi subyekt faqat auditorlik xulosasining yakuniy 


qisminigina manfaatdor shaxslarga taqdim qilishi lozim. Shu munosabat bilan 
auditorlik xulosasining taxliliy qismi va yakuniy qismi alohida imzolanishi va 
muxrlanishi mumkin. Auditorlik xulosasining ikkita turi mavjud: a) ijobiy 
auditorlik xulosasi; b) salbiy auditorlik xulosasi.
Ijobiy auditorlik xulosasida buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobot 
ko`rsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. qoidaga ko`ra 
ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti xojalik yurituvchi subyektning 
moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holati va sodir etilgan moliya-xojalik 
muomalalarining O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini 
ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim. Misol tariqasida 
ijobiy auditorlik xulosasining namunaviy shaklini keltiramiz.
Salbiy auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli 
to`g`risida ishonarli ma'lumot bermagan va buxgalterlik hisoboti hamda uning 
moliya-xojalik faoliyati hisobi amaldagi me'yoriy qonunchilik talablariga mos 
kelmagan holda yuritilgan vaqtda tuziladi. Bunday xato-kamchiliklar o`z
vaqtida tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg`itishi mumkin.
Salbiy auditorlik xulosasi tuzish auditorlik amaliyotida kamdan-kam
uchraydigan holat bo`lib, bunga quyidagi muayyan vaziyatlar sabab bo`lishi 
mumkin: 
- auditor tomonidan aniqlangan buxgalteriya hisobotidagi xato-kamchiliklar 
jiddiy va salmoqli bo`lgan holatlar; ayrim mijoz-korxonalarda bunday holatlar 
ularning iqtisodiy nochorligi bilan birgalikda yuzaga, xatto amal qilayotgan 
korxona prinsipining buzilishiga yetib boradi; 
- moliyaviy hisobotni tasdiqlash uchun zarur bo`lgan dastlabki hujjatlar, 
buxgalteriya hisobi ma'lumotlari va hisob registrlari hamda boshqa hujjatlarning 
katta qismi korxona ma'muriyati tomonidan taqdim etilganda; bunda auditorlik 
tashkiloti vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda 70-sonli AFMS ga 
muvofiq, auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechishi ham mumkin; 
- ijobiy auditorlik xulosasi tuzishga to`sqinlik qiladigan boshqa obyektiv 
vaziyatlar ham, xususan, vaziyat taqozosi vujudga keladigan cheklashlar; 
- mijoz-korxona ma'muriyati moliyaviy hisobot ma'lumotlarini asosan to`g`ri 
deb, auditorlik xato va noaniqliklar to`g`risidagi asosiy xulosalari bilan rozi 
bo`lmasdan, tegishli hisob yozuvlarini tuzatishni batamom rad etish holatlari vahokazo.
Salbiy auditorlik xulosasi xojalik yurituvchi subyekt tomonidan sodir etilgan 
moliyaviy va xojalik muomalalari moliyaviy hisobotda ishonarli aks ettirilgan, 
ammo qonunchilikka mos kelmaydigan hollarda ham tuziladi. 
Salbiy auditorlik xulosasini tuzishga, qoidaga ko`ra, xojalik yurituvchi 
subyektning auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlangan xato kamchiliklarni 
bartaraf qilish maqsadida moliyaviy hisobotga o`zgartishlar kiritish to`g`risida 
bildirilgan fikrga noroziligi sabab bo`ladi. 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SURXANDARYO VILOYATI TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH BOSHQARMASI

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish