2- Soch turmagi kompozitsiyasi.
Modellashtirish jarayoni: Obraz ustida ishlashning birinchi bosqichida modelyer
o‘zining fantaziyasi va tafakkuriga oziqa berib boyituvchi zamonaviy jamiyat
hayoti, tarixiy o‘tmish, badiiy adabiyot asarlari, kino, teatr san’ati, boshqa
mualliflarning modaga tegishli tavsiyalari va hokazo turli ijodiy manbalariga
murojaat qiladi. Bu manbalardan olingan ayrim tasavvurlar modelyer ongida
fikrning paydo bo‘lishiga va amalga oshiruviga olib keladi. Amaliy bezak
san’atida kompozitsiya asosiga qo‘yilgan badiiy element motiv deb yuritiladi.
Motiv xususiyati, uning manbalari ko‘pincha soch turmagining badiiy yechimini
belgilab beradi. Modelyer-sartarosh kompozitsiya ustida ishlayotib m a’lum
badiiy obraz yaratishga intilishini, ko‘pincha soch turmagi libosga nisbatan tobe
munosabatda bo‘lishini hisobga olib, libosdagi qaysidir detal soch turmagi
kompozitsiyasi ustida ishlashga turtki bo‘lib qoladi. Masalan, libosning baland
yoqasi soch turmagini shakllantirishdagi yetakchi g‘oya bo‘lib qolishi mumkin. 3.
Do'stlaringiz bilan baham: |