2.O‘zgarmas tok mashinasining ishlash tartibi.
Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradigan mashinalar generator deyiladi. Agar generator o‘zgarms tok ishlab chiqarsa va uni tashqi zanjirga bersa, unday mashinalarni o‘zgarmas tok mashinasi deb ataladi. Bunday generatorning prinsipial tuzilishi quyidagi rasmda ko‘rsatilgan.
Agarda o‘zgarmas magnit maydonida simli g‘altakni aylantirilsa, u holda magnit maydoni g‘alta ko‘ramlarin ikesi bo‘tib, ularda o‘zgaruvchan elektr yurituvchi kuch hosil qiladi. Generatorning kollektorlariga yopishtirilgan cho‘tkalar orqali o‘zgaruvchan elektr yurituvch ikuchni o‘zgarmas elektr yurituvchi kuchga aylantiriladi. Agarda g‘altak o‘ramlariga kollektordagi cho‘tkalar orqali o‘zgarmas tokmanbaini ulasak, u holda g‘altakdan o‘tgan elektr toki o‘zgarmas magnit maydoni bilan o‘zaro munosabatda bo‘lib, mexanik energiya hosil qiladi va yakor aylana boshlaydi. Buni elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirish deyiladi. Bunday mashinalar o‘zgarmas tok dvigatellari deyiladi. Bunday o‘zgarmas tok elektr dvigatelini dunyoda birinchi bo‘lib rus o limi, akademik Boris Semyonovich Yakobi 1834-yilda yasagan.
O‘zgarmas tok generatorlari va dvigatellari yeг yuzining hamma mamlakatlarida ishlatiladi.
3.O ‘zgarmas tok mashinalarining uyg‘otish sistemalari .
Uyg‘otish o‘ramini tashqi manba elektr tokidan ta’minlash mumkin. Bu manba akkumulyator batareyasi ham bo‘lishi mumkin. Bunday uyg‘otish sistemasiga ega
bo‘lgan mashina uyg‘otish sistemasi mustaqil bo‘lgan mashina deyiladi. Agarda mashinaning uyg‘otish sistemasi o‘zida tayyorlangan elektr tokidan foydalansa, u holda mashina o‘zini-o‘zi uyg‘otuvchi mashina deyiladi.O‘zgarmas tok mashinalarining uyg‘otish sistemalari o‘zini-o‘zi uyg‘otish bo‘yicha yakordagi o‘ramlarga ulangan sxemalar har xil bo‘ladi. 3-rasm da mumkin bo‘lgan uch xil uyg‘otish sistemasi ko‘rsatilgan.
3-rasm.O‘zgarmas tok mashinalarining uch xil uyg‘otish sistemasi.a-parallel uyg‘otish o‘rami; b-ketma-ket uyg‘otish sistemasi; d-aralash uyg‘otish sistemasi. Agarda uyg‘otish cho‘lg‘amlari yakorning o‘ramlariga parallel ulangan bo‘lsa, u holda bunday uyg‘otish sxemasi mashinalarni parallel uyg‘otish mashinalari deyiladi. Bunday sxemada uyg‘otish o‘ramiga xuddi parallel ulangan zanjirga o‘xshab tokning kam qismi oqib o‘tadi. Uyg‘otish toki va elektr tarm oqlaridagi iste‘molchilarga oqayotgan tokning yighndisi mashinaning ishlab chiqarayotgan to‘liq toki hisoblanadi. Parallel uyg‘otish o‘ramining qarshiligi yakor o‘ramining qarshiligidan bir necha o‘n marta ko‘p bo‘ladi. Agarda mashinaning uyg‘otish o‘rami yakorning o‘rami bilan ketma-ket ulangan bo‘lsa, u holda bunday sxemali uyg‘otish mashinasi ketma-ket ulangan uyg‘otish mashinasi deyiladi. Bu holda uyg‘otish o‘rami qalin simdan bo‘lib, qarshiligi esa juda kam bo‘ladi, chunki hamma tok uning uyg‘otish o‘ramidan o‘tadi. Agarda uyg‘otish o‘rami ikkita cho‘lg‘amdan iborat bo‘lsa, bu holda biri yakor o‘ramiga parallel, ikkinchisi esa yakor o‘ramiga ketma-ket ulanadi, bunday mashinalarni uyg‘otish o‘ramlariaralash bo‘lgan mashinalar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |