MS DOS OT da papkalar bilan ishlash.
Katalog tushunchasi, uning nomi. Magnit disklarida fayl nomlari katalogda saqlanadi. Katalog fayl nomlari, uning hajmi, tashkil etilgan sanasi va boshqa xossalari haqida ma’lumotlarni saqlaydi. Kataloglar ham fayllar kabi nomlanadi, lekin uning kengaytmasi bo‘lmaydi. Diskda bir nechta katalog bo‘lishi mumkin. Katalog ichida boshqa kataloglar joylashishi mumkin. Bu holatda tashqi katalog - tub katalog, ichki katalog ost katalog deb ataladi. Foydalanuvchi ishlayotgan katalog joriy katalog sanaladi.
Katalog tashkil qilish(md(make directory) buyrug‘i). Yangi katalog tashkil qilish uchun md buyrug‘idan foydalaniladi.
Masalan: C:\>work>md tiko—buyrug‘i bajarilishi natijasida, work katalogi ichida tiko katalogi tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |