c:\>del nti.bas buyrug‘i nti.bas faylini o‘chirish uchun xizmat qiladi.
Katalog tashkil qilish(md(make directory) buyrug‘i). Yangi katalog tashkil qilish uchun md buyrug‘idan foydalaniladi.
Masalan: C:\>work>md tiko—buyrug‘i bajarilishi natijasida, work katalogi ichida
tiko katalogi tashkil qilinadi.
Katalogga kirish(cd(change directory) buyrug‘i). Katalogga kirish uchun cd buyrug‘i qo‘llaniladi. Masalan, quyidagi buyruq mos holda, c:\>cd tiko tiko katalogiga kirish uchun xizmat qiladi.
Katalogni o‘chirish(rd(remove directory) buyrug‘i). Katalogni o‘chirish uchun dastlab uning ichidagi fayllar o‘chiriladi. So‘ngra bo‘sh katalogni o‘chirish uchun rd buyrug‘i qo‘llaniladi. Masalan, C:\>work>rd tiko buyrug‘i tiko nomli (faqat bo‘sh) katalogni o‘chiradi.
Bir nechta fayllarni birlashtirish. copy buyrug‘idan bir nechta fayllarni birlashtirish va natijada, yangi bitta fayl tashkil qilish uchun ham foydalanish mumkin, u holda birlashtiruvchi fayllar orasiga “+” belgisi qo‘yiladi.
Masalan, C:\>copy a1+a2+a3 a4 buyrug‘i a1, a2 va a3 fayllarni birlashtirib, yangi a4 faylini tashkil etadi.
Diskni formatlash(format buyrug‘i). Disklarni birinchi martaba ishlatishdan oldin u bilan DOS tizimi uchun muloqotga imkoniyat yaratilishi lozim. Buning uchun diskni formatlash kerak bo‘ladi.
Buyruq formati: format disk nomi: [ parametrlar]
A diskni formatlash uchun quyidagi buyruq beriladi: C:\>format A:
Mabodo, diskga qandaydir ma’lumotlar yozilgan bo‘lsa, u format buyrug‘i berilishi bilan o‘chiriladi. Buyruq berilgandan keyin ekranda quyidagi so‘rov paydo bo‘ladi.
Insert new diskette to drive x: and strike enter when ready(disketni qo‘ying va [Enter] tugmachasini bosing).
Agar disk yaroqsiz bo‘lsa, u holda Track 0 bad — disk unusable (0-yo‘l yaroqsiz, diskdan foydalanish mumkin emas) xabar paydo bo‘ladi.
Disk formatlangandan keyin yana quyidagi so‘rov paydo bo‘ladi: format another
(Y/N)? {yana formatlash kerakmi (Y-ha, N-yo‘q)?}
Foydalanuvchi esa, o‘z navbatida kerakli ma’lumotni berishi lozim.
(Y/N)? {yana formatlash kerakmi (Y-ha, N-yo‘q)?} Foydalanuvchi esa, o‘z navbatida kerakli ma’lumotni berishi lozim.
O‘chirilgan faylni tiklash(qu buyrug‘i). Bexosdan o‘chirilgan fayl yoki fayllarning eski nusxasini tiklashda qu buyrug‘i qo‘llaniladi. Masalan, c:\>qu nti.txt buyrug‘i nti.txt nomli faylni mazkur katalogda qayta tiklash uchun qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |