> buyrug‘i kiritiladi va 2 marta [Enter] tugmachasi bosiladi. So‘ngra F6(yoki CtrlZ) tugmachasi bosiladi. Ekranda
^Z belgisi paydo bo‘ladi va yana [Enter] bosiladi.
Fayl mazmunini ko‘rish(type buyrug‘i). Matnli fayl mazmunini ekranga chiqarish uchun type buyrug‘i qo‘llaniladi. Masalan:
C:\>type nti.txt buyrug‘i nti.txt fayl mazmunini ekranga chiqaradi. Ekranga chiqarishni to‘xtatish uchun [Ctrl[[S] tugmachalarini ketma-ket bosish lozim, shu tugmachalarni qayta bosish esa, ekranga chiqarishni tiklaydi. Ekranga chiqarishni tamomlash uchun [Ctrl][C] yoki [Ctrl][Break] tugmachalari bosiladi.
Fayl yoki fayllar guruhini nusxalash(copy buyrug‘i). Fayl yoki fayllar guruhini bir diskdan boshqa diskka, yoki bir katalogdan boshqa katalogga nusxalash uchun copy buyrug‘i qo‘llaniladi.
Masalan: A:\>copy *.* C: buyrug‘i A diskdagi barcha fayllarni C diskka nusxalash uchun; C:\>copy papers A: buyrug‘i papers katalogini C diskdan A diskka nusxalash uchun qo‘llaniladi.