Birhadlar va ko’phadlar.
Algebraik ifoda. Natural ko'rsatkichli daraja. Birhad. Algebrada qo'llaniladigan harfiy belgilashlar bir xil turdagi ko'plab masalalarni formulalar ko'rinishida berilgan umumiy qoida asosida yechishga imkoniyat yaratadi. Agar sonli ifodadagi ayrim yoki barcha sonlar harflar bilan al-mashtirilsa, harfiy ifoda hosil bo'ladi. Biz harfiy ifodalash-dan matematika, fizika va boshqa fanlarni o'rganishda keng foydalanamiz.
To'rt matematik amal, butun darajaga ko'tarish va bu-tun ko'rsatkichli ildiz chiqarish ishoralari orqali birlash-tirilgan harflar va sonlardan iborat ifodalar algebraik ifoda deyiladi. Agar algebraik ifodada sonlar va harflarning ildiz ishoralari qatnashmasa, u ratsional algebraik ifoda, ildiz ishoralari qatnashsa, irratsional algebraik ifoda deyiladi. Agar ratsional ifodada harfli ifodaga bo'lish amali qatnashmasa, u butun algebraik ifoda deyiladi.
M i s o 11 a r. 1) 6b-3a + dc — butun algebraik ifoda;
Do'stlaringiz bilan baham: |