1) TOPINAMBUR (HELIANTUS TUBEROSUS L.) OSIMLIGI
BIOLOGIYaSI
Topinambur (Helianthus tuberosus) murakkabguldosh- lar (Asteraclae) oilasiga mansub bolib, kop yillik tuganakli osimlik hisoblanadi.Boyi 1,5-2 metrga etadigan osimlik. Poyasi serbarg, gadir- budur tukli, yuqoriga qarab shoxlagan. Barglari yirik, sertuk, uzun bandli, barg plastinkasi tuxumsimon, chetlari arrasimon qirqilgan, poyasi qarama-qarshi joylashgan. Gullari savatchaga toplangan bolib, yakka-yakka joylashgan. Savatchaning or- tasida naychasimon chetlarida soxta tilsimon gullar joylashgan. Gullarning rangi tiniq toq sariq rangda boladi. Bu osimlik urug bermaydi. Iyul-avgust oylarida gullaydi Geografik tarqalishi. Vatani asosan Shimoliy Amerika.Hozirgi kunda Topinambur Amerika, Fransiya, Angliya, Nor- vegiya, Shvetsiya, Rossiya, Ukraina va Orta Osiyoda katta maydonlarda yetishtirib kelinmoqda.
Mahsulotning tashqi korinishi. Yer ostki poyalarining uch-
laridagi mevalarning shakli noksimon. Asosiy mevasi ildiz
markazida hosil bolib, ularning shakli har xil kartoshkaga
oxshaydi. Mahsulotning oziga xos hidi va mazasi bor.
Kimyoviy tarkibi. Yer osti va yer usti qismlarida A, B1, B2
va C vitaminlari mavjud. Tuganaklarida 16-18 % inulin hamda
qand moddalari, 16 xil aminokislotalar va pektin moddasi ham
mavjud.
Ishlatilishi. Topinambur osimligi oshqozon va ichak
funksiyalarini faollashtiradi, unda uchraydigan, kasallik qoz-
gatuvchi bakteriya, virus va zararkunandalarga nisbatan chi-
damlilikni oshiradi. Tuberkulyoz, osteoxondroz, buyrak ka-
salliklari, gri pp, angina, onkologik kasalliklarni oldini olishda
va davolashda eng samarali osimlik hisoblanadi. Yer nok
toxtamay qollash qondagi shakar miqdorini pasaytiradi. Qon-
ning immunologik korsatkichlari yaxshilanadi va infeksion
kasalliklarga moyillik kamayadi
Topinambur, yernok (Helianthus tuberosus L.) murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimlik, tuganak mevali yemxashak ekini. Vatani — Shim. Amerika. Yevropaga 17-asr boshlarida keltirilgan. Rossiyada 18-asrda tarqalgan. Oʻzbekistonda silosbop ekin sifatida ekiladi. Poyasining koʻrinishi kungaboqarnp eslatadi. Yer osti poyalarida 20—70 ta noksimon (ernok nomi shundan), choʻzinchoq, urchuqsimon va sirti silliq yoki burushikdi tuganak hosil boʻladi. Ildizi popuksimon, tuproqqa 2–3 m kirib boradi. Boʻyi 1,2—2,5, baʼzan 4 m gacha. Barglari bandli, tuxumsimon, gullari savatchatoʻpgulga yigʻilgan. Mevasi pista, 1000 dona pistasi vazni 7—8 g .
T.ning yer usti poyasi —6°, yer osti poyasidagi tuganaklar —20° ga chidaydi. Shoʻrlanmagan tuproqlarda oʻsadi, oziqaga talabchan. Oʻsuv davri 120—200 kun. T. ayni paytda texnik va oziq-ovqat oʻsimligi hisoblanadi. Tuganagi oziqovqatga ham ishlatiladi. Tarkibida 2,3% oqsil, 0,2% moy, 17,9% azotsiz moddalar, 1,3% kul va boshqa, shuningdek, 1618% inulin [undan qand (fruktoza), spirt ishlab chiqariladi], V,, S vitaminlar, 100 kg palagida 22,5 ozuqa birligi va 1,8 kg gʻazm boʻluvchi protein bor. T.dan tibbiyotda har xil doridarmonlar tayyorlanadi. T. yetishtirish uchun 25—50 g li tuganaklari ekiladi (yiriklari faqat bahorda kesib ekilishi mumkin). Ekish sxemasi: 70x70, 60x60, chuq. 10—15 sm. Poyasi yoz oʻrtasida oʻriladi, kuzda tuganagi kavlab olinadi. Koʻkati oʻrilmasa tuganak hosildorligi yuqori boʻladi. Hosildorligi: koʻk massa boʻyicha 350 — 500 s/ga, tuganagi boʻyicha 200—250 s/ga. Tuganagi yer ostida yaxshi sakdanadi, shu sababli uni zaruratga qarab kavlab olinadi.
Kasalliklari: ildiz chirish, nekroz. Zararkunandalari: tunlamalar, uzuntumshuq, simqurt.Kopgina ozbek tilidagi saytlarda rastoropsha deb nomlanayotgan osimlikning ozbekcha nomi olabota bolib, u murakkabguldoshlar oilasining shu nomli turkumiga kiradi. Olabuta (Silybum) turkumi oz ichiga ikki turni oladi. Ulardan biri dogli olabuta (Silybum marianum) bolib, Ozbekiston hududining janubiy viloyatlarida osadi. Quyidagi maqolamizda ushbu osimlik haqida soz boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |