To'siq qo'yish
To'siq - raqibning hujum zarbasiga qarshi harakat qilishning eng asosiy usuli hisoblanadi. Texnik nuqtayi nazardan to'siq qo'yish eng qiyin o'yin elementlaridan sanaladi. To'siq qo'yish elementini yuqori darajada egallash bilan o'yinchi qarshi hujumni uyushtirish, to'siqdan so'ng qimmatli ochkolarni yutish imkoniyatiga ega bo'ladi.
To'siq bir o'yinchi tomonidan (yakka) yoki ikki-uch o'yinchi tomonidan (guruhli) amalga oshirilishi mumkin. O'yinchi to'r yaqinida, yuqori turish holatida, qo'llarni yelka sathida ko'tarib, tovonlarini parallel holatda qo'yib turadi (18-rasm). Hujum qilinayotgan joyning masofasiga qarab to'r yaqinida yon tomonlarga qadam tashlash, yugurish, sakrash kabi harakatlarni bajarish mumkin.
To'siq qo'yish uchun awal o'yinchi oyoqlarini ko'proq bukib, qo'llarini qattiq silkib yuqoriga sakraydi. Qo'llar tirsakdan bir oz bukilgan holatda to'r tepasiga ko'tariladi. Optimal kuchlangan (barmoqlar orasi ochiq) kaftlar to'rning yuqori qismiga borganda, to'r osha yuqoriga-oldinga harakatlantiriladi. Zarba vaqtida kaftlar to'pga maksimal yaqinlashtiriladi va bilak bo'g'inlari hisobiga faol bukiladi. Bundan asosiy maqsad berilgan zarbani amortizatsiyalash va to'pni raqib jamoasining maydonchasiga yo'naltirishdan iboratdir.
Hujumchilar to'r chekkalaridan hujum zarbalarini berishda to'pni to'siqdan may don tashqarisiga chiqarib yuborishga harakat qiladilar.
Shu sababli to'siq to'r chekkasiga yaqin bo'lgan qo'l bilan yopiladi va to'pning maydonchadan chiqib ketishga yo'l qo'yilmaydi.
To'siq qo'yish texnikasining murakkabligi quyidagi uchta omilga bog'liq: joy tanlash; turgan joydan yoki harakatdan so'ng baland sakrash; qo'lni to'r ustiga ko'tarish vaqtini aniqlash.
Adabiyotlar:
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni. -Т.: «O'zbekiston», 1997.-25 b.
O'zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi qonuni. -Т.: «O'zbekiston», 1997. - 16 b.
O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi Qonuni. -Т.: 27-iyul, 2000.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 29-avgust, 2004-yil 3481-son Farmoni.
Айрапетьянц Л.Р., Годик М.А. Спортивные игры. // Монография. Т.: Ибн Сино, 1991. - 160 с.
Айрапетьянц Л.Р. Волейбол. // Учебник для высших учебных заведений.Т.: Zar qalam. 2006. - 240 с.
Ayrapetyants L.R., Pulatov A.A., Isroilov Sh.X. Voleybol. // Oliy o'quv yurtlari umumiy kurs talabalari uchun o'quv qo'llanma.T.: 2009. - 77 b.
Беляев A.B. Обучение технике игры в волейбол и её совершенствование. //Методическое пособие. М.: Олимпия. Человек., 2008. - 54 с.
Бержо. Волейбол высшего уровня. // Автор перевода с французского языка Ю.Б.Чесноков. М.: Олимпия. Человек, 2007. 31 с.
Волков Л.П. Теория и методика детского и юношеского спорта. Киев: Олимпийская литература, 2002. - 294 с.
Do'stlaringiz bilan baham: |