e) adabiy an`analar:
Adabiyotda mumtoz adabiyot namunalari yetakchi mavqega ega edi. Lekin Cho`lpon ijodida aruz o`rniga barmoqda ijod qilish an`anasi kuzatiladi. Buni Cho`lpon ta`biri bilan aytganda: “Ko`ngul boshqa narsa-yangilik qidiradir”.
Cho`lpon o`zigacha mavjud bo`lgan adabiy an’analardan foydalangan holda o`zi ham she’rlarida yangi obraz hamda motivlarni yaratdi. Fitrat, Hamza ijodida unumli foydalangan va tilimiz tabiatiga mos tushuvchi barmoq vaznida ijod qildi.
“Cho`lpon poeziyasi, bir tomondan, Sharqning boy ma`naviyati an`analariga suyansa, ikkinchi tomondan G`arbning rangin falsafasidan ham oziq oladi. Cho`lpon she`riyati Sharq va G`arbni o`zida jamuljam eta olgan she`riyatdir”. (Qosimov B va boshqalar. Milliy uyg`onish davri o`zbek adabiyoti.-T:“Ma`naviyat”,2004.B.425.)
Do'stlaringiz bilan baham: |