Ton r maxsu kent d ogik


Turkistonda dastlab ochilgan rus maktablari



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/88
Sana21.05.2021
Hajmi0,68 Mb.
#65063
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   88
Bog'liq
pedagogika nazariyasi va tarixi

4.Turkistonda dastlab ochilgan rus maktablari 
Markaziy Osiyo xonliklarida islom dini davlat dini hisoblanar edi. Musulmon ruhoniylari Markaziy 
Osiyoning feodal hukmronlari bilan mahkam bog‘langan edi; shu hukmronlarning yordami tufayli bu yerda 
musulmonlarning juda ko‘p diniy o‘quv yurtlari, chunonchi: masjidlar huzurida maktablar, madrasalar va 
shunga o‘xshagan o‘quv yurtlari bor edi. Turkistonda birinchi general-gubernatori bo‘lgan Kaufman barcha 
musulmon muassasalariga nisbatan “aralashmaslik” (betaraflik) siyosatini tutdi.  
O‘rta asr musulmon maktablarini isloh qilishdan bosh tortgan chorizm, ruslar o‘rnashgan yerlarda 
ochilgan rus maktablarini Turkistonda maorif sohasida o‘z siyosatining quroli qilib olishga harakat qildi. 
(Toshkentda dastlabki rus maktabi 1866 yilda ochilgan edi). Rus maktablariga ruslar bilan birga o‘qish 
uchun mahalliy aholi bolalari ham qabul qilinar edi. Turkistondagi boshlang‘ich rus maktablarida hunarga 
Rossiyaning Yevropa qismidagiga qaraganda, ancha ko‘proq o‘rgatilar edi; bundan maqsad mahalliy 
aholining bolalarini maktabga ko‘proq jalb qilish edi. 
Chorizmning Turkistonda ruslashtirishdan iborat maktab tizimi uning Povolje (Volgabo‘ylari) 
uchun maqullangan “Ilminskiy sistemasi”dan farq qilar edi. Qozon pedagogi Ilminskiy Volgabo‘yidagi 
chuvashlar, mariylar va boshqa xalqlar uchun alohida rus va mahalliy aholi maktablari ochgan edi. Bu 
maktablarda o‘qish dastlab bolalarning ona tillarida olib borilar, rus tili esa alohida fan sifatida o‘qitilar 
edi, shu bilan birga, hamma darsliklar xristian (pravoslavie) dinini targ‘ib qilish ruhida tuzilgan edi. 
Bulardan farqli o‘laroq, islom dini ta’siri kuchli bo‘lgan Turkistonning mahalliy aholisi o‘rtasida xristianlar 
missionerligiga ruxsat etilmas edi; buning ustiga rus maktablarida musulmon dinini o‘qitish ham man 
etilgan edi; rus maktablariga o‘qishga kirgan yerli aholi bolalari dastlabki kundanoq rus tilida o‘qitilar edi. 
Turkistonda dastlabki rus o‘rta o‘quv yurtlari 1870 yillardan ochila boshladi: 1876 yili Toshkentda, 
Verniyda (hozirgi Olmaotada) erlar va Xotin-qizlar gimnaziyalari. 1879 yili esa Toshkentda o‘qituvchilar 
seminariyasi ochildi. Gimnaziyalarga ham yerli aholining bolalari qabul qilinar edi. O‘qituvchilar 
seminariyalarida esa mahalliy aholi bolalariga 1G‘3 o‘rin ajratilgan edi. 
Turkistonda dastlab ochilgani ba’zi bir rus maktablarida o‘quvchilarning 1G‘4 ini va undan 
ko‘prog‘ini mahalliy aholi bolalari tashkil etgan bo‘lsa-da, lekin butun Turkiston o‘lkasi bo‘yicha 
hisoblaganda bunday maktablarda o‘quvchi mahalliy aholi bolalari 200 tadan oshmas edi. Bularning ham 
ko‘pi qozoq bolalari bo‘lib, o‘zbek va tojik bolalari juda oz edi, chunki musulmon ruhoniylari “kofirlar” 
maktablariga qarshi targ‘ibot yurgizar edilar. Rus maktablarida, ayniqsa o‘rta maktablarda o‘quvchilar 
o‘rtasida o‘z ijtimoiy ahvoliga ko‘ra boylar va oq suyaklarning bolalari ko‘pchilikni tashkil etar edi. 
Chorizmning maktab sohasidagi siyosati ruslashtirishdan iborat bo‘lsa ham, lekin rus bolalari bilan 
mahalliy aholi bolalarining birgalikda o‘qishlari, ular o‘rtasida o‘zaro do‘stlikni tarbiyalar edi. 
Rus maktabiga o‘qishga kirgan bolalar rus tilini mutlaqo bilmas edilar, natijada ancha qiyinchilik 
tug‘ilar edi. Shuning uchun rus maktabiga kirgan, lekin rus tilini mutlaqo bilmaydigan o‘quvchi rus tilida 
so‘zlashishni o‘rganib olmaguncha odatda quyi bo‘limda o‘qir, rus tilida so‘zlashishni o‘rganib olgandan 
keyingina yuqori bo‘limga o‘tkazilardi. Yuqori bo‘limlarga o‘quv yilining o‘rtalarida ham o‘tkazilar edi, 
chunki maktablar kichkina bo‘lib, bir vaqtning o‘zida mashg‘ulotlar bir necha bo‘limlar bilan olib borilar 
edi. 
Rus maktablarida o‘qiydigan qozoq bolalarning ko‘pchiligi internatlarda yashar edilar, xudi shu 
internatlarda rus tili yanada tezroq va puxtaroq o‘rganib olinar edi.  
Toshkentdagi gimnaziyada dastlabki yillarda, mahalliy aholining bolalarini rus tili bilan ko‘proq 
shug‘ullantirish uchun lotin tilini o‘rgatishdan ozod qilinar edi. 
1880 yillarning boshlariga kelib rus maktablarida o‘qiydigan o‘zbek va tojik bolalari uchun islom 
dinini o‘qitish kerak, toki ota-onalari bu maktablardan qo‘rqmasinlar, degan fikr tarqalgan edi. Turkiston 
ma’murlari bu fikrning qanchalik to‘g‘ri ekanligini tekshirishga qaror qildilar. 1884 yil 19 dekabrda 
Toshkentda, “eski shahar” qismida sinab ko‘rish uchun birinchi rus-tuzem maktabi ochilgan edi. 10 
yillardan keyin Toshkentda bunday maktablar soni to‘rttaga ko‘paydi. Bu tipdagi maktablar o‘lkadagi yirik 
shaharlar hamda qishloqlarda ham tashkil etila boshladi. O‘lkada rus, rus-tuzem maktablari ilk bor XIX 
asrning 70 – yillarida yuzaga kelgan bo‘lsa, 1904 yilga kelib ularning soni 57 taga yetdi.  


Rus-tuzem maktablarida o‘quvchilarga rus muallimi rus tilini hamda arifmetikani va boshqa 
fanlarni o‘rgatar, buning uchun o‘qish vaqtining yarmi ajratib qo‘yilgan edi. O‘qish vaqtining qolgan yarmi 
“Musulmon domla” ixtiyoriga berib qo‘yilgan bo‘lib, u eski usul maktablaridagidek bolalarga diniy darslar 
o‘qitish bilan shug‘ullanardi.  
Rus-tuzem maktablarida faqat o‘g‘il bolalar o‘qitilar edi. Ota-onalar qizlarini bunday maktablarga 
bermas edilar. 1903 yilda Turkiston pedagogika to‘garagi, Toshkentda qizlar uchun rus-tuzem maktabi 
ochildi. Lekin bu maktabning faoliyati uzoqqa cho‘zilmay, ikki yildan keyin yopilib qoldi. 
Rus-tuzem maktablarida rus tilini o‘qitish dasturi va uslubi rus bo‘lmagan o‘quvchilar uchun 
mo‘ljallab tuzilar edi. (bu maktablarda ba’zan rus bolalar ham uchrab qolar edi). 
1884 yili, sinash uchun ochilgan rus-tuzem maktabida (Turkiston o‘qituvchilar seminariyasining rus 
qismida) tarbiyalanuvchilar uchun o‘zbek tili kiritildi. Namangan yaqinida bir qishloqda 6 yil yashagan va 
o‘zbek tilini yaxshi o‘rganib olgan V.P.Nalivkin, bu maktabda birinchi bo‘lib o‘zbek tilini o‘qitgan edi. U 
sinash uchun ochilgan rus-tuzem maktabining birinchi o‘qituvchisi edi. Nalivkin V.P. seminariyada 1890 
yilgacha dars berdi. Dars chog‘ida Nalivkin bo‘lajak cho‘qituvchilarga faqat o‘zbek tilinigina o‘rgatib 
qolmasdan, balki ularda o‘lkani o‘rganishga ham havas uyg‘otgan edi. Seminariyada o‘qib chiqqanlar 
orasida rus-tuzem maktablarida ishlashga tayyor bo‘lgan va bu ishni sevib qolganlar anchagina edi.  
Turkistonning rus aholisi maktab ta’limi bilan yerli aholiga qaraganda ancha yaxshiroq 
ta’minlangan edi. Turkiston o‘lkasida birinchi bo‘lib rus maktabi Toshkentda 1866 yilda, Samarqandda 
1870 yilda, oradan 1-2 yil o‘tgach, Turkiston o‘lkasining boshqa shaharlarida ham paydo bo‘ldi. 
Bu rus maktablarida mahalliy aholi bolalari juda kam sonni tashkil etardi. 1876 yilda Toshkentda 
erkaklar progimnaziyasi va qizlar progimnaziyasi ochiladi. 1894 yilda real bilim yurti ochildi. Bu o‘quv 
yurtlarida boshqa shaharlardan kelgan o‘quvchilar uchun pansion (yotoqxona) ham bor edi. Bu maktablar 
davlat byudjetidan ta’minlanar edi.  
 1879 yilda Toshkentda Turkiston muallimlar seminariyasi ochildi. Bu seminariya maktablari rus 
boshlang‘ich sinflari uchun o‘quvchilarga ona tilidan muallimlar tayyorlab berishi lozim edi. XIX asrning 
80-yillari o‘rtalaridan boshlab seminariya rus-tuzem maktablari uchun ham muallimlar tayyorlashga ham 
kirishdi. Mahalliy tilni o‘rganish majburiy qilib qo‘yilganligi Toshkentdagi bu seminariyaning 
xususiyatlaridan biri bo‘ldi. Seminariyada V.P.Nalivkin o‘zbek tilida dars bera boshlagan birinchi 
o‘qituvchi bo‘ldi. 1887 yilda Nalivkin tuzgan lug‘at va grammatika risolasi nashr etildi. Bular tilshunoslik 
tarixida o‘zbek tiliga doir birinchi qo‘llanma bo‘ldi. 
Maktablar uchun ajratilgan mablag‘larning kattagina qismi o‘rta o‘quv yurtlariga sarflanardi. 
Toshkentdagi kodetlar korpusiga ayniqsa ko‘p mablag‘ sarf bo‘lar edi. Ishlab turgan to‘rtta o‘quv yurtidan 
tashqari 1900 yildan boshlab yana beshta o‘quv yurti ochildi. Samarqandda va yangi Marg‘ilonda qizlar va 
erkaklar gimnaziyalari ishga tushdi; 1905-1916 yillar ichida o‘rta maktablar soni ikki baravardan ziyodroq 
ko‘paydi; uezd markazlarining deyarli hammasida o‘rta maktablar paydo bo‘ldi.  
Iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan Qo‘qon va Toshkent shaharlarida 1905-1907 yillarda yangi 
tipdagi o‘rta maktablar - o‘g‘il va qiz  bolalar birga o‘qiydigan kommersiya bilim yurtlari ochildi.  
Turkistonning iqtisodiy rivojlanishi hunar-texnika tipidagi maktablarning ochilishiga olib keldi. 
Chunonchi, 1896 yildayoq Toshkentda paxta zavodlari va boshqa zavodlarni ta’mirlash uchun kadrlar 
tayyorlaydigan bilim yurti ochildi; 1897 yilda irrigatsiya nazoratchilari tayyorlaydigan kurs tashkil etildi. 
1902 yilda Toshkent yaqinida qishloq xo‘jalik gidrotexnika maktabi ochildi: 1904 yilda Samarqandda 
bog‘dorchilik va shu yilning o‘zida Toshkentda temir yo‘l texnika bilim yurti ochildi. 1908 yilda 
A.M.Malinovskaya Toshkentda qo‘l-hunar ustalari hamda hisobchilar tayyorlaydigan xususiy qizlar hunar 
maktabini ochdi. Shu tariqa Turkistonda madaniy iqtisodiy rivojlanish ancha yuksa pog‘onaga ko‘tarildi.  

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish