Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati



Download 0,91 Mb.
bet125/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Bir aktyor teatri

Ikkinchi jahon urushi yillari she’riy kompozitsiyalar bilan askarlarga g'alaba va omonlik tilagan Muhsin Hamidovni O'zbekistondagi ilk «Bir aktyor teatri» vakili deb hisoblashgan. Aktyorning vokzalda, har kuni o'qigan she’riy kompozitsiyasi Vatan ozodligi uchun faqat g'alaba lozimligini. fashizm o'limga mahkumligini ta’kidlab turgan. Urushdan keyin O'zbekiston xalq artisti M.Hamidov klublarda. korxonalarda askarlarni. g'alabani ulug'laydigan she’riy kompozitsiyalar ijrosi bilan «Bir aktyor teatri»ning g'oyaviy qudratini namoyon qila olgan. Uning bu xizmatlari inobatga olinib, unvonlar berilgan.

An’anaviy teatr tarixiga nazar tashlasak, o'zbeklarda «Bir aktyor teatri» baxshilar qo'liga do‘mbira olib xalq qahramonlarini ulug'lay boshlagan kundan beri mavjud ekanligiga amin bo'lamiz. Chunki, baxshi - o‘zi shoir, o‘zi bastakor, o'zi qo‘shiq ijrochisi bo'lib, yakka o‘zi kechki yig'inni, ya’ni tomoshabinlarni tong otguncha «ushlab» turgan. Bu milliy, an’anaviy «Bir aktyor teatri»miz qadimiy ekanligini asoslaydi. Birinchidan yakka tartibda olti soat konsert ijro qiladigan artist jahon sahnasida bo'lmasa kerak. Ikkinchidan, g’arbda yakka tartibda she’r to'qigan, unga kuy bastalagan va uni qo'shiq qilib aytgan «Bard» har uch - besh daqiqadan keyin mavzuni o'zgartirgan, yangi qo'shiq aytgan. Baxshi esa bir mavzuni, voqealar rivojini hamda voqea ishtirokchilari obrazlari, barchasini yakka o'zi yaratganligi bilan takrorlanmas darajadagi «Bir aktyor teatri» hisoblanadi. Bu mavzu alohida tadqiqotga muhtoj.
Qiziqchi esa to'yga kelib «Dor o'yini» mavzusidagi tomoshasi bilan hammani lol qoldirgan. U to'yxonadagi keng maydonni tanlab, avval jarchi bo'lib hammani «dor» tomoshasiga chorlagan. Jarchiiarning bir necha kishi ekanligini ko'rsatish uchun u ovozini o‘zgartira olgan. So‘ngra dor ostida chalinadigan musiqa asboblari ovozlariga taqlid qilib og'zida kuylar chalgan. Dor tomoshasi muhitini yaratgan. Atrofiga to'yxondagi bolalar va odamlar to'planganligini ko'rib, korfarmon vazifasini bajarib tomoshani boshqargan. El nomidan tomosha ko'rsatgani kelgan «dorboztarni» duo qilib o'yinini boshlashga ruxsat bergan. Uning yakka o'zi «dor usti» va «dor osti» aktyorlari nomerlarini ko'rsata olgan. Uning yagona yordamchisi - uzun arqon bo'lib, uni yerga dordek tortib qo'ygan. Yer ustida cho'zilgan arqon «dor» va sahna vazifasini o'tagan. Bu a’nanaviy teatr tizimidagi o'ziga xos «Bir aktyor teatri» ekanligini ta’kidlash lozim. Bu mavzu ham o'z tadqiqotini kutmoqda.
XX asrning 70-yillarida to'ylarga kelib. qiziq hangomalar aytib, elni kuldira oladigan Abdufattoh Saidov va Muhiddin Dar- veshevlar paydo bo'ldi. Ularning tuyxonada yakka tartibda ijro etgan hangomalari, to'ydagi chiqishlari «Bir aktyor teatri» talablariga javob berardi. El sevgan bu hangomachi - qiziqchilar konsertlarga taklif qilishdi. darning konsertlardagi chiqishlari - «monolog», ya’ni nomer edi.
1992-yildan boshlab katta konsert zallarida yakka tartibda kulguli hangomalar ijro etadigan - qiziqchi Hojiboy Tojiboyev paydo bo'ldi. Lining «Ег-xotinning urishi - doka ro‘molning qurishi», «O'zbekning o'zi qiziq, o‘zidan ham so'zi qiziq», «Askarlar hayotidan», «Xotin o‘tin emas», «Kulguning 99 xili», «Yangisidan bor» nomli konsert dasturlari «Bir aktyor teatri»ning eng yorqin ifodasidir.
XULOSA
Insoniyat xursandchiligini yoki qayg'usini - so‘z, kuy, qo'shiq, o'yin yoki raqsda ifodalay olgan. Tabiat ofatlariga qarshi birgalikda xudolarga iltijo qilish natijasida xor paydo bo'ldi. Xor ijrosidagi iltijolar bir mavzuni yakunlguncha vaqt o'lchovi jihatdan ko'proq miqdorda maqsadga muvofiq harakat sarf qilingan. Natijada katta shakldagi tomoshalar paydo bo'lgan. Demak. insoniyat azaldan kichik yoki katta shakldagi tomoshalar bilan oshna ekan.
Xudolarga qilingan iltijolar mazmunan turlicha mavzularga ajralishi natijasida orttirilgan tajriba yozma shakldagi dramaturgiya - mavzuga asoslanib g'oyani ifodalaydigan voqealar tartibini yaratdi. Buning natijasida tomosha uchun mo'ljallab yozma ravishda g'oyani ifodalash harakati paydo bo'ldi. Shunday qilib tomosha turi ikki shaklga ajradi. Bu niyat va tuyg'ularni kuy. qo'shiq raqs va o'yinlarda ifodalaydigan - kichik shakldagi tomoshalar yoki ko'pchilik birlashib, mavzuga asoslangan g'oyani ifodalaydigan xor - katta shakldagi tomoshalardan iborat edi.
Tomoshaning har ikkala shakli ham bayramlarning mohiyatini ochishga xizmat qilgan. Avvalo xudolarga murojat qilgan xor iltijolari ijro qilingan, so'ngra xursandchilik - kuy. qo'shiq. raqs va o'yinlar bilan bayramlar yakunlangan.
Tomoshaning katta shakli asosida insoniyatni g'oyaviy tarbiyasi uchun xizmat qiladigan tragediyalarda xudolar o'rtasidagi munosabatlar oqibatida kclib chiqadigan fojialar ifodalandi. Natijada insonlarni - ilohiy, g'oyaviy. mafkuraviy, axloqiy, tarbiyalash uchun xizmat qiladigan tragediyalarni namoyish qiladigan joy, katta tomosha shaklini ko'rsatadigan - teatr paydo bo'ldi.
Rivojlanish va qaram qilish siyosati natijasida yirik davlatlarni paydo bo'lishi - unga mafkuraviy xizmat qiladigan teatrga katta e’tibor berishini taqozo etdi. Insonlarning qalbi va ongiga ma’lum g'oyalarni singdirish orqali davlat mafkurasiga xizmat qildirish uchun teatr - tomosha uzliksiz xizmat qilishi mumkinligi ma’lum bo'ldi. Shunday qilib, Qadimgi yunonlar katta shakldagi tomoshalarning amaliy va nazariy asoslarini, janrlarini aniqladilar. Ular tragediya. komediya. drama nomi bilan, ommani g’oyaviy va mafkuraviy tarbiyalash mumkin bo'lgan katta tomosha shakllarini davlat miqyosida rivojlantirishdi. Lekin insonlarni orzu-umidlarini. his-tuyg‘ularini ifodalaydigan musiqa, qo’shiq, raqs va o'yin - kichik shakldagi tomoshalar omma tomonidan rivojlantirilib insoniyat uchun xizmat qilishda davom etaverdi. Kichik shakldagi tomoshalarning mafkuraviy jihatdan xalqqa xizmat qiladigan badiiy, g'oyaviy. ruhiy, qudratiga Yevropada - konsert degan tushuncha paydo bo'lgandan keyin ahamiyat berildi. Bu kichik shakldagi tomosha turlarini bir joyga jamlash - konsert tashkil qilish, mazmunan va g'oyaviy jihatdan bir-biriga yaqin nomerlarni mafkuraga xizmat qiladigan shaklga olib keldi. Nazariyotchilar uni tomoshalar tizimida - tragediya, komediya, va dramadan keyin «estrada» deb nomladi. lining janrlari belgilandi. Amaliyotchilar esa uni tomosha turi: teatr, sirk, opera va balet qatorida «estrada san’ati», deb belgiladi. Yuqorida biz bu san’at turi qanday jarayonni bosib o'tganini bir tizimga solib ko'rib chiqdik. Mazkur dasrlik ilk bor 0‘zbekistonda, o'bek tilida yaratilganligini inobatga olib, uni yanada takomillashtirish va to’ldirish niyatida milliy etsrada san’ati rivojiga hissa qo’shgan amaliyotchilar. olimlar va bu san’at turining ashaddiy muxlislaridan takliflar qabul qilamiz. Chunki, ular bilgan o’zbek estrada san’atiga xos bo'lgan jarayon bu darslikni yanada boyitadi, degan umiddamiz.
MUNDARIJA

ESTRADA VA OMMAVIY TOMOSHALAR TARIXI 1
У "6 17 15

299

ESTRADA VA OMMAVIY TOMOSHALAR TARIXI 1
У "6 17 15

301
XII BOB. YUSUF QIZIQTOMOSHALARI

ESTRADA VA OMMAVIY TOMOSHALAR TARIXI 1
У "6 17 15

MAMUR UMAROV

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish