Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati


Milliy estradada «bir qo'shiqchi» teatri



Download 0,91 Mb.
bet124/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Milliy estradada «bir qo'shiqchi» teatri

Mustaqillik davri estrada qo'shiqchilari oldiga milliylikni saqlagan holda jahon estrada sahnasiga chiqish imkoniyatlarini yaratdi. Bu milliy estrada san’atining rivojlanishiga yana bir turtki hamda o'zbek estrada qo'shiqchiligining o'z «chizig'idan» chiqmagan holda dunyoga tanitish imkoniyatini tug'dirdi.
Yulduz Usmonovaning «Dunyo», «O'zbekiston», «Xalqim», Nilufar Rahmatovaning «O'zbek elim», marhum Nuriddin Haydarovning «Men nechun sevaman O'zbekistonni?» Sevara Nazarxoning «Vatanim», Gulsanam Mamazoitovaning «O'zbekiston - ona tuproq» kabi qo'shiqlari, mustaqillik davrining o'ziga xos, yangicha talqindagi vatanparvarlik mavzusini barpo qildi. Bu mavzu san'atda eng qadimdan ulug'lanib kelgan.
Ma’lum bo'ldiki. jahon, qolaversa, sharq estrada san'ati va uning namoyandalari Tamaraxonim, Botir Zokirov, Umm Kulsum, Gugush, Ahmad Zohir, Muslim Magomaycv, Ibrohim Totlisas, Zaynab Xonlarova. Sherali Jo'rayev, Jo'rabek Murodov, Yulduz Usmanova kabilar ijodlari «bir qo'shiqchi teatri» tushunchasini paydo qiidi. Bu o‘z navbatida yangi davr milliy estrada qo'shiqchiligi an’analarini boyitish bilan birgalikda, yangi ijodiy talablarning kelib chiqishiga sabab ham bo‘ldi. Bu mavzu tanlash, mavzuning g'oyaviy va obrazli yechimini topish va uni nomerlar tartibi hamda kompozitsiya ya’ni rivojlanish qonuni asosida ко‘rib chiqish sahnada yakka ijro etish talabi edi. Estrada qo'shiqchiligining «bir qo'shiqchi teatri» shaklida qad rostlashida bu talablar ijobiy turtki vazifasini o'tadi. Mazkur yo'nalish havasmand taqlidchilarni iqtidor darajasini ko'rsatib qo‘ydi. Bundan tashqari milliy ijro an’analarini o‘rganishga majbur qiidi. Xorij (asosan, sharq) estrada namoyandalari ijro uslublariga uquv bilan yondashish va sintezlashga savodli yondashish jarayonida ijobiy natija bera boshladi. Xonandalar tomonidan kuylanadigan turli xalqlar estrada qo'shiqlari, «bir qo'shiqchi teatri» repertuarini boyitishi mumkin. Mardon Mavlonov, «Sarbon» guruhi, Dilnoza Ismiyaminova, Lola Yo'ldosheva, Iroda Dilroz, Sofiya Saftarova, Og'abek Sobirov, Zoya Soy va hokazo ijrochilar talqinlarida o'zga xalqlar qo'shiqlari «prototip» emas, balki badiiy va ijro darajasining balandligi bilan milliy estradada «qo'shiq teatri» sifatida tan olindi va o’z navbatida yangi sintezlashgan musiqiy yo'nalishning shakllanishiga yo'l ochdi.
O'zbek bastakorlari tomonidan yetuk ijrochilar uchun milliy estradada «bir qo'shiqchi teatri» uchun original asarlar yaratildi. Yaratilgan asarlar qator qayd qilingan xonandalar talqinida yuqori badiiy saviyada ijro qilindi. Ma’lum me’yoriy talablar asosida milliy va sintezlashgan qo'shiqlarni ijod qilayotgan ijrochilar orasida badiiy mazmun o'lchovini turlicha belgilash mayli ham paydo bo'ldi. O'lchov ohang tizimidagi juz’iy kamchiliklardan xoli bo'lmasa-da, «bir qo'shiqchi teatri» darajasida ijro qilinayotgan asarlar uchun keng yo'l ochib berdi.
«Bir qo‘shiqchi teatri»da milliy o'ziga xoslikka tayangan holda badiiy yaxlitlikka erishish tushunchasi. estrada musiqasiga bo'lgan munosabatga ham bog'liqdir. Qayd qilingan ijrochilar tomonidan qo‘llanilgan badiiy me’yor darajasi va me’yor uchun omil bo'lgan ijro tarzining ular ovozlarida mujassamlashgan chiroyli tembr bilan mushtarakligi Mustaqillik davri estrada qo'shiqchiligi mezonini ham belgiladi. Ayniqsa, ba’zi yosh xonandalar ijrosidagi emotsional ifoda kompozitor tomonidan yozilgan qo'shiq ohangini boyitibgina qolmasdan, qo'shiqchining badiiy imkoniyatlari hamda barcha ijrochilarda ham bo'lavermaydigan kuchli his va fantatsiya yordamida to'latib kuylandi. Ular ijrosidagi barcha qo'shiqlar chuqur dard bilan hayotning o'ziga xos harakat qonuniga tayanib yo'g'rilganligi sababli ishonchli va aniq ma’no kasb etadi.
Aytish joizki, yangi janrga bo'lgan davr talabi nafaqat asar kompozitsiyasining mukammalligi, balki konsert kompozitsiya- sining badiiy yaxlitligi, ijrochining badiiy tafakkuri. ovoz imkoniyatlari, obrazlarning plastik ifodasining ijrochi va raqqoslar tomonidan topiIganligi, shuningdek, professional estrada qo'shiqchisi uchun shartli hisoblangan estrada-simfonik orkestr jo'rligida kuylash shartini ham belgilab qo'ydi. Bunday talablar havaskor ijrochilar safining ko'paymasligi va ular ijrosini katta sahnalarga olib chiqilmaslikning oldini olishda ham qo'l keldi. «Bir qo'shiqchi teatri» talablariga amal qilganlarda estrada. milliy xususiyat, qolaversa, xalq hayoti tajribasidan xabardorlik, badiiy- g'oyaviy imkon darajalari yuqori bo'lgan o'zbek qo'shiqchilari bilan hamkorlik. ularning ijodida unut bo'lmagan xalq xarakteri, urf-odatlarni, milliy qadriyatlarini aks ettira olish qobiliyati yaqqol ko'rina boshladi. Bu ko'rinishni mushohada qilmaslik qo'shiqchilar ijodlarida xalq qalbi. milliy joziba va jo'shqinlikni pisand qilmaslik deb talqin qilinadi. Turli xalqlarning yoki turli tillarida yozilgan qo'shiqlarni meyorida ijro qilayotgan Mardon Mavlonov, Diana Ziyatdinova, Sug'diyona - Oksana Nechitaylo, Sevara Nazarxon ijrolarida yuqori darajada amalga oshirilgan talqinlarning sababi ham o'z xalqi ichki dunyosi orqali boshqa xalqlar qalbini his qilish, ya’ni ma’naviy boyligini idrok etish va ko'ra bilishliklaridadir. Ular ijrosida aytilgan qo'shiqlar yangi ifoda bilan birgalikda, asar mazimmiga qo'shimcha ma’no kasb etgan holda estetik jihatdan boy. jo'shqin, hayotiy yechimini topgan. Estrada raqsbop qo'shiqlarining raqs san’ati orqali mazmunan boyishi alohida tadqiqot mavzusidir. Qo'shiq raqqosaning aktyorlik mahorati yordamida teatrlashtirilgan «tomosha»ga aylanadi. Bunda bastakor yoki aranjirovkachidan tashqari estrada rejissyori ishtiroki ham kuzatiladi. «Bir qo'shiqchi teatri» qahramonni endi raqs ustalari va rejissyor bilan hamkorlikda repetitsiya qiladi. Ular konsertidagi kuylar asosini gitaralar. elektr organlar tashkil qiladigan guruhlarga nisbatan ko‘proq qismini milliy cholg‘ular tashkil etgan guruhlar uchraydi. Ushbu yo'nalishdagi ijodkorlar ijrosidagi qo'shiqlarga ko'yilgan raqslar ham mazmuni. ham sinxron ijrosi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda «bir qo'shiqchi teatri» talablariga Ozodbek Nazarbekov, Ilhom Farmonov. Dildora Niyozova. Oypopuk Eshonxonova, Aziza Niyozmetova, Iroda Iskandarova. Hulkar Abdullayeva. Rashid Xoliqov, Sobir Mo'minov, Rayhon G'aniyevalar ijodi javob bera boshladi. Raqs va qo'shiqchining bog'liqligi o'zbek estrada ko'shiqchilari, ayniqsa. yakkaxon ijro- chilar - «bir qo'shiqchi teatri» ijodkorlari repertuarlaridan tabiiy o'rin oladi. Sababi. ular ijrosidagi raqs harakatlari aks etadigan mazmun va sinxronlik, so'z hamda raqs orasidagi mushtaraklikni ta’minlab, «bir qo'shiqchi teatriwni elga manzur qiladi.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish