Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati


Estradada zamonaviylik va milliylik



Download 0,91 Mb.
bet120/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Estradada zamonaviylik va milliylik

Bastakor aranjirovkachilar I. Akbarov. Ye.Shiryayev, E.Salixov. Ye.Jivayev va boshqalar ijodida milliylikka tayanib yaratilgan musiqiy asarlar paydo bo'ldi. XX asr - o'tgan asrning ikkinchi yarmi estrada musiqasi ham alohida janr darajasida san’at turi sifatida shakllana boshiadi. Chunki, ularning dastlabki asarlari estrada-simfonik orkestr jo'rligida ijro qilingan bo'lsa, so'ngra elektrlashtirilgan gitaralar. undan keyinroq gitaralar safiga qo'shilgan organlar va boshqa cholg'ular ishtirokidagi ansambl- larda amalga oshirila boshlandi. Qayd qilingan cholg'ular o'zbek milliy niusiqa ijrochiligida ishtirok etmasa-da, ular orqali milliy «ifoda» berish uchun turli yondashuvlar. izlanishlar olib borildi.
Shunday bo'lsa-da. milliy musiqa tovush vositasi - milliy cholg'ulardan foydalanish keng miqyosda o'z aksini topgani yo‘q edi. Keyingi yillarda milliy cholg'ular ijrosi Madaniyat va sport ishlari i vazirligi qoshidagi estrada-simfonik orkestr faoliyatida o'z ifodasini topmoqda.
Endilikda estrada qo'shiqlari orasida milliylik kanonlariga tayanib yaratilgan asarlar qatorida yo'l qo'yilayotgan «ko'chirmachilik», g'aliz intonatsiya. «quroqlashgan» ohang tizimi va hokazo ijrochilik bilan bog'liq unsurlarni yoritishga urg'u berilmoqda.
Estrada xonandasining kasbiy darajasi mumtoz musiqa ijrochilari i qatorida millat badiiy g'oyasi va ichki dunyosini anglash bilan birgalikda. xalq tarixi. sotsial o'zgarishlar va ma’naviy talab asosida ! to'ldirilishi lozim. Bu ma’lum bir musiqiy oqim yoki shaklga intilish I bilan belgilanmasdan, davr badiiy g'oyasiga. xalq merosiga bog'liq । kechishi maqsadli hisoblanadi.
' Musiqadagi estrada janri. bu - turli madaniyatlar, xalqlar badiiy , g'oyalari aks etgan musiqa turidir. Lekin, uning barcha ko'rinishlariga yengil musiqa - inson ruhiga faqat hayotbaxshlik kayfiyatini olib kiruvchi omil sifatida qaraladi.
Bu yo'ldagi izlanishlarohang o'g'irligi, ya’ni qaroqchilik nokasbiy darajadagi mutaxassislar orasida «o'zi yozib», «o'zi kuylovchilar» safini kengaytirib yubordi. Sun’iy tarzda to'qiladigan jo'rovozlik bilan । birga qo'shiqchi ovozidagi nuqsonlarni kompyuter yordamida i

«tekislash» ham yo'lga qo'yildi. Bu haqiqiy san’atda an’ana bo'lib kelgan uzviylikni, hattodavomiylikni ham inkor qiluvchi «inkubator» ko‘rinishni joriy qilishdir.
Jahon estradasi yulduzlari orqasidan izlab quvish, ularga ko'r- ko‘rona taassub qilish, hatto nazardan qolganlariga ham sajdada bo'lish hozirgi kunda keng avj oldi. Bu o'zbek estradasidagi musiqa janriga nisbatan o'tkinchi janr yoki nomustaqil ijod turi sifatida qarovchilar safini kengaytirdi.
Estrada musiqasi boshqa tizimga o‘tib ketdi, uning endi xalqchil bo'lishi qiyin yoki mumkin emas qabilida aytilayotgan tezislarning ko'payishiga imkon yaratildi. Natijada «milliy estrada» degan tushuncha hali-hanuz mezonsiz qolmoqda va unga milliy musiqa janrlari qatorida o‘z estetik qiymatiga ega san’at turi sifatida jiddiy qaralmay kelinmoqda.
Vaholanki, o'zbek milliy estrada qo'shiqchiligi tamal toshini qo'ygan Botir Zokirov va uning izdoshiari, zamondoshlari Yunus To'rayev, Staxan Rahimov, Alla Yoshpe va boshqa individlar o'zbek estradasi sahnasida milliy va nomilliy kuylash uslubini sintezlashtirish natijasida uni shaklan va mazmunan uyg'unlashtirishga erishganlar.
Mazkur bog'liqlik turli me’yoriy ko'rinishlarga ega. Pirovardida, o'zbek kasbiy qo'shiqchiligidagi nola, qochirimlardek bezaklar ko'p xalqlarda mavjud emas. Hatto qator jahon estrada yulduzlari tabiatida ham bizchalik tovush bezaklari mujassamlashmagan. Shunday ekan, nima uchun ayrim yulduzlar uslublari bizda majburan ifoda topishi shart bo'lishi kerak?!
Mumkin, ularda mujassam bo'lgan ijro texnikasi ko'p jihatlari bilan bizning kasbiy estrada qo'shiqchilarimiznikidan ustundir. Lekin, ular o'ta qadimiy madaniyati, urf-odatlariyu qadriyatla- rini asrlar davomida saqlab, boyitib kelayotgan xalq vakillaridan badiiy-g'oyaviy jihatdan ustun bo'lmasalar kerak. Ana shu milliylik unsurlari mushtarak bo'lgan ijrochilik tizimi hayot qonuniyatlari kesimida dunyoviy tasavvurga ega bo'lgan Botir Zokirov, Yunus To'rayev, Yulduz Usmonova, Mardon Mav- Ionov, G'ulomjon Yoqubov, Mahmud Nomozov, Ozoda Nur- saidova kabi qator ijod sohiblarini yetkazib berdi. Ularning ovoz dinamikasi, diapazonlari va tembrlari eng mashhur hisoblangan
Maykl Jeksondan ham. sharq «bulbuli» Gugushdan ham qolishmasligini e’tirof etish mubolag'a bo'lmaydi.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish