Tomonidan kuchli ijtimoiy siyosatning mamlakatimiz aholisiga ijtimoiy yordam


Ijtimoiy soha tushunchasi va uning rivojlanishi



Download 23,29 Kb.
bet2/3
Sana03.06.2022
Hajmi23,29 Kb.
#631214
1   2   3
Bog'liq
Elyor

1. Ijtimoiy soha tushunchasi va uning rivojlanishi


2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalishi aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy soha xodimlarining moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar faoliyatiga qo‘shayotgan hissalari yuqori darajaga ko‘tarilmoqda. Shuning uchun ham ijtimoiy sohani rivojlantirishga jamiyatning haddan ziyod moddiy, mehnat va moliyaviy resurslari sarflanmoqda.
Xizmat ko‘rsatish sohalari xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, san’at va madaniyat, ilm-fan, jismoniy tarbiya va sport, ilmiy izlanishlar, davlat boshqaruvi, mudofaa, maishiy xizmat kabi sohalarni qamrab oladi. Bularsiz jamiyat taraqqiyotini tasavvur qilish mumkin emas. Chunki bu soha xodimlari mehnatning umumiy yo‘nalishi inson va jamiyatning ijtimoiy, ma’naviy rivojlanishi uchun qaratilgan.
Ijtimoiy soha faoliyatining tarixiga murojaat qilsak, dastlabki davrlarda uning insoniyat taraqqiyotida egallagan ulushi nihoyatda ozligining guvohi bo‘lamiz. Hozirda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishi, aholi ijtimoiy va madaniy ehtiyojining rivojlanishi ijtimoiy mehnat taqsimotida ijtimoiy sohaning yirik tarmoqqa aylanishga sabab bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, bu mamlakatlarda ishga yaroqli umumiy aholi o‘rtacha 70% dan ko‘prog‘i shu sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ijtimoiy sohaning paydo bo‘lishi va kelajakda rivojlanishi uning ijtimoiy mehnat taqsimotidagi o‘rnining mustahkamlanib borishida va mamlakatning iqtisodiy o‘sishida sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu sohalarning maxsuslashishi, yiriklashishi, yangi tarmoqlarning tashkil topishi iqtisodiyotni boyitgan holda ishlab chiqarish darajasining o‘sishini ta’minlaydi.
Xizmat ko‘rsatish sohalarining yo‘nalishi va rivojlanish tavsifi, uning tarkibi va alohida tarmoqlarning rivojlanish darajasi jamiyatning iqtisodiy qurilishi va ijtimoiy ishlab chiqarish shakli bilan aniqlanadi.
Respublikamizda mustaqillikka erishilgan birinchi kundan boshlaboq asosiy e’tibor ijtimoiy sohani rivojlantirishga, shu sohada ishlayotgan xodimlarni bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy muhofaza qilishga qaratildi. Ayniqsa, ijtimoiy-madaniy, ilm-fan, jismoniy tarbiya va sport sohalari yuqori darajada rivojlanmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan hozirgi davrda respublikamiz xalqi oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni echishda ijtimoiy sohaning o‘rni yanada oshib bormoqda. Inson omilining oshishida, mehnat unumdorligining oshishida xizmat ko‘rsatish sohalarining o‘rni beqiyosdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat ko‘rsatish sohalari insonning mehnat qobiliyatini rivojlantirish va ishlab chiqarishni o‘stirishga ta’sir qilish bilan chegaralanib qolmaydi, uning asosiy maqsadi rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘z hissasini qo‘shadigan, har tomonlama etuk shaxsni shakllantirishdan iboratdir.
Mamlakatimizning birinchi Prezidenti bozor iqtisodiyotiga o‘tishda xalq farovonligini oshirish va uni yangi sifat darajasiga ko‘tarishni asosiy vazifa qilib qo‘ydi. Bu vazifani amalga oshirish o‘z-o‘zidan zamonaviy, yuksak rivojlangan xizmat ko‘rsatish sohalarini tashkil qilishni taqozo etadi. Kelgusi 5-10 yil davomida ijtimoiy siyosatning samarasini oshirib borish orqali bu sohalarda yuqori natijalarga erishish kutilmoqda.
Hozirgi sharoitda ijtimoiy soha ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimi rivojlanishida asosiy o‘rinni egallaydi. Moddiy ishlab chiqaruvchilar bilan bo‘ladigan iqtisodiy aloqalarda ijtimoiy sohaning o‘z o‘rni bor. Ular mehnat faoliyatlari bilan ishlab chiqaruvchilarning o‘z mahsulotlarini realizatsiya qilishilarida qatnashadilar.
Xizmat ko‘rsatish sohalari moddiy ishlab chiqarish bilan bog‘langandir. Moddiy ishlab chiqaruvchilar xizmat ko‘rsatish sohalari mehnati evaziga o‘z mehnatlari mahsulotini almashtirish orqali soha xodimlarini yashash vositalari va mehnat faoliyatlarini materiallar bilan ta’minlaydilar.
Ijtimoiy soha xizmati moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchilarning shaxsiy ehtiyoji hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan sohaga shaxsiy iste’molning qo‘shilishi absolyut yo‘q bo‘lib ketishidan darak bermaydi. Aks holda noishlab chiqarish sohalari bilan iqtisodiy aloqalar to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas edi. Xizmat ko‘rsatish sohalari shaxsiy iste’molga qo‘shiladigan takror ishlab chiqarish jarayonining vujudga kelishida ob’ektiv sharoit yaratib beradi. Chunki, birinchidan, bu sohalarning ba’zi tarmoqlari xizmati ishchi kuchi ishlab chiqarish muomalasiga kiradi va ishlab chiqarish jarayonida ishchilar tomonidan takror ishlab chiqariladi. Ikkinchidan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish bo‘yicha olingan shaxsiy iste’mol sohasi o‘zida umumiy jarayonni ko‘rsatadi.



Download 23,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish