2. Buyurtmachi (jismoniy shaxs):
– joriy o‘quv yili uchun belgilangan o‘qitishning to‘liq qiymatini o‘z vaqtida (har oyda to‘lanadigan stipendiya bilan birgalikda) to‘lash;
– o‘qitish uchun belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun 15 sentyabrgacha yoki Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha, qolgan qismini to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha to‘lash hamda to‘lovni amalga oshirganligi haqidagi bank to‘lov topshiriqnomasini yoki kvitansiyasi nusxasini topshirish;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, stipendiyalar va nafaqalar oshirish to‘g‘risida”gi farmoni asosida tariflar o‘zgarganda o‘qishning qolgan muddati uchun bir oy muddat ichida institutga to‘lov miqdorini to‘lash;
Institut ichki tartib qoidalariga rioya qilish va rektor buyruqlarini bajarish.
– Institut va talabalar uyini ichki nizomlariga qat’iyan rioya qilish, moddiy bazasini asrash, ziyon keltirmaslik, shaxsiy zarar keltirilganda o‘rnini tiklash;
*abiturientning o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ta’lim muassasasi buyrug‘i, o‘qitish uchun to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, joriy o‘quv semestri boshlangan kundan boshlab bir oylik muddatdan kechiktirilmasdan chiqariladi
2021-2022 O‘QUV YILI UCHUN KONTRAKT MIQDORI:
- stipendiyali kontrakt miqdori _ 12704100___100%___6352050__50% so‘m.
- stipendiyasiz kontrakt miqdori _ 7054500___100%___3527250__50% so‘m.
II. Kontraktni bekor qilish
1.Kontrakt quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
– talabaning o‘z xohishiga binoan;
– ta’lim muassasasi ma’muriyatining tashabbusi bilan uning ustaviga ko‘ra ta’lim oluvchini o‘qishdan chetlashtirilganda; (oldindan shartnoma uchun to‘langan pul qaytarilmaydi)
– tomonlardan birining shartnoma shartlarini bajarmaganida;
– ta’lim muassasasi va tashkilot-buyurtmachi tugatilganida. (Ushbu holda tomonlar o‘rtasida yangi kontrakt rasmiylashtiriladi);
– amaldagi qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa hollarda.
2.Kontraktga o‘zgartirish va qo‘shimchalar tomonlarning kelishuviga ko‘ra kiritiladi.
3.Tomonlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari asosida hal etiladi.
Kontrakt ikkala tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.
4.To’lov kontrakt asosida qabul qilingan talaba ichki tartib qoidalarni, o’quv intizomini buzganligi va akademik o’zlashtirmaganligi, shuningdek kontrakt shartlarini bajarmaganligi uchun o’qishdan chetlatilganda, ilgari to’langan pullar qaytarib berilmaydi.
5. To’lov amalga oshirilgandan so’ng kontrakt shartnomasining bir nusxasi hamda to’lovni amalga oshirilganligi to’g’risidagi bank to’lov topshiriqnomasi yoki kvitansiyasi nusxasi institutga taqdim etilganidan so’ng, to’lovlarni oliy ta’lim muassasasining hisob-varag’iga kelib tushgan holda abiturentlarga o’qishga qabul qilish to’g’risidagi buyruqlar rasmiylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |