Tolipova saltanat


Kurs ishining nazariy yangiligi



Download 109,5 Kb.
bet3/7
Sana25.06.2022
Hajmi109,5 Kb.
#702806
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6 YOSH JISMONIY

Kurs ishining nazariy yangiligi. Kurs ishi uchun olingan mavzu bizning fikrimizcha yetarli darajada o`rganilib chiqilmoqda, chunki maqola va tezislarni o`rganib tahlil qilib chiqqanimizda shunday fikrga keldik, bu borada muayyan maqolalar va tezislar ilmiy anjumanlarda yoritilgan. Anketa so`rovnomalar tahlil qilindi, yutuq va kamchiliklar ochib berildi va ilmiy asoslarga asoslangan xulosalar olg`a surildi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishning materiali tavsiya, ko`rsatma va xulosalar umumta`lim maktablari o`qituvchilariga hamda talabalarga ish jarayonida manba` sifatida xizmat qilishi mumkin.
Kurs ishi tarkibi. Kirish, 4 fasl xulosa va adabiyotlar ro`yxatidan tarkib topgan.


1. 6 YOSHLIK BOLALARNI JISMONIY TARBIYALSHNING NAZARIY ASOSLARI

1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta`lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari


O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog`lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalab va maktab ta`limiga tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma`naviy jihatdan rivojlantirishdan, ularning tug`ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji vа imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta`lim olishga (maktabga) tayyorlashdan iborat.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalarninng bajarilishi ushbu "Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablari" orqali nazorat qilinadi. Davlat talablarida maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta`lim-tarbiya mazmunining asosiy yo`nalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo`lib, u davlat hujjati sifatida e`tirof etiladi.
Davlat talablari ko`rsatkichlarini belgilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi, maktabgachа yoshdagi bolalarning jismonan sog`lomligi, qobiliyati, ehtiyoji va imkoniyatlari, ya`ni bola shaxsining ustuvorligidan kelib chiqildi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan talablarni bajarish O`zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko`rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo`ysunishidan qat`iy nazar barcha ta`lim muassasalari uchun majburiydir.
Bolalarning maktabga tayyorgarligini belgilovchi muhim ko`rsatkichlaridan biri ularning jismoniy jihatdan rivojlanganlik darajasidir. Bolalar o`z yoshlariga mos bo`lgan harakatli, shu jumladan milliy o`yinlar nomlarini, qoidalarini bilishi va ularda faol ishtirok eta olishi, yugurish va sakrash, yoshiga mos holda belgilangan normativlarni bajarishi, saflanishi chaqqon harakat qilish, chiniqtirish mashqlarini bajarishi kabilarni o`rgatish maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishini ta`minlovchi ta`lim-tarbiya mazmunining asosini tashkil etadi.
Vatan tuyg`usi, vatanparvarlik hislari, milliy g`urur, mustaqil g`oyasi hamda o`z hududi, o`lkasi, xalqiga mehr va sadoqatli bolani yoshiga mos ravishda shakllantirish maktabgacha ta`limda ma`naviy-madaniy ishlarning asosini tashkil qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning odob-axloqli bo`lishi va mehnatga muhabbat qo`yishiga katta e`tibor beriladi. Bolalar ilk yoshdan boshlab uyda, ko`chada, bog`chada, mexmonda o`zini tutish qoidalari, muomala madaniyati, ovqatlanish, kiyinish, yechinish, saranjom-sarishta yurish, odobli, mehnatsevar bo`lish, boshqalar mehnatini qadrlash kabi odatlarga o`rgatiladi. Ana shu odatlar bolani odob-axloqli, mehnatga layoqatli qilib tarbiyalash mazmunining asosini tashkil etadi.
Bolalarning ma`naviy jihatdan barkamol bo`lishida nafosat tarbiyasi asosiy o`rin tutadi. Tasviriy san`at asarlaridan zavqlana olish, musiqani tinglash va undan shodlana olish qobiliyatlari bolalarda ilk yoshdan rivojlantirib boriladi. Nafosat tarbiyasi mazmunining asosini chiroyli rasmlarni his etish, ulardan zavqlana olish, asosiy ranglarni bilish va farqlay olish, rangli qalamlardan foydalan olish, ular yordamida sodda rasmlarni qog`ozda tasvirlay olish, plastilin yoki loydan sodda shakldagi narsalarni yasay olish, musiqani tinglab zavqlana olish, ayrim milliy cholg`u asboblarini bilish, musiqa ohangiga mos ravishda raqsga tushish va qo`shiq ayta olish kabilarga o`rgatishni tashkil etadi.
Maktab yoshiga yetgan bolalarning jismoniy jihatdan rivojlanganlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar:
-mustaqil tarzda jismoniy mashqlar bajara olish;
-buyruqqa (start) asoslanib yugurish;
-xoda ustiga o`tirib oldinga siljish;
-narvon yordamida tepaga chiqish va pastga tushish;
-5sekund davomida arqonga osilib turish;
-arg`imchoq uchish;
-cheklangan sath va chiziq bo`ylab yurish;
-qiya qo`yilgan taxta ustidan yurib o`tish;
-bir oyoqda "qaldirg`och" bo`lib turish;
-oyoq uchlari bilan buyumlarni qisib ko`tarish, pastga tushirish va bir joydan boshqa joyga ko`chirish;
-joyda turib 15-20 marta sakrash;
-70sm. uzunlikka sakrash;
-30sm. balandlikdagi to`siqdan sakrab o`tish;
-to`xtamasdan 2-3minut davomida yugurish;
-100m. masofani to`xtamasdan yugurib o`tish;
-10m. masofani emaklab o`tish;
-safda tugri turish va safni buzmasdan yurish;
-saflanish va qayta saflana olish;
-musiqa ohangiga mos holda harakat qilish;
-koptokni irg`itish va ilib olish;
-ilon izi shaklida yurish;
-to`p-to`p bo`lib, aylana bo`ylab yurish;
-chiniqtirish mashqlarini bajarish;
-xalq o`yinlari "Kim chaqqon?", "Oq terakmi ko`k terak?", "Avval akam", "Quyonim-quyonim ne bo`ldi", "Chittigul", "Bog`lam-bog`lam", "Kim oladi shuginani-yo", "Uchdi, chopdi, sakradi", "Qushim boshi", "Qoch bolam qush keldi", "Tortishmachoq" kabi harakatli o`yinlarda ishtirok eta olishdan iborat



Download 109,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish