Natijada:1 – yo‘l bilan 2 – yo‘l orasidagi qarshilik koffisenti juda
kichik,lekin e’tiborni 2 – yo‘lga qaratish zarur. Chunki, 2 – yo‘l yuklanishsiz holatda, ya’ni bo‘sh. Ma’lumotni o‘tkazishda ushbu bo‘sh zahira yo‘ldan foydalanish tarmoqni turg‘un ishlashini ta’minlaydi.
2.3. Matematik modellashtirish orqali tolali optik aloqatizimlarining ishonchlilik ko‘rsatkichlarini bashoratlash Ishonchlilikni bashoratlash (reliability predictira) ishonchlilikni har
bitta ko’rtaskichi uchun modellarning mos holatdagi hisoblashlarini ishlab chiqishni va ushbu modelning kirish parametrlarini baholashni tizim ishonchliligining kirish parametrlarini baholash ya’ni oxirgi masalani yechish uchun ushbu tizim komponentlari parametrlarining ishonchliligi tarzida o’z ichiga oladi. Modelni hisoblashlarini ishlab chiqish obyektni identifikatsiya qilish umumiy jarayonnig bir qismi hisoblanadi va elementlarning birgalikda ishlashi tarkibida, obyekt tuzilishida, pand berishlarda va chekka holatlarda ishlash hizmati nizomlari haqida olingan tahlillarni ham qamrab oladi. Component ishonchliligi modelining parametrlari ularning yuklanganlik darajasini ekspluatatsiya qilishning mumkin bo’lgan rejimlarini inobatga oladi.
Ishonchlilikni bashoratlash ishonchlilikni tahlil qilishning umumqabul qilingan shakllaridan biridir. Ishonchlilikni bashoratlash loyihalashtirilgan tizim imkoniyatlarini baholash uchun, muqobil loyiha yechimlarini taqqoslash, pand berishlar sohalarini aniqlash va ishonchlilikni oshirish jarayonini nazorat qilish uchun ham ishlatiladi.
Ishonchlilikni bashoratlash muhandislik amaliyotida jumladan ishonchlilik ko’rsatkichlarini oshirish bo’yicha tadbirlarni rejalashtirishda ham katta ro’l o’ynaydi. Ishonchlilikni oshirish loyihalashtirishda ham, obyekt ishlab chiqarishda ham, hamda bevosita uning ekspluatatsiyasi jarayonida ham amalga oshirilishi mumkin.
Ishonchlilikni oshirishning asosiy usullaridan rezervlash, elementlarning pand berish jadalligini kamaytirish, qayta tiklanish o’rtacha vaqtini kamaytirish, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tizimini mukammallashtirish tadbirlari hisoblanadi.
Ishonchlilikni bashoratlash elementlarining extiyot qisimlarini
nomalrini va hajmini asoslab berishga imkon yaratadi.
Ishonchlilikni modellashtirish – bu bashoratlash jarayoni yoki komponent yoki tizimni uning ishga tushungunga qadar ishonchlilikni tadqiq qilishdir. Tizim ishonchlilikni modellashtirish uchun ko’proq nosozliklar daraxti va ishonchlilikni tuzilish sxemalari usullari qo’llaniladi. Tizim ishonchlilikni modellashtirish uchun kirish parametrlari har xil manbalardan olinishi mumkin, ya’ni ma’lumotlardan va sinovlar to’g’risidagi hisobotlardan va h. k.