Tarmoqni ma'muriy boshqarish arxitekturasi M.3010 dan tabiy arxitektura namunasi
Ma'muriy boshqaruv tekisligining infratuzilma qatlami bilan kesishishi Mazkur yacheykaning vazifalari tarmoq infratuzilmasi elementlari, xususan ular orasidagi uzatuvchi va kommutasion elementlar va aloqa liniyalari, shuningdek server kabi oxirgi tizimlar tamonidan amalga oshiriladigan ma'muriy boshqarish jarayonlarining xavfsizligini ta'minlash uslublarini aniqlash hisoblanadi. Masalan, tarmok elementini inisiallashtirish kabi amallar vakolatga ega bo'lgan foydalanuvchi tomonidan bajarilishi kerak. Uchlararo aloqa, avvalgi bo'limlarda belgilab o'tilgandek, turlicha texnologiyalarni qo'llanib, yasalishi mumkin. Har bir avtorlashtirilgan (mualliflashtirilgan) foydalanuvchining foydalanuvchisi vakolatlari ro'yxatida boshqarishning ruxsat etilgan vazifalari ro'yxati mavjud. Kirishni boshqarish dispetcheri boshqaruvchi vazifalar foydalanuvchisining identifikatorini va parolini tekshiradi hamda vakolatlar ro'yxatida ruxsat etilgan funksional imkoniyatlariga kirishni taqdim etadi.
Talali optik uzatish liniyalarining zaifligi Zamonaviy aloqa tizimlari va tarmoqlariga qo'yiladigan muhim talablardan biri axborotni uzatishning yashirinligi va mahfiyligini ta'minlash hisoblanadi. Mahfiy axborotni uzatish uchun mo'ljallangan TOAL da axborotni ximoya qilishning barcha mumkin bo'lgan vositalari va usullaridan foydalangan holda ishonchli, himoyalangan infratuzulma shakllangan bo'lishi kerak. Tarmoq ob'ektlari va aloqa liniyalarining axborot xavfsizligi quyidagilarni o'z ichiga oladi: - qoida buzarning tasodifiy ta'sirlaridan himoyalanganlik; - qoida buzarning (buzg'unchining) atayin ta'sirlaridan himoyalanganlik; - havfsizlik tahdidlaridan himoyalanganlik. TOAL biror boshqa aloqa liniyalaridan ko'ra axborotni ruxsat etilmagan kirishdan ancha yuqori darajada g'imoyalangan bo'lib, bu optik tolada elektrmagnit to'lqin tarqalishining fizik prinsiplari bilan bog'liq.
TOUL ning tuzilmaviy sxemasi
To'liq ichki akslantirishning quyidagi qoida buzilishlari mumkin: 1. Tushish burchagini o'zgartirish. Tushish burchagini to'liq ichki qaytish kuzatila boshlaganda chegaraviy tushish burchagining kichik qiymatigacha kamaytirish uchun tashqi ta'sirdan foydalanish. 2. Qobiq sindirish ko'rsatkichining optik tola o'zagining sindirish ko'rsatkichiga nisbatining o'zgarishi. To'liq ichki qaytish burchagini optik tolada katta o'ziga xos tushish burchaglari qiymatlarigacha kattalashtirish uchun tashqi ta'sirdan foydalanish. 3. Optik tunnellash. Optik tunellash nurlanishning sindirish ko'rsatikichi to'liq ichki qaytish burchagidan katta bo'lgan tushish burchaklarida o'zinikidan kichik sindirish ko'rsatkichida optik tolaning qobig'i orqali o'tishdan iborat.