Tolali materiallarni



Download 1,36 Mb.
bet2/7
Sana26.04.2020
Hajmi1,36 Mb.
#47308
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ABDUKARIMOV Jixoz

Nazariy qism

Kalava ip, yigirilgan ip toʻqimachilik tolalarining barcha turlaridan tayyorlangan piliklangan pilta mashinada olinadigan iplarning asosiy turi, xom ip. Bir necha tolani yumshoqqina himarib (baʼzan yelimlab) hosil qilinadi. Bir xil tolalardan yoki har xil tolalarni aralashtirib, yo boʻlmasa, tolalarga chiqindilar (tarandilar)ni qoʻshib olinadi. Tolalarning xiliga, vazifasiga, olish va pardozlash usullariga, xossalari va tuzilish xususiyatlariga qarab, kalava ip turli xillarga boʻlinadi. Masalan, toʻquvchilik uchun (arqoq va tanda iplari), trikotaj, ip olish, arqon eshish va boshqalar uchun moʻljallangan kalava iplar farq qilinadi. Kalava ipni yigirishga tayyorlash usuliga koʻra, u karda, taroqli va apparat tizimida tayyorlanadigan xillarga boʻlinadi. Kalava ip yigirish mashinalari turiga, pardozlash va boʻyash usuliga qarab ham xillarga ajratiladi. Kalava ipning xom, oqartirilgan, maxsus kimyoviy eritma bilan ishlov berilgan (merserizatsiyalangan), boʻyalgan va boshqa turlari boʻladi. Tuzilishiga koʻra, oddiy (bir ipli), olachipor (melanj), hajmiy (teksturlangan), pishitilgan (bir necha ipni qoʻshib buralgan) va boshqa xillarga boʻlinadi. Kalava ipni paxta, jun, ipak, zigʻir, ipak va kimyoviy tolalardan tayyorlash mumkin.

Kalava ipning asosiy xossalari — ingichka yoʻgʻonligi, buramdorligi (pishitilganlik darajasi), uzuvchi kuchga chidamliligi, uzayuvchanligi, bir tekisligi, mustahkamligi, tozaligi kalava ipdan toʻquvchilikda, gʻaltak ip olishda, arqon va chilvirlar eshishda foydalaniladi, charxta bir necha marta tekis qilib oʻralgan va charxdan chiqarib olib taxlangan bir oʻram ip, ipak, ip yigirish uchun moʻljallangan xom (bir oz pishitilgan) ip. Pilta (piltakachda yumaloklangan bir boʻlak paxta, pagʻa)ni ohistagina choʻzib hosil qilinadi [2]

Yigirish jarayonida uzunligi cheklangan tolalarni bir-biriga burab ulashdan hosil bo`ladigan iplar kalava ip deb ataladi. Yigirish usuliga qarab, paxta kalava ip apparat, qayta tarash va karda kalava iplariga bo`linadi. Quruqlayin yigirilgan va ho`llab yigirilgan, quruqlayin yigirilgan tarandi va ho`llab yigirilgan tarandi kalava iplarga bo`linadi. Pardozi va bo`yalishiga qarab, kalava ip xom (pardozsiz), oqartirilgan, buyalgan, merserizatsiyalangan, melanj (rangli tolalar aralashmasidan yigirilgan) va boshqa xillarga bo`linadi. Tuzilishiga (konstruktsiyasiga) qarab, kalava ip yakka, pishitilgan, eshilgan va shakldor xillarga ajratiladi. Yakka kalava ip yigirish jarayonida buralgan ayrim tolalardan iborat. Yakka kalava ipning burami bo`shatilganda ayrim tolalarga ajralib ketadi. Pishitilgan kalava ip ikki yoki undan ko`p iplardan burab tayorlanadi. Bunday kalava ipning burami bo`shatilganda ayrim iplarga ajraladi. Eshilgan kalava ip ikki va undan ko`p iplardan buramasdan tayorlanadi. Shakldor kalava ip ma`lum tashqi effektli kalava ip ko`rinishida bo`ladi. Shakldor kalava ip turli uzunlikdagi iplarni qo`shib burash yo`li bilan olinadi. Armaturalangan kalava iping o`rtasida o`zak bo`lib, unga uzunligi bo`yicha paxta, jun, zig`ir yoki kimyoviy tolalar o`raladi. Yuqori hajmdor kalava ip (cho`ziluvchanligi 30% va undan ortiq) har xil darajada kirishadigan sintetik shtapel tolalardantayorlanadi.
Kompleks to`qimachilik iplari uzunasiga qo`shilgan elementar iplarni yelimlab yopishtirish yoki burash yo`li bilan olinishi mumkin. Pilla iplarini yo p i sh t i r i b xom ipak olinadi. Bir necha xom ipakni qo`shib yopishtirish yo`li bilan pishitilgan tabiiy ipak tayorlanadi. Pishitishning oddiy (bir necha ipni qo`shib burash) yoki murakkab (pishitilgan bir necha ipni qo`shib burash) xillari bor. Oddiy pishitish usulida Bo`sh pishitilgan ipak – arkoq, pishik pishitilgan ipak – muslin va juda pishik pishitilgan ipak – krep olinadi.Murakkab pishitish usulida tanda olinadi.
Monoiplar (yakka iplar) sintetik tollalardan tayorlanadi. Monoiplar ko`pincha dumaloq kesimli qilib ishlab chiqariladi, lekin yassi, profillangan bo`lishi ham mumkin.
Monoiplarning qattiqligi, qayishqoqligi va ishlatish soxasi ularning yo`g`on-ingichkaligiga bog`liq bo`ladi. Eng ingichka monoiplar elimlovchi ip sifatida ishlatilladi; ulardan bluzkabop va ko`ylaklik gazlamalar, trikotaj, noto`qima materiallar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yo`g`on monoiplar (kapron tolalar) mienabop gazlamalar tayyorlashda ishlatiladi. Profillangan monoiplar juda yaltiroq bo`ladi va to`qimachilik buyumlarini ko`rkamlashtiradi.

Kalava iplarning xossalari: Kalava ip va iplarning standartlarda belgilanadigan xossalariga chiziqli zichligi, pishitilishi, pishiqligi, cho`ziluvchanligi, tekisligi kiradi. Kalava ip va iplarning chiziqli zichligi tolalar kabi teks qiymati bilan belgilanadi va quyidagicha aniqlanadi.



Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish