Biologik obеkt(100 g)
Xloroform bilan 3 qayta
ekstraksiyalash
Suvli qavat
Organik qavat
NH
4
OH, muhit pH=8-9
Xloroform bilan 3 qayta
ekstraksiyalash
Organik qavat
Suvli qavat
Kislotali, nеytral,
kuchsiz asos xossali
moddalar tahlili
Asos xossali
moddalar tahlili
Filtirlash
Maydalash
Suvli ajratma
Bo’ktirish 1:2(1:12)suv bilan 2 soat,
pH=2-3 (oksalat k-ta)
Sеntrafugalash
38
uchiriladi va qoldiqning rangi hidi va konsistеntsiyasi aniqlangach zarur bo‘lsa yot
moddalardan tozalanadi va ishni davom ettiriladi, ya’ni ayrim moddalarga tеkshirish
olib boriladi.
Sulfat kislota eritmasi bilan nordonlashtirilgan suv yordamida biologik
ob’yekt tarkibidan zaharli organik moddalarni ajratish (V.F. Kramarenko usuli).
Maydalangan 100 g biologik ob’yektni 250-500 ml hajmli stakanga solinib, uni
ustiga ob’yektni qattiq qismini qoplaguncha 0,02 M sulfat kislotasi eritmasi solinib,
shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi va universal indikator yordamida pH-muhiti
tekshirib ko‘riladi. Agarda pH-2,5 dan kam bo‘lsa, u holda 20 % sulfat kislota
eritmasi yordamida pH= 2,5 ga keltiriladi. Stakandagi suyuqlik vaqti-vaqti bilan
aralashtirilib turilgan holda ikki soatga qo‘yib qo‘yiladi va uni doka orqali suziladi.
Biologik ob’yektni qattiq qismi ikkinchi marotaba bir soat davomida pH=2,5 da yana
0,02 M sulfat kislota eritmasi bilan bo‘ktiriladi.
Sulfat kislotali eritmalar birlashtirilib, 200 ml hajmli sentrafiga stakaniga solib,
sentrifugalanadi. So‘ngra suvli qatlam ajratilib, stakandagi cho‘kma shisha tayoqcha
bilan aralashtirilib ustiga 20-30 ml 0.02 M sulfat kislotasi eritmasi solinib ikki soatga
qo‘yiladi, so‘ngra sentrifuga qilinib, suvli qatlam umumiy ajratmaga qo‘shiladi.
Olingan ajratma oqsil va yot moddalardan tozalash maqsadida ammoniy sulfat
tuzi bilan sekin asta to‘yintiriladi. Bir-ikki soatdan so‘ng hosil bo‘lgan cho‘kma
sentrifugalab ajratiladi. So‘ngra suvli qatlamni pH- muhitini tekshirilib, uni 10 %
sulfat kislota eritmasi bilan pH=2,0-2,5 ga keltiriladi va ikki marotaba 40 ml etil efiri
bilan ekstraksiyalanadi va kislotali sharoitda ekstraksiya bo‘ladigan zaharli
moddalarga tekshirish o‘tkaziladi.
Suvli qatlam natriy gidroksidining 20% eritmasi bilan pH-8,0-9,0 ga keltiriladi
(NaOH olish sababini izohlang). So‘ngra uni tarkibidan ishqoriy sharoitda
ekstraksiya bo‘ladigan zaharli moddalarni xloroform bilan (uch marotaba )
ekstraksiya qilinadi. Bunda xloroform hajmi suvli qatlam hajmini 1/3 qismini tashkil
qilmog‘i lozim. Xloroformli ajratmalar birlashtirilib, suv hammomiga 10-15 ml
qolguncha porlatiladi, qolgan xloroform uy haroratida porlatiladi. Quruq qoldiq 10 ml
0,1 M xlorid kislota eritmasida eritilib, undan asos xossaga ega bo‘lgan zaharli
moddalarga tekshirish olib boriladi.
Har ikkala usulda ham oxirgi suvli qoldiqdan paxikarpin uchun yod ioniga
tekshiruv o‘tkaziladi. Buning uchun 5 ml suvli qismga kislotali muhitgacha sulfat
kislota eritmasi qo‘shilgach, 1-2 tomchi natriy nitrit eritmasi hamda 1 ml xloroform
qo‘shib chayqatiladi. Xloroform qatlami qizil binafsha rangga o‘tishi mumkin.
Sababini tushintiring va reaksiya kimyoviy tenglamasini yozib sharhlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |